Qiziqarli

Har narsaga qodir Gollivud: oʻz oʻlimidan keyin ham roʻl ijro etgan aktyorlar

Har narsaga qodir Gollivud: oʻz oʻlimidan keyin ham roʻl ijro etgan aktyorlar

Ammo bu yangilik ajablanarli boʻlib chiqdi, chunki Kerrining ukasi Todd Fisher marxuma opasining obrazini yangi kino-surʼatda ishlatilishiga roziligini bergani maʼlum boʻldi. Lekin kinematograf tarixida bir qancha hollarda akterni kompyuter texnolohiyalari yordamida ekranda tiriltirgan edilar. Shular haqida soʻz yuritishga qaror qildik.

Har narsaga qodir Gollivud: oʻz oʻlimidan keyin ham roʻl ijro etgan aktyorlar

Siz Tim Byortonning bosh rolda Djonni Depp bilan “EdVud” oskarga sazovor, biografik filmini balki koʻrgan boʻlsangiz kerak. Djonni unda, oʻtgan asrning oʻrtalaridagi gollivud kino arbobi, hamma xalqlar va zamonlarning eng yomon rejissyori nomini olgan,  Edvard Vud  rolini oʻynaydi. Mana buning sababi.

1959 yili Vud oʻzinig eng mashhur “Ochiq kosmosdanPlan 9” (Imdb sayti reytingida 10 dan 4.0) filmi surʼatga olish jarayonida band boʻlgan. Bosh rolni Gollivud yulduzi, 1931 yilning mashhur “Drakula” filmida oʻynagan, Bela Lugoshi ijro etayotgan edi. Lugoshi kutilmaganda jon berganida endigina 10 daqiqa surʼatga olingan edi. Rejisser oldida dilemma qad koʻtargandi: hammasini boshidan boshlash va afishada mashhur ismni yoqotish yoki bir nima oʻylab topib, ishni davom ettirish.

Har narsaga qodir Gollivud: oʻz oʻlimidan keyin ham roʻl ijro etgan aktyorlar

Vud ikkinchi yoʻlni tanladi. Surʼatga olish maydonchasiga u dubler roliga oʻz rafiqasining uqalovchisini taklif qildi.Yirik planlarda u yuzini parashyut bilan berkitar edi. Ishga arxiv materiallar ham qoʻllanildi. Hattoki “Drakula” filmidan olingan materiallarni Vud oʻz lentasiga yopishtirib qoʻyar edi. Shunday qilib Gollivudda oʻliklar ham kassa qila olishini bilishdi.

Har narsaga qodir Gollivud: oʻz oʻlimidan keyin ham roʻl ijro etgan aktyorlar

Afsonaviy Bryus Li “Oʻlim oʻyini” filmi ustida ishlayotgan vaqtida hayotdan koʻz yumdi. Filmda u bir vaqtning oʻzida ham bosh qaxromon,ham rejisser boʻlgan edi. Keng ommaga tarqalgan taxminga koʻra u bosh ogʻriq qoldiruvchi dori ichgan va u bosh miya shikastlanishiga va tezkor oʻlimga olib kelgan.

Har narsaga qodir Gollivud: oʻz oʻlimidan keyin ham roʻl ijro etgan aktyorlar

Fojeadan soʻng bir necha yil davomida filmni qoʻlbola usulda bitirishgan. Ssenariyga bosh qaxramon yuzidan oʻq yeyishini kiritib,Billi Boning film boshi va oxirida oʻziga oʻxshamasligini qisman qoplab berishdi.Bazilarida moliyalashtirish xattoki dublorlarga ham etmasdi, shunda Bryus Lining karton shaklini ishlatishgan edi.

Har narsaga qodir Gollivud: oʻz oʻlimidan keyin ham roʻl ijro etgan aktyorlar

XXI asrda kino studiyalarda haqiqatga yaqin effekt beruvchi maxsus effektlar paydo boʻldi. Va shundan soʻng boshlandi: kinoda filmni surʼatga olishdan ancha oldin oʻlib ketgan odamlar paydo boʻla boshladi. Masalan, Lourens Olive 2004 yili “Samoviy kapitan va kelajak dunyolari” filmida asosiy yovuzning rolini “oʻynadi”. Oʻzi esa bundan 15 yil ilgari olamdan oʻtgan edi.

Marlon Brando esa olimidan ikki yil oʻtib, “Mening supper-qaytishim” da namoyon boʻldi, toʻgʻrirogʻI uning kompyuter reproduksiyasi.

Har narsaga qodir Gollivud: oʻz oʻlimidan keyin ham roʻl ijro etgan aktyorlar

“Forsaj” franshizasi, Pol Uoker filmning ettinchi qismini surʼatga olishda avtohalokatda oʻlganidan keyin, qaltis zonada qoldi. Haqiqatda ham, qanday qilib tez yurar mashinalarda poygalar haqida filmni, bosh qaxramon 200 km/soat yurib xalokatga uchargan va tiriklayin yonib ketganidan keyin, surʼatga olish mumkin? Ammo Universal studiyasini bu estetik aspekt xijolatga qoʻymadi.

Har narsaga qodir Gollivud: oʻz oʻlimidan keyin ham roʻl ijro etgan aktyorlar

Polning ukalari Kodi va Kalebni surʼatga olish jarayoniga jalb qilishdi. Lekin ular dubler boʻlmadilar. Uokerlar koʻproq psixologik funksiyani amalga oshirdilar. Universalda – “Ularning surʼatga olish maydonida boʻlishlari barchmizni Polni tirik deb oʻylashimizga va xis etishimizga yordam bermoqda” – deb taʼriflashdi. Rejisser Djeyms Van kinoseriyaning arxivlarini qidirib, boshqa qismlarga kirmagan Pol Uokerli sahnalarni olgan. Oltita toʻliq metrajli filmlarda ancha qoralama kontent yigʻilgan ekan. WETA studiyasi raqamli maxsus effektlar bilan taʼminladi. Ular “Uzuklar hukumdori”ni Gollum uchun yaratgan. Xech nimadan xabarsiz tomoshabinlar  biron nimani payqashmadi ham.

Har narsaga qodir Gollivud: oʻz oʻlimidan keyin ham roʻl ijro etgan aktyorlar

Agarda Olive va Brandolar oʻz oʻlimidan keyingi filmlarida xech bir kadrda toʻliq boʻy basti bilan koʻrinmasalar, oʻtgan yilgi “Darbadar-bir. Yulduzlar jangi:Hikoyalar” blokbasteri yaratuvchilari shunday choʻqqiga chiqdilarki, undan keyin boshqa pogʻonalar boʻlmasa kerak. Bu film Oskar mukofotiga eng yaxsh vizual effektlar uchun nomzod boʻlgan edi. Ayniqsa muhim ijrochilardan biri grand-moff(gubernator) Tarkin boʻlgani uchun ham. Uni Piter Kushing trilogiyaning originalida surʼatga tushgan akter ijro etdi. Haqiqatda britaniyalik akter 1994yili vafot etgan boʻlsada, filmda u gaplashib, yurib oʻzini kompyuter grafikasiekanini xech bildirmaydi.

Har narsaga qodir Gollivud: oʻz oʻlimidan keyin ham roʻl ijro etgan aktyorlar

Oʻz oʻzidan shu kabi texnologiyalar reklamada ham aktiv qoʻllaniladi.  Xozirda koʻp yillardan beri oramizda yoʻq insonlar bor koʻplab roliklar chiqarilgan. Mana, masalan Bryus Li viskini reklama qiladi. Odri Xepbern esa shokolad.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar