Sochi tikka boʻladigan, oʻtmishdan goʻzalikni telba usullari

Vaqt oʻtishi bilan, ayol goʻzalligi haqida tushunchalar oʻzgargan, va baʼzida “Goʻzallik qurbonliklarni talab qiladi” soʻzlari toʻppa-toʻgʻri maʼno ega boʻlgan. Ayollar chiroyli boʻlish uchun, oʻzlari bilan nima qilganlari hozirgi zamonda shokga olib kelishi mumkin. Sizlarni oldingizda: oʻtmishdan oʻnlab misollar, moda va oʻzgarish ketidan quvish kerak emasligini tasdiqlaydi va asosiysi – bu albatta salomatlik.
Chopinlar

XV-XVII asrda qizlarga chopinlar taqishga toʻgri kelar edi (tsokolli va pyanelle ham). Shu usulda ular oʻzini chiroyli kiyimlarini kir qoplangan koʻchalardan saqlashgan, va oʻzining yuqori ijtimoiy mavqeini namoyish qilishgan. Chopinlar balandligi 50 santimetrga yetishi mumkin edi. Albatta ayollarga, hizmatkorlar yordami kerak boʻlgan, ular doimo yonida boʻlgan, bekalarini ushlab turishi va yuzi bilan loyga yiqilmasligi uchun, toʻgri maʼnoda.
Makiyaj uchun himoya, 1939 yil naʼmunasi.

Shunday qilib modaparastlar makiyajni yoʻmgʻir va qordan saqlamoqchi boʻlgan. Shunisi yomonki, bu gʻalati moslama tezda nafasdan terlar edi.
Lunjlardagi kulgichlar

XX asrda shunday vaqt boʻlganki, nazokatlik qiyofasi yetarli boʻlmagan, agar qizning lunjlarida chiroyli kulgichlar boʻlmasa. 1923 yilda mahsus moslamani patentlashgan, ihtirochilarni soʻziga koʻra, u istalgan hohlovchiga chiroyli kulgichlarni tuhfa qilishi mumkin edi. Moslama yuzga taqilardi, quloqlar orqasiga va iyakga qatirilardi, ikkita chiqib turgan chiviqlar esa lunjlarni qattiq bosar edilar. Maʼlum ishlatish vaqtidan keyin yuzda kutilgan kulgichlar paydo boʻlar edi.
Tiklanish davri: baland peshona, kipriklarni yoqligi

Bu paytda tabiiylik unchalik qadrlanmasdi, odamlar pardoz bilan faol foydalanishni boshlashdi, ayol tanasini esa sajdagacha koʻtarishdi. Ayniqsa yuqori yumaloq peshona modali boʻlgan, va sochlar oʻsish chizigʻidan qanchalik baland boʻlsa, shunchalik yahshi edi. Shuning uchun koʻp ayollar peshonada sochini qirishni boshlashdi, shu goʻzallik standartlariga toʻgʻri kelish uchun. Bundan tashqari, modnitsalar albatta kipriklardan qutilishardi, pinsept yordamida yulib tashlab.
XVII asr Angliyada: oq teri

Yuzni oqartirish uchun simob va uksus bilan vosita ishlatilgan. Teri rostdan ham oqarar edi, lekin vaqt oʻtib u sargʻayardi, va bu jarayon qaytmas edi. Ingliz qirolichasi Yelizaveta I oqartirish pardozi shaydosi edi. Uning yuzi shunday oqarish darajasiga kelganki, tarihda u “yoshlik niqobi” deb esda qoldi.
XVII asr Angliyada: koʻrinadigan tomirlar

Oʻzining yuqori kelib chiqishini taʼkidlash uchun, ayollar koʻk qalam ishlatishgan, u bilan boʻynida, koʻksida va elkalarida venali naqsh chizishgan.
Viktorian davr: lablarini tishlash

Ingliz qirolichasi Viktoria ayollarga pardozni ishlatishni taqiqlab koʻydi, lekin bu ularni vaziyatdan chiqishdan toʻhtatmadi. Labiga pomada surtish va rumyanalarni oʻrniga ular lunjlarini yulishardi va lablarini tishlashar edi.
XIX asr: margimush goʻzallik himoyasida

XIX asrda margimush qabul qilish modali edi, “yuzga gullagan tus, koʻzlarga – yarqirash, tanaga esa koʻrkam toʻlishkanlik bahsh etish” uchun. Bunga qaramasdan nojoʻya taʼsirlar ham boʻlgan: margimush qalqonsimon bezda toʻplanadi, bu boʻqoqqa yoki oʻlimga olib kelishi mumkin.
Viktorian davr: zaharli yashil koyʼlaklar

Viktorian davrda yashil boʻyoq oʻylab topishdi, va u bilan boʻyalgan yorqin matolar modnitsalar orasida dongi ketgan. Bu tus “Sheele koʻkligi” deb atalar edi. Unga erishish uchun margimush va mis aralashmasi ishlatilgan. Zaharli modda asta sekinlik bilan shu boʻyoqda boʻyalgan matoni kiyganni oʻldirgan. Shilliq qavatlarga tegkanda koʻzgʻatish chaqirgan va asta teri orqali kirgan. Aytganday, huddi shu boʻyoq bilan oboylar boʻyalgan, shuning uchun boy uylardagi yashil devorlar egalari va mehmonlar uchun oʻlimga olib keluvchi havf saqlagan.
Evropa, XVIII asr: yasama hollar

Usha paytlarda odamlar uyalmasdan pardoz-andozni ishlatishgan, va alohida eʼtibor - yasama hollarga qaratilgan. Ular nafaqat yuzini bezagi boʻlgan, balki ishva uchun vosita ham boʻlgan. Masalan, yarim oy shaklidagi yasama hol kechki uchrashuvga taklif boʻlgan, kupidon-yasama hol muhabbatni anglatgan, kareta – birgalikda qochib ketishga rozilik. Yuqori lab ustidagi yasama hol qiz erkin, qoʻl va yurakni taklif qilish uchun ochiq ekanligini anglatgan. Agar yasama hol oʻng lunjda boʻlsa, ayol erga tegkan ekanligini anglatgan. Bevalar yasama holni chap lunjiga qoʻyishgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



