Dengiz ustidagi koʻl – shimoliy tabiatning hazili

Dengiz ustidagi koʻl – shunaqa boʻlishi mumkinmi? Bu tabiatning qanday hazily ekan? Islandiya va Norvegiya orasida joylashgan Farer orollari – tabiatning juda antiqa sovgʻasi, va agar landshaft chiroyi va fotosuratchi Konor MakNeylning isteʼdodini birlashtirsak, goʻzalligi noyob, oʻziga jalb etuvchi kadrlar - sayyora shimolinining umumiy fonida olamga mashhur qilib tanituvchi tomoni boʻlib qolishi aniq.

Kameraning toʻgʻri holatda turishi va syomka burchagi Atlantika okeanining shimoliy tomoniga oqib tushuvchi, ajoyib Bøsdalafossur sharsharasiga manzara ochib beradi.

Ajoyib, chuchuk suvli Sorvagsvatn yoki Leitisvatn koʻllarini, Sørvágur va Miðvágur nomli mahalliy qishloq yashovchilari shunchaki «Koʻl” deb atashadi, chunki hamma uni oʻzicha atay boshladi va bir fikrga shunchaki kela olishmadi.

Bu tinchgina koʻlning koʻrinishi, xuddi uning chetidagi landshafti yuzlab metr pastga birdaniga kesilib qolgandek, va qoyalar Atlantika okeanidan tepaga koʻtarilib turgandek. Lekin, aslida qoya balandligi 30 metrdan koʻp emas, shuning uchun Vagar orolidagi bu koʻzni aldovchi narsa – shunchaki illyuziya, axir tabiat ham hazil qila oladi.






Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



