Qiziqarli

Qaygʻuli kapalaklar

Qaygʻuli kapalaklar

Buvisining xotirasiga bagʻishlab 800 ta qoʻgʻozli kapalak qirqib chiqqan qiz haqida.

Qaygʻuli kapalaklar

Rassom va illyustrator Mariya Aristidu Kiprda yashaydi. Bir oy oldin uning buvisi olamdan oʻtdi va qiz oʻzidan-oʻzi qogʻozdan kapalaklar qirqa boshladi. Bu mashgʻulot uni tinchalntirardi. Oʻtgan yilning dekabr oyida Larnakada Mariya oʻzining studiyasini ochgan edi. Qirqib olgan qogʻoz kapalaklarini buvisining xotirasiga bagʻishlangan vitrinani bezatishga ishlatdi.

Qaygʻuli kapalaklar

“Buvimning vafotidan soʻng men qogʻozdan kapalaklar qirqib ola boshladim. Bunga hech qanday gʻayrioddiy sabab yoʻq. Shunchaki menga kapalaklar yoqadi”.

Qaygʻuli kapalaklar

“Qaysidir maʼnoda bu juda tinchlantirar edi. Jarayonda men yigʻlab ham olardim, kulardim ham va birga oʻtqazgan vaqtlarimizni yodga olardim”.

Qaygʻuli kapalaklar

“Menda 800 dan ortiq kapalak paydo boʻldi. Ularni dunyo bilan boʻlishgim keldi”.

Qaygʻuli kapalaklar

“Oʻtgan yilning dekabr oyida ona shahrim Larnakada men oʻz studiyamni ochdim”.

Qaygʻuli kapalaklar

“Menda buvim, buvam va otam xotirasiga bagʻishlab yangi konseptual vitrinani bezatishda kapalaklardan foydalanish gʻoyasi paydo boʻldi”.

Qaygʻuli kapalaklar

“Bu ularning merosini asrab qolish edi”.

Qaygʻuli kapalaklar

“Ularsiz men hech niarsaga erishmagan boʻlar edim".

Qaygʻuli kapalaklar

“Har bir kapalakni skaner qildim, sifatli qogʻozda bosib chiqardim, qoʻl mehnati bilan kesib chiqtim, bezatib boʻyadim va vitrinaga joyladim”.

Qaygʻuli kapalaklar

“Bu bir oylik mehnatimning samarasi”.

Qaygʻuli kapalaklar

“Dadajon, buvajon va buvijon, hammasi uchun rahmat. Bu – siz uchun”.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar