Sayohat

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Observatoriya

Xalqaro biznes markazi 1 ning  Ozodlik minorasida

Nyu-York AQSH

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Koʻrish maydonchasi Nyu-Yorkda 19 mayda ochildi. U Ozodlik minorasining 100, 101, 102 qavatlarni egallagan. Maxsus liftlar barcha xohlovchilarni 541 metr balandlikka atigi bir daqiqada olib chiqib qoʻya oladi.  Koʻrish maydonchasidan Nyu-Yorkka ajoyib panorama koʻrinishi ochiladi. Bu yerda kafe, bar, restoranlar bir hil nomli boʻlib, ular One deb ataladi. Va ular koʻrish maydonchalari qavatlarida joylashgan. Bir chiptaning bahosi, kattalar uchun, 32 dollarni tashkil etadi.

“Burdj-Xalifa”

Dubay, BAA

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Dunyoning eng baland binosida ikkta koʻrish maydonchalari bor.  125 qavatda ancha demokratlashgani joylashgan boʻlib, chiptasi narxi, tashrif buyurish vaqtiga qarab, 34 dollardan boshlanadi. Sky maydonchasi esa, 148 qavatda joylashgan boʻlib, qulay divanli laundjdan tashkil topgan. Bu yerda odamlar ancha kam boʻlib, bu chipta narxi bilan bogʻliq, u 82 dollardan boshlanadi.

The Shard

London, Buyuk Britaniya

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Nomi, tarjima qilinganda, “parcha” maʼnosini beruvchi bino 2012 yili qurilgan. Unda 95 qavat bor. 68, 69, 72 chi qavatlarida koʻrish maydonchalari joylashgan. Ulardan Londonga manzarlar ochiladi. Bu yerda doimo turli aksiyalar oʻtkaziladi: masalan, allqanday pivo ishlab chiqaruvchi, pivo bilan mehmon qiladi, shanba kuni ertalab yoga mashgʻulotlari oʻtkaziladi, baʼzi juma va shanba kunlarida, mehmonlar naushniklar taqib raqsga tushadigan, “jim diskotekalar”i oʻtkaziladi. Kattalar uchun standart chipta narxi – 32.95 funt sterling boʻlib, unga shampan vinosi bokali narxi ham kiradi.

Eyfel minorasi

Parij, Fransiya 

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Parijning eng mashxur diqqatga sazovor joylaridan birida 3 sath boʻlib, 57, 115 va 300 metr balandliklarda muvofiq joylashgan. Birinchi va oxirgi sathlarda koʻrish maydonchalari joylashgan, ikkinchida esa, restoran. Tepadagi koʻrish maydonchasi uchun chipta narxi, kattalar uchun 15,50 evro, pastdagisiga esa, 5 dan to 6 evrogacha boʻlib, u sizning tepaga piyoda yoki lift yordamidakoʻtarilishni istagingizga muvogiq oʻzgaradi.

“Evrika”minorasi

Melburn, Avstraliya

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Avstraliya qitʼasidagi baland binolar ichida u ikkinchsi boʻlib hisoblanib, 297 metr va yer ostisini hisobga olganda, 92 qavatlidir. 88 chi qavatda ikki koʻrish maydonchalari joylashgan: yopiq maydoncha va The Edge nomli shishali balkon. Chiptalar muvofiq ravishda 15 va 24 dollar turadi.

Moskva-Sitidagi “Imperiya” minorasi

 Moskva, Rossiya

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Minoraga faqatgina ekskursiya tarkibida kirish mumkin. U 50 daqiqa davom etib, oʻzichiga tezlik liftlarida tepaga chiqish, yangi arxitektura va injenerlik yechimlar va Moskva-Siti kompleksi haqida toʻliq maʼlumotni oladi. Chipta 700 rubl turadi. Dam olish kunlari 14:00 gacha esa, 500 rubl. Bolalarni, hafta kunining ahamiyatisiz, 400 rublga kiritishadi.

Empayr-Steyt-Bilding

Nyu-York, AQSH  

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

1931 yili qirilgan, 103 qavatlik, osmonoʻpar bino, 40 yildan ortiq vaqt, dunyodagi eng baland bino hisoblangan. Koʻrish maydonchalari 86 chi va 102 chi qavatlarda joylashgan. Birinchisiga 32 dollarga chiqiladi, 75 dollarga esa, navbatda turmasdan ikkalasiga ham tashrif etish mumkin boʻladi.

“Petronas” minoralari

Kuala-Lumpur, Malayziya

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Birinchi koʻrish maydonchasi 41 va 42 qavatlar sathida joylashgan, ikki minorani birlashtirib turuvchi, koʻprikda joylashgan. Oldin bu yerga chiptalar bepul boʻlgan edi. Endilikda esa, koʻprik boʻylab sayrdan bahramand boʻlish uchun 23 dollarga yaqin pul toʻlash kerak boʻladi. Bu narx ichiga minoralarning biridagi, 86 qavatda joylashgan, ikkinchi koʻrish maydonchasiga kirish ham kiradi.

“Taybey 101”

Taybey, Tayvan 

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

 1014 qavatlik osmonoʻpar binoning 89 qavatida koʻrish maydonchasi joylashgan. Bu balandlikka tashrif etuvchilarni daqiqasiga 1010 metr tezligi bilan ikki lift olib chiqadi.

Xalqaro kommersiya markazi

Gonkong

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Sky 100 nomli koʻrish maydonchasi Gonkongdagi eng baland koʻrish maydonchasi hisoblanib, binoning 100 chi qavatida joylashgan. Binoning ikkinchi qavatidan yuzinchisigacha tashrif buyuruvchilarni lift 60 soniya ichida olib chiqib qoʻyadi. Maydonchaning oʻzida Gonkong tarixi va madaniyati haqida interaktiv koʻrgazma joy olgan.  Chiptaning narxi – kirishda sotib olinsa, 28 dollar, on line buyurtma qilinsa, 25 dollar.

Uillis-tauer

Chikago, AQSH

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Uillis – turning hammasi boʻlib 110 qavati bor boʻlib, koʻrish maydonchasi 103 chi qavatda joylashgan. Maydonchada toʻrtta shisha balkonlar bor boʻlib, ularning har biri beshtadan odamni oʻziga sigʻdiradi. Har yili koʻrish maydonchasiga 1.3 mln ga yaqin sayyohlar tasgrif buyuradilar. Chiptaning narxi – 19,50 dollar.

Si-En-Tauer

Toronto, Kanada

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Si-En-Tauerning asosiy koʻrish maydonchasi 346 metr balandlikda joylashgan. Undan bir qavat pastda Glass Floor debnomlanuvchi maydoncha bor boʻlib, u yerda polning bir qismi shishadan yasalgan.Shu qavatning oʻzida asablari kuchlilar uchun yana bir attraksion bor boʻlib, uEdge Walk deb nomlanib, minorani atrofini oʻrab turuvchi, kengligi 1,5 metrlik platformaustidan sayrni oʻz ichiga oladi. Hoxlovchilarni  tros yordamida sugʻurtalovchi balkaga bogʻlabqoʻyiladi. Skypod nomli yana bitta maydoncha 446 metr balandlikda joylashgan. Asosiykoʻrish maydonchasiga kirish chiptasining narxi 25 dollar, SkyPod ga tashribetish uchun esa, yana 10 dollar toʻlash kerak boʻladi.

Tokio Skytree

Tokio, Yaponiya

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Bu dunyodagi eng baland teleminora va “Burdj-Xalifa” dan soʻng ikkinchi oʻrinda turuvchi dunyodagi eng baland bino. Bu yerda ikki koʻrish maydonchalari boʻlib: Tembo Deck, 340, 345 va 350 chi qavatlarni egallaydi, hamda Tembo Galleria, 445 va 450 chi qavatlarda joylashgan. 340 chi qavatdagi Tembo Deck da Skytree kafesi va polining bir qismi shishali koʻrish maydonchasi joylashgan, 345 chi qavatda –restoran, 350 chi qavatda esa, yana bir kafe. Tembo Galleria oʻzida ikki qavatlik koʻrish maydonchasini mujassamlashtirgan boʻlib, u yerga kelib siz “bulutlar orasida sayr qilib yurayotgandek” kabi fikrlarga borasiz. Minoraning rasmit saytida shunday deyiladi.Tembo Deck ka kirish chiptasining bittasining narxi, kattalar uchun 17 dollar,Tembo Galleria ga tashrif etish uchun esa yana 8,5 dollar toʻlashga toʻgʻrikeladi.  

Shanxay xalqaro moliya markazi

Shanxay, Xitoy

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Bu binoda koʻrish maydonchalari 94, 97 va 100 chi qavatlarni egallagan. Mahmonlar uchun barcha qavatlarga tashrif etish29 dollarga tushadi, agar faqat 94 chi qavat boʻlsa, 19 dollarga toʻgʻrikeladi.

Guanchjou Teleminorasi

Guanchjou, Xitoy

Dunyo tomlari: eng chiroyli shaharlarga eng yaxshi koʻrinishlar

Yaponiyaning  Skytree sidan keyin balandligi boʻyichaikkinchi oʻrindagi telaminora. Unda turib shaharni tomosha qishning bir qanchayoʻllari bor.  Masalan, SkyWalk spiralzina yordamida piyoda  32 chidan 64 chiqavatgacha koʻtarilish, yoki faqatgina, 107 chi va 108 chi qavatlardajoylashgan, ikki tomosha qilish maydonchalari boylab sayr qilish. 488 metr  balandlikda bu binoning eng baland tomoshaqilish maydonchasi joylashgan. 107 va 108 chi qavatlarga kirish chiptasiningnarxi 24 dollar. Zina boylab sayr yoki eng baland maydonchaga tashrif etishuchun siz 36 dollar toʻlashingiz kerak boʻladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar