Sharq boyligi: eng boy shayxlar


18 mlrd dollar
Al Naxayan munosabatda boʻlgan boshqa kapital oldida –18 milliard hech narsamasligini tasavvur qilib koʻring. Masalan, uning oilasining umumiy boyligi 150 mlrd dollarni, shayxning oʻzi kurator boʻlgan investitsion fondning hisobi 875 mlrd dan ortiq.
Al Naxayan – hamma maʼnolarda katta odam, u Abu-Dabining amiri va Qoʻshma Arab Amirliklarining prezidenti. Davlat boshligʻi deb u 13 yil oldin tayinlandi, ammo QAA bilan u 1990 yildan, otasi ishini unga topshirgandan beri boshqarib kelmoqda. Shayxni ona vatanida juda hurmat qilishadi, hatto dunyodagi eng-eng osmonoʻpar binoni yaʼni Burj-Xalifani uning nomiga atab qoʻyishgan.


18 mlrd dollar
34-yoshli Dubay amirligi taxt vorisi shayx Xamdan –shaxzoda Garridan qolishmaydigan mashhur inson. U boy, koʻp sayohat qiladi, instagramda oʻz sahifasi bor. Va yana u yaxshilik qilishni biladigan inson. Autizm markazi boquvchisi, xayriya maqsadlarida katta hadyalar qilivchi –buning hammasi Xamdan.
Taxt vorisi hayotining uchinchi muhim tomoni –ekstremal koʻngilochishlar. Shayxning instagrami doimo balandlikdan sakrash, reaktiv samolyotda oʻzini uchuvchi sifatida yoki “Formula-1” da haydovchi sifatida koʻrsatishining hisobotlari bilan toʻlgan. Lekin Xamdanning qobiliyati koʻproq ot minish sportida koʻzga koʻrinarlidir: shayx osiyo Olimpiya oʻyinlarida oltin medalga sazovor boʻldi.



4,1 mlrd dollar
Tugʻilganidan emas, balki hayotiy fazilatlari uchun – titulga oʻzining muvaffaqiyatlari va boyligi uchun sazovor boʻlgan. Saudiya Arabistonning ikkinchi boy odami boʻlib turib, Ali al-Amudi ikkita mamlakatda yashab kelmoqda – Arabiston va tugʻilib, oʻsgan joyi Efiopiyada. Pulni neft ustida topgan, yaʼni Gʻarbiy Afrikada neftni qayta ishlovchi fabrikalar qurib tashlab pul topgan, shuningdek, hamma narsani, sabzavot va mevalar, kofeni bir qator oʻstirishdan pul topgan. Shayxning korxonalri boshqa tovarlar qatorida Starbucks uchun kofe va Lipton uchun choy yetishtirib beradi.
Shu qatorda Ali al-Amudi mulkini mehmonxona va kasalxonalar tarmogʻi tashkil qiladi. U haqiqatda nafaqat afrika va gʻarbiy mamlaktlar bilan, balki Shvetsiya bilan ham bogʻliq, chunonchi Shvetsiya iqtisodiyotiga hissa qoʻshib kelmoqda. Yozishlaricha, ish kuchi eng arzon boʻlgan Epiopiyaga shved brendi H&M kirib kelishi, Ali al-Amudining ishidir. Shayxning shaxsiy hayoti bilan hammasi oddiy – uylangan, bolalari yoʻq.

4,9 mlrd dollar
46-yoshar jilmayuvchan shayx Mansur – boshqaruvchi Amirlik oilasining aʼzosi, u president, shayx Xalifaning oʻgay akasi. Ajablanarli emaski, shayx uchun hukumatda ish topildi – Mansur mamlakatning bosh ministri. Davlat ishlaridan tashqari, shayx neft ishlari bilan ham shugʻullanadi – Abu-Dabining Xalqaro neft investitsion korxonasini boshqaradi. Shu bilan birga u sportni yaxshi koʻradi va unga pul ayamaydi: shayx bosh boʻlgan korxonalar mahalliy gandbol, futbol, voleybol va boshqa guruhlarni taʼminlab turadi.
Lekin buning hammasi “Manchester Siti” ga qaraganda hech narsa, ha-ha, aynan oʻsha afsonaviy britaniya futbol komandasi! Mansur –uning egasi. Baʼzilar bu shayx uchun atigi bir oʻyinchoq deyishadi, boshqalar esa – uning niyati jiddiy deyishadi. Bir narsa aniq maʼlum: Mansur pulni ayamaydi. Oxir-oqibat, pul haqida qaygʻurishning nima keragi bor, qachonki neftning narxi 1 dollarga oshsa, u yarim millardga boy boʻladi axir!?

4,5 mlrd dollar
Amirlikni investitsion, jamoaviy va madaniy jannatga aylantirishni maqsad qilib qoʻygan inson, bu niyatiga yetdi deb hisoblashi ham mumkin. Emirates aviakompaniyasi, Jumeirah Group turistik holding va koʻpgina boshqa transmilliy loyihalarning barchasi – shayx Moxammedning ishi. Va albatta, Burj-Xalifa mehmonxonasi ham – shayxning fikri.
Ishdan tashqari u koʻngilochar mashgʻulotlar bilan ham shugʻullanib turadi – skachka bilan shugʻullanadi va katta stavkalar qiladi, ishonib boʻlmaydigan darajadagi ulkan “Dubai” yaxtasining egasi. Shu tariqa hayotdagi hamma narsadan bahra olish, boshida aytib oʻtilgan oʻgʻli shayx Xamdanga ham oʻtgan shekilli. Xamdanning otasidan toʻrt barobar boyligi esa - muhim emas. Ular bir oila axir.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



