Sizning tashqi koʻrinishingiz koʻrsatib qoʻyadigan 11 kutilmagan narsalar

Yangi odam bilan, xoh doʻkonda yoki uchrashuda boʻlsin, uchrashuvdan bir necha soniyalar oʻtib, u haqida, bizga qanchalar aqlli koʻringanidan, hatto, u qanday qonunbuzarlikka qodirligigacha, koʻplab hulosalar qilamiz. Shunisi qiziqki, bizning birinchi taʼsurotimiz juda aniq boʻlishi mumkin. Boshqa hollarda biz qattiq adashamiz. Oldingizda, odamlarda ularning tashqi koʻrinishlari asosida, biz baholaydigan11 ta xarakteristika berilgan.

Agar siz yoqimli korinishga ega boʻlsangiz odamlar sizda boshqa ijobiy xislatlar bor deb oʻylaydi
Psixolog-sosiologlar “Oreol effekti” deb nom bergan fenomen sabali, biz yoqimli kurinishli odamlar boshqa ijobiy xislatlarga, tashqi qiyofadan tashqari yana aql va masʼuliyatlilikga, ega deb hisoblashga moyil boʻlamiz. Deniel Xemermesh, Ostindagi Texas Universiteti psixologi, ish koʻlamida goʻzallikni oʻrganib, boshqalar qatori bu kognitiv buzilish oʻziga tortuvchi koʻrinishli odamlarga koʻproq maosh toʻlanishini aniqladi.

Oʻxshash maʼlumotlarni, bitiruvchi kurs erkak talabalari orasida oʻtkazilgan tajriba koʻrsatdi. Ulardan ismi koʻrsatilmagan, guruhdoshi yozgan esseni baholashni soʻrashdi. Eksperiment qatnashchilari ularga maftunkor qizning surʼatini koʻrsatib, esse muallifi deb tanishtirgan hollarda, ishni yaxshiroq baholaganlar. Aksincha, hunikroq qiz surʼatini koʻrsanganda yoki umuman surʼat koʻrsatmagan hollarda esa pastroq baholaganlar.

Sizning shahsingiz haqida odamlar juda koʻp narsalarni surʼatdan tushunib olishlari mumkin
Sizning shahsingiz haqida odamlar juda koʻp narsalarni portretingiz orqali tushunib olishlari mumkin. 2009 yili oʻtkazilgan tadqiqotda, olimlar qatnashchilarga Ostindagi Texas Universitetining 123 bitiruvchi kurs talabalar surʼatlarini koʻrsatgan. Surʼatlarda talabalar yoki neytral yuzni ifodalashi yoki oʻzlari xohlagan holda surʼatga tushishlari kerak edi. Surʼatdagi odam qanday pozada tushganiga qaramay, surʼatlarni baholaganlar insonning ochiqligi darajasi, uning oʻzini baholashi, dinga berilganlik, insoflilik va solihligi darajasini judayam aniq topgan edilar.

Odamlar sizning liderlik xislatlaringizni aniqlashda yuzingiz tuzilishining boʻyni koʻrsatuvchi yordam beruvchi koʻrsatkichlarni ishlatadilar
2013 yili Evropa va AQSH informatika sohasi mutaxassislari psixolog, neyrobiologlar soʻrovnoma qatnashchilaridan 47 oq tanli erkak va 83 oq tanli ayollarni surʼatlarini koʻzdan kechirib, ularning liderlikka layoqatlarini aniqlashni soʻradilar. Olimlar odamlar jinsi va yuz uzunligiga, insonning boʻyi haqida taxminlar olish uchun foydalanib, keyin bularni ularning liderlik maxoratini aniqlashda foydalanganlarini aniqlashdi. Taxminga koʻra boʻyi baland odamlarga tegishli yuzlarni liderlik maxorati yuqori kategoriya odamlariga qoʻshishgan.

Sizning yuz tuzilishingiz atrofdagilarga sizning qanchalik agressiv ekaningizni koʻrsatishi mumkin
Oʻzgarishlar markazi olimlari tomonidan London Universiteti kolledjida oʻtkazilgan kichik tadqiqiot shuni koʻrsatdiki, testosteron miqdori yuqori erkaklar odatda kengroq yuz va yirikroq yonoqlarga ega boʻlar ekan. Bunday yuz tuzulishli erkaklar odatda agressivroq yoki sosial statusga bogʻliqroq shahsiyatga ega boʻlishga moyilroq ekan.

Sizni jismoniy kuchingiz haqida maʼlumot olishda odamlar yuzingiz tuzilishiga eʼtibor beradilar
2015 yili oʻtkazilgan tadqiqotlar doirasida, olimlar sinovdan oʻtayotganlarga 10 ta har xil odamlarning 5 xil yuz ifodasi bilan tushgan surʼatlarini koʻrsatib, surʼatdagi odamlar qanchalik doʻstona, ishonchga loyiq yoki kuchli boʻlib koʻringanini baholashni soʻradilar. Eksperiment qatnashchilari yuzida xursandchilik ifodalangan odamlarni koʻproq doʻstona va ishonchga loyiq deb baholaganlarini ajablanarli joyi yoʻq. Bundan tashqari, soʻrov ishtirokchilar, keng yuzli odamlarni kuchli deb baholashga moyil boʻlganlar.

Agar siz “shubxali” koʻrinishga ega boʻlsangiz, sizni jinoyatchi deb hisobkashlarining extimoli koʻproq
Nima uchun baʼzi odamlar boshqalarga nisbatan, ishonchga loyiqroq deb tuyulishi nomaʼlum. Lekin, bu xislat hayotimizni tubdan oʻzgartirib yuborishga qodir. Isroil va Buyuk Britaniya olimlari eksperiment qatnashchilaridan, ular tomonidan maʼlumotlar bazasodan tasodifiy tanlab olingan, erkak va ayollarni surʼatlarini koʻrib chiqib, surʼat egalarining emosional holatini, xarakterlari jihatlari va surʼatdagi odam jinoyatchi ekanligining ehtimolini baholashni soʻradilar. Surʼatlarning birinchi qismi polisiya bazasidan, xibisga olish vaqtida olingan, ikkinchi qismi akterlar xursandchilik, neytral yoki jaxlni ifodalagan, postanovkalashtirilgan surʼatlar edi.
Surʼat qaysi bazadan olinganidan qatʼiy nazar, koʻproq ustunlik qiluvchi va kamroq ishonchga loyiq deb baholangan odamlar, aksar hollarda jinoyatchi deb ham baholanganlar.Postanovkalashtirilgan surʼatlarda eng kriminal deb, qahrli yuz ifodasi bilan tushgan akterlarni topishdi.

Odamlar sizni yuzingizni qanday qabul qilishlari hayot mamotni hal qilishi mumkin
Toronto Universitetining bir juft psixologlari tadqiqot uchun, qamoq jazosini ogʻrlashtiruvchi holatlarda, oldindan oʻylab qilingan qotilliklar uchun olgan, haqiqiy maxbuslarning surʼatlarini yigʻayotgan edilar. Ularning taxminan yarimi umrbod jazo olgan, qolgan yarimi oʻlim hukmini amalga oshirilishini kutmoqda edilar.
Soʻng tadqiqotchilar ishtirokchilar guruhidan surʼatlarga qarab, birdan sakkizgacha shkala boʻyicha, surʼatlardagi odamlar qanchalik ishonchga loyiqligini baholashni soʻradilar.Tadqiqot ishtirokchilari eng kam ishonchga loyiq deb baholagan surʼatlar ichida oʻlim jazosiga maxkum etilganlar, ishonchga koʻproq loyiq deb topilganlar orasidagilarga koʻra, koʻpraoq edi. Eksperimentning ikkinchi qismida ishtirokchilar, avval sudlab, keyin esa DNK analizlari asosida oqlangan odamlar surʼatlarini koʻrishdi. Daxshatlisi shuki, avval oʻlim jazosiga maxkum qilinib, keyin oqlanganlarni ham ishonchga eng kam loyiq deb baholashgan.

Agar kognitiv buzilishni eʼtiborga olmasa, sizning tashqi koʻrinishingiz sogʻligʻingiz haqida maʼlumot berishi mumkin
Ajinli teri faqat yoshingiz haqida maʼlumot bermay: u yuragingiz haqida ham maʼlumor beradi. 2012 yildagi tadqiqotda, 261 ta uzoq umr koʻrgan ota-onalik odamlar va tasodifan yigilgan 253 ta, huddi shu yoshdagi, odamlarning yuz va qoʻlning ichki qismidagi ajinlar sonini solishtirilgan. Yurak hastaligi xatari eng kam ayollar, soʻrov qilinganlarning fikriga koʻra,yurak-tomir kasalliklari hastaligi havfi eng yuqori boʻlganlardan koʻra, oʻz yoshidan, 2 yoshdan koʻproq, yosh koʻringan.

Sogʻliq bilan bogʻliq boshqa hastaliklar birinchi oʻrinda koʻzlar orqali koʻrinadi
Shifokorlar bir qancha kasalliklarni koʻzingizga qarabgina tasxishlashi mumkin. Koz toʻridagi qizil dogʻlar diabetning belgisi boʻlishi mimkin. Qondagi qand miqdori juda yuqori boʻlib ketganida koʻz toʻridagi qon tomirlari tiqilib, ishib, yorilib ketadi.

Siz haqingizda faqat yuzingiz maʼlimot bermaydi. Erkaklarda barmoq uzunligi onkologik kasalliklarga moyillik bilan bogʻliq
15 yil davomid atadqiqotchilar 1500 prostata raki bilan kasal bemorning va 3000 sogʻlom erkaklar barmoq uzunligini oʻrganib bordilar. Olimlar tadqiqotda ishtirok etayotganlardan qoʻl surʼatlarini koʻrib chiqib, ularning fikricha, oʻz qoʻllariga eng koʻp oʻxshashini tanlashni soʻraganlar. Ularning koʻrsatkich barmoqlari yon (soʻfi) barmoqlari bilan teng yoki undan uzun deb tasdiqlagan erkaklarga, barmoqlari nisbatan kaltaroq boʻlganlardan koʻra 1/3 marotaba koʻpraoq “prostata raki” tashxisi qoʻyilgan. Bu natija 60 yoshgacha erkaklar orasida ancha yaqqol koʻringan. Aytish joizki, tadqiqot barmoq uzunligini vizual, obʼektiv oʻlchovlarsiz, qabul qilishga asoslanib qilingan. Yakuniy natijalarni keyingi izlanishlarga tayanib qilish mumkin.

Sizning boʻyingiz maʼlum kasalliklar havfi haqida maʼlumot berishi mumkin
Tadqiqotlarga koʻra, boʻyi baland odamlarda yurak kasalliklari bilan xastalanish havfi kamroq, boʻyi past odamlarda esa, onkologik kasalliklar bilan xastalanish havfi kamroq ekan. Bu, maʼlum kasalliklardan himoyalovchi va shu vaqtning oʻzida baʼzi kasalliklar bilan xastalanish havfini oshiruvchi, oʻsish gormonining ishlab chiqarilashi bilan bogʻliq deb hisoblanadi. Shu bilan birga bu tadqiqot natijalari, baland yoki past boʻyli boʻlish, bu baʼzi kasalliklardan yuz foizga himoyalangan boʻlishni kafolatlaydi degani emas.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



