Sayohat

10 oy oldin joy buyurtma qilib qoʻyiladigan ekzotik restoran

10 oy oldin joy buyurtma qilib qoʻyiladigan ekzotik restoran

Restoran The Rock deb ataladi va uni ochiqchasigaZanzibar orolining eng mashhur joylaridan biri desa boʻladi. 

The Rock orolning sharqiyqirgʻogʻida, Pingve (xaritada Michanwi Pingwe deb belgilangan) plyajiningyaqinida joylashgan.

10 oy oldin joy buyurtma qilib qoʻyiladigan ekzotik restoran

Qirgʻoqdan restoran unchalikkatta koʻrinmaydi, lekin bu aldamchi taassurot. U yerning maydoni ancha katta, va undan tashqari qarama-qarshi tomonda ochiq terassa mavjud.

10 oy oldin joy buyurtma qilib qoʻyiladigan ekzotik restoran

Bu joy haqida avval umuman eshitmagan inson uchun qoya-restoran unutilmas taassurot qoldirishi aniq. Agar yaqinlaringizga syurpriz qilmoqchi boʻlsangiz, uning xususiyatlari toʻgʻrisida oldindan aytib bermang, va ularni bu yerga keltirishdan oldin suv sathi koʻtarilishi va pasayishi grafigini oʻrganing. Va ularni suv sathi pasaygan vaqtda keltiring.

Aynan shu vaqtda restoranga toshloq plyaj tomonidan sekin yaqinlashish mumkin. Yuqoriga koʻtariling, buyurtma bering va Hindiston okeani ranglaridan bahra oling.

10 oy oldin joy buyurtma qilib qoʻyiladigan ekzotik restoran

Uy ichida stollar, terassada esa launj-maydoni bor va ulardan okeanga manzara ochiladi.

10 oy oldin joy buyurtma qilib qoʻyiladigan ekzotik restoran

Terrasa yoki uy ichida oʻtirsangiz, siz ichkarida nima boʻlayotganini koʻra olmaysiz.

Suv sathi koʻtarilishi va pasayishi grafigi esingizdami? Unga yana murojaat qilamiz va suv sathining aksariyat koʻtarilishi paytida tushlik yoki kechki ovqatingizni tugatishingizni maslahat beramiz. Ishoning, sizning yaqinlaringiz pastga tushish uchun restorandan zinapoyaga chiqish paytida bu manzaradan  hayratlanishadi. Hozirgacha siz oshxona vaboshqa manzaralardan bahra olgansiz. Restoran aynan oʻsha kimsasiz orol-qoyaga aylandi, va uni qirgʻoqdan oʻn metrlab masofa ajratib turadi.

10 oy oldin joy buyurtma qilib qoʻyiladigan ekzotik restoran

Bu yerning qoʻrqinchli joyi yoʻq, chuqurlik ham katta emas. Suv sathi haddan tashqari koʻtarilganda, mustaqil ravishda qirgʻoqqa borayotganda, albatta kiyimlarni hoʻllab qoʻyish mumkin. Qayiqdan foydalanishingiz ham mumkin, unda sizni mahalliy yashovchilardan birontasi bajonidil bir necha dollar evaziga qirgʻoqqa etib qoʻyishi mumkin. 

10 oy oldin joy buyurtma qilib qoʻyiladigan ekzotik restoran

Endi qirgʻoqdan restoran umuman boshqacha koʻrinishga ega…

10 oy oldin joy buyurtma qilib qoʻyiladigan ekzotik restoran

Aytgancha, yodingizda boʻlsin, suv sathi koʻtarilish va pasayish grafigi har xil kunlarga toʻgʻri keladi, hatto qoʻshni orollarda vaqti bilan qattiq farq qilishi mumkin, chunki u kalendar kunlari davomiyligiga emas, oy bosqichlariga bogʻliq… 

10 oy oldin joy buyurtma qilib qoʻyiladigan ekzotik restoran

Bu yerdagi narxlar boshqa zanzibarlik restoran narxlaridan koʻra 1,5 barobar baland. Ovqatdan tashqari pivo va alkogol ichimliklar, hamda ancha mazali kokteyllar ham bor.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar