Avto

Milliarder Ilon Mask avtomobillarda yer ostida sayohat qilishni taklif qilmoqda

Milliarder Ilon Mask avtomobillarda yer ostida sayohat qilishni taklif qilmoqda

Avtomobil tirbandliklari va ekologiya – zamonaviy  shaharlarning ofatidir. Har kim bu muammolarni oʻzicha hal qiladi: kimdir mini-karlarga oʻtib oladi, kimdir avtomobillardan mutloq voz kechib, velosipedlarga afzallikni beradi, millioner– ixtirochi Ilon Mask avtomobil yoʻllarini pastga tushirishni istab, bu yoʻnalishda ish boshlab ham yubordi.

Milliarder Ilon Mask avtomobillarda yer ostida sayohat qilishni taklif qilmoqda

Ilon Mask yoʻllardagi avtomobil tirbandliklardan nafratlanadi. Aynan shu sabali u oʻzining “Zerikarli kompaniyasi”ni tashkil qilib (uning yangi loyihasi– Boring Company, aynan shunday tarjima qilinadi), yer osti orzularini roʻyobga chiqarish uchun, Los – Anjeles ostida tonnel qazishni boshladi.

Milliarder Ilon Mask avtomobillarda yer ostida sayohat qilishni taklif qilmoqda

Mask yangi kompaniyasi uchun, bundan avval SpaceX uchun unga bergan boʻlib, endilikda Mask qanday gʻaroyibot oʻylab topgani haqida oʻylar tugʻdirgan, burgʻilovchi mashinani buyurtma qildi. Va nihoyat sirlar ochildi –Boring Company “Tunnellar” deb nomlangan videoni sahifalarida joylashtirdi.

Milliarder Ilon Mask avtomobillarda yer ostida sayohat qilishni taklif qilmoqda

Unda shahar yoʻllari ostidagi olam qanday koʻrinishi mumkinligi taqdim etilgan edi. Berilgan videoda Mask oʻylab topgan konsepsiyasini koʻrish qiyin emas. Avvaliga avto oddiy yoʻl boʻylab yurib boradi, oldinda tirbandlik koʻringungacha. Soʻng u yoʻl chetiga burilib, maxsus platforma ustiga chiqib oladi va u yer ostiga uni tushiradi.

Milliarder Ilon Mask avtomobillarda yer ostida sayohat qilishni taklif qilmoqda

Avtomobilni, oxir oqibat, platforma kerakli boʻlgan joyda yana yer yuziga olib chiqib qoʻyadi. Soʻng boʻshagan platforma ustiga navbatdagi avto chiqishi mumkin boʻladi.

Milliarder Ilon Mask avtomobillarda yer ostida sayohat qilishni taklif qilmoqda

Shu bilan bir qatorda quyidagi tonnellar xaydovchisiz avtomobollar uchun ishlatilishi va platformalarning oʻzlari ham avtonom boʻlishlari koʻzda tutilmoqda. Mask oʻzining utopik gʻoyayalarini hali beri qoʻyish niyati yoʻqligi koʻrinib turibdi, bu Boring Company videosi ham uni tasdiqlab turibdi.

Milliarder Ilon Mask avtomobillarda yer ostida sayohat qilishni taklif qilmoqda
Milliarder Ilon Mask avtomobillarda yer ostida sayohat qilishni taklif qilmoqda
Milliarder Ilon Mask avtomobillarda yer ostida sayohat qilishni taklif qilmoqda

Ammo, xozircha yer ostiga tushishga hamma ham tayyor emasga oʻxshaydi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar