Ish joyida oʻtirgan holatda sogʻliqni saqlab qolishning 6 usuli

Oyoqlarni chatishtirib yoki bir-birini ustiga qoʻyib oʻtirmang – bu holat qon aylanish sistemasini salbiylashtiradi, tomirlarni qisadi va onemeniya koʻrinishidaginoxush hissiyotlarni chaqiradi hamda oyoqlarda bezovtalik sindromini paydoboʻlishiga olib keladi.
Birinchi navbatda – stulni toʻgʻri qoʻyishlozim. Oyoqlar havoda osilib turmasligiga, oʻrindiqning cheti esa tizza ostigaogʻirlik qilmasligiga eʼtibor bering. Oyoq uchlarini polga yoki oyoqosti uchunmaxsus taglikka shunday qoʻyingki, bunda oyoqlar 90° burchak ostida egilganboʻlsin.

Oʻrindiqnng chuqurligi sizning sonlaringiz uzunligi bilan mos kelishi kerak. Agar Siz juda ham katta stulda oʻtirsangiz, belingiz ostiga yostiq qoʻying. U ogʻirlikning bir qismini oʻziga oladi. Aksholda Siz orqaga sirpanib ketishingiz mumkin, bu esa belning shikastlanishi vaogʻrishiga sabab boʻladi.
Oʻrindiqning suyanib oʻtiradigan qismi tabiiyva qulay egilgan boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunda bel soʻroq belgisishaklida bukilib qolmasligi lozim.
Oʻtirgan holatingiz sizga noqulaylik tugʻdirganboʻlsa, bu holatni oʻzgartirishga shoshilmang. Mushaklaringizni toʻgri holatgatushib olguniga qadar kuting. Ulardan baʼzilari boʻshashadi va siz oʻzingizniqulayroq his qila boshlaysiz. Lekin bu holat tezda yuz bermaydi.

Komputerda ishlash vaqtida qoʻllar doimiy kuchlanish taʼsirida boʻladi. Ogʻir yuk va notoʻgʻri holatda ishlash oqibatidaogʻriqlar paydo boʻladi, bundan tashqari ertalablari qoʻllarda onemeniyahislari kuzatiladi.
Yelka va bilaklarning holati toʻgʻri boʻlishiuchun klaviatura va sichqoncha tirsaklar orasida joylashgan boʻlishiga ahamiyatbering. Bilaklar tomonlarga ogʻibketmasdan toʻgri holatda boʻlishi lozim. Qoʻllar esa 90° burchak ostida qayrilgan va stoldabemalol turishi kerak.

Boʻyin va bosh qismida ogʻriqlar boʻlmasligiuchun monitorni toʻgʻri oʻrnatish kerak. Agar u juda ham pastda oʻrnatilganboʻlsa, u holda biz belni bukib yokistulga suyanib oʻtirishimizga toʻgʻri keladi. Bu umurtqa pogʻonasining oldqismiga tushadigan ogʻirlikni kuchaytirib, dabba (grija) hamda boʻrtiqlarningpaydo boʻlishiga olib keladi.
Stulga oʻtiring, koʻzlarni yuming vaoʻzingizni boʻsh qoʻying. Koʻzlarni ochganingizda qarshingizda ekranning qoqmarkazida joylashgan nuqtani koʻrasiz. Nuqta koʻz darajasida boʻlishi uchunmonitor tagiga maxsus tagliklardan foydalanishingiz mumkin. Ekran sizningqarshingizda boʻlishi lozim, yon tarafdaemas. Bu holat boʻyin va koʻzlarningtoliqishini kamaytiradi.

Komputer qarshisida uzoq vaqt davomida ishlashoqibatida koʻrish sindromi vujudga kelishi mumkin: koʻrish qobiliyatiningxiralashishi (koʻz oldidagi tuman), quruqlashishi, qizarishi. Keyin esa – boshogʻriqlari va gʻazablanish.
Ekranni yana bir bor toʻgʻrilang. Shifokorlarmonitor va koʻzlar orasidagi optimal masofa taxminan yuz qismidan 50 smuzoqlikda boʻlishi kerak deb hisoblaydilar.
Ekrandagi yorqinlikni olib tashlaganingizmaʼqul. Agar komputeringiz oyna oldida tursa, uni joyini oʻzgartiring yokipardalarni yopib qoʻying. Yorqinlikni, kontrastni, shrift hajmini toʻgʻrilang.
Spektr qismini filtrlaydigan maxsuskoʻzoynaklardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda koʻzlar kamroq charchaydiva Siz koʻrish qobiliyatingizni saqlab qolasiz.
Koʻzlar uchun mashqlar qilishni ham unutmang.Har soatda 20 soniya mobaynida oynaga qarashingiz yoki xonadagi buyumlarnikoʻzdan kechirishingiz mumkin. Bundan tashqari koʻzlar uchun maxsus oddiygimnastikalarni ham bajarishni maslahat beramiz.

Agar inson harakatsiz hayot tarzini olibborsa, yogʻli, shirin mahsulotlarni muntazam isteʼmol qilsa qon tomirlarining ichki devorlarigaxolesterin yegʻila boshlaydi, tomirlar choʻziladi, klapanlar esa oʻz vazifasinibajara olmay qoladi.
Noxush hislar, ogʻriqlar, oyoq va boldirlardacharchash holatlari kuzatiladi, oyoqlarning shishishi hamda yuqori qon bosimiyuzaga keladi. Odatda bu simptom holatlari kechga yaqin sodir boʻladi.
Har kuni hech boʻlmaganda ozgina vaqtingiznijismoniy mashqlarga ajrating. 15 daqiqa oddiy gimnastikalarni bajaring.Avtomobil yoki transport vositalaridan koʻra koʻproq piyoda yurishga harakatqiling. Va eng asosiysi toʻgʻri ovqatlanish rejimiga rioya qiling.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



