Qiziqarli

Tilyorar poliz ekini boʻlmish – qovunni toʻgʻri tanlash va isteʼmol qilish qonun-qoidasi

Tilyorar poliz ekini boʻlmish – qovunni toʻgʻri tanlash va isteʼmol qilish qonun-qoidasi

Qovun tarkibida uglevodlar, oqsillar, yogʻlar, organik, toʻyingan, toʻyinmagan yogʻli kislotalar, mono va disaxaridlar, temir, yod, kaliy, kaltsiy, kobalt. Mis, marganets, magniy, natriy, oltingugurt, xlor, rux, fosfor, kletchatka hamda A,B,C,PP guruh vitaminlari mavjud.

Tilyorar poliz ekini boʻlmish – qovunni toʻgʻri tanlash va isteʼmol qilish qonun-qoidasi

Kuniga bir boʻlakkina isteʼmol qilingan qovun:
Organizmni kasal qoʻzgʻatadigan mikroblardan himoya qiladi; *Immmunitetni koʻtaradi; *Organizmning normal rivojlanishini taʼminlaydi; *Gemoglobinni meʼyorda ushlab turadi; *Aqliy faoliyatni aktivlashtiradi; *Nerv tizimini stabillashtiradi; *Vaznni kamaytiradi; *Ovqat hazm qilish tizimining ishini yaxshilaydi; *Organizmdan ortiqcha xolesterinni chiqarib yuboradi; *Qon-tomir tizimini stabil holatda ushlab turadi; *Suyak toʻqimasining mustahkamligini hamda teri elastikligini oshiradi; *Baʼzi teri kasalliklariga qarshi kurashadi; *Soch oʻsishini taʼminlaydi;

Tilyorar poliz ekini boʻlmish – qovunni toʻgʻri tanlash va isteʼmol qilish qonun-qoidasi

Afsuski shunday noyob va foydali poliz ekini ayni pishgan pallada koʻpgina zaharlanishlarga sabab boʻladi. Baʼzi insofsiz sotuvchilar qovunning tezroq pishib yetilishi uchun uni nitratlar bilan “toʻyintiradilar”. Biroq qovundan zaharlanish hollari uning yomon sifatidan emas, balki notoʻgʻri tanavvul qilinishidan kelib chiqadi.

Qovunda katta miqdorda kletchatka borligi uchun u ovqat hazm qilish tizimi uchun ogʻirlik qilishi mumkin, shuning uchun ham uni isteʼmol qilish qonun-qoidasiga amal qilish lozim.

*Qovunni ovqatlanishdan ikki soat avval yoki ikki soat keyin tanovul qilish kerak. Yaʼni uni bir ovqat oʻrniga qabul qilish lozim.

*Uni hech ham alkogol yoki spirtli ichimliklar bilan aralashtirmaslik kerak, aks holda ichburugʻ boʻlish taʼyin.

*Ichaklarni tozalash uchun qovunni och qoringa yeyish kerak.

Tilyorar poliz ekini boʻlmish – qovunni toʻgʻri tanlash va isteʼmol qilish qonun-qoidasi

Qovunni sotib olishda ham muhim narsalarga eʼtibor berish lozim. Qovun tanlashning ham oʻz qonun-qoidasi bor, ularga amal qilish foydadan holi emas.

*Qovun usti butun boʻlishi, hech qayeri zararlangan boʻlmasligi shart. Aks holda zararlangan joylardan qovun ichiga kasallik qoʻzgʻatuvchi bakteriyalar kirib olishi va yuqumli kasallikka sabab boʻlishi mumkin.

*Tanlanayotgan qovun zich, lekin pishgan boʻlishi kerak (buni qovunning dumi va oʻtkir hididan bilish mumkin). Agar qovun pishib, oʻtib ketgan boʻlsa, uni bosib koʻrganda yuzasi zararlanadi. Bunday qovun sogʻliq uchun xavfli emas, biroq uni isteʼmol qilish yoqimsiz boʻladi.

*Qovundan oʻt-oʻlan yoki sasigan hid kelmasligi kerak. Pishmagan va uringan poliz ekini organizmga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar