Sayohat

Har narsaning meʼyori yaxshi: Immunitetning susayishiga sabab boʻluvchi 5 ta mahsulot

Har narsaning meʼyori yaxshi: Immunitetning susayishiga sabab boʻluvchi 5 ta mahsulot

Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, quyida nomi keltiriladigan mahsulotlar zararli emas, aksincha sogʻlom turmush tarzini olib boruvchilarning sevimli mahsuloti hisoblanadi, ammo ularni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish immunitetga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Har narsaning meʼyori yaxshi: Immunitetning susayishiga sabab boʻluvchi 5 ta mahsulot

Bir qarashda judayam foydali mahsulot – oqsil va vitaminga boy, oson hazm boʻladi. Ammo ikkinchi tarafdan qaraganda, baliq va boshqa dengiz mahsulotlarining oqsili kuchli allergen hisoblanadi. Bu allergiya jismonan koʻrinmasligi, ammo inson immunetiga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin. Diyetologlar, bu mahsulotlarni haftada 1-2 marta isteʼmol qilishni tavsiya etadilar, dengiz boʻyida tugʻilib, uni yoshliklaridan isteʼmol qilib kelganlarda esa allergiya kuzatilmaydi.

Har narsaning meʼyori yaxshi: Immunitetning susayishiga sabab boʻluvchi 5 ta mahsulot

Bu ichimlik borasida turli baxs va munozaralar talaygina. Kimdir uni salomatlik uchun foydali desa, yana kimdir uni isteʼmoldan chiqarish kerak, deydi. Aslida qahva tetiklashtiruvchi xususiyatga ega boʻlish bilan birga uning haddan ortiq isteʼmol qilinishi immunitetga negativ taʼsir koʻrsatishi mumkin. Kuniga 1-3 finjon qahva ichish meʼyor hisoblanadi.

Har narsaning meʼyori yaxshi: Immunitetning susayishiga sabab boʻluvchi 5 ta mahsulot

Baʼzi pishloqlarning tarkibida bakteriyalar mavjud boʻlib, ular inson immunitetiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, xususan nerv tizimi, limfa toʻqimalarini zararlovchi infektsion kasalliklarni keltirib chiqarish mumkin. Sogʻlom odam organizmidagi oshqozon shirasi bu va boshqa virus va bakteriyalarni yoʻq qilib yubora oladi, ammo oshqozon bilan bogʻliq kichkina muammoingiz boʻlsa ham, pishloq isteʼmol qilishdan saqlanganingiz maʼqul.

Har narsaning meʼyori yaxshi: Immunitetning susayishiga sabab boʻluvchi 5 ta mahsulot

Shakarni shirin zahar, deb atashadi. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, shirinlikka oʻch insonlar tez-tez shamollashga moyil boʻladilar. Chunki shakar organizmga tushib, oq qon tanachalariga zararli taʼsir koʻrsatadi va immunitetni ishdan chiqaradi. 

Har narsaning meʼyori yaxshi: Immunitetning susayishiga sabab boʻluvchi 5 ta mahsulot

Koʻpchilik xom tuxumni isteʼmol qilish foydali, deb hisoblaydi. Ammo u ham immunitet uchun xavfli mahsulotlar qatoriga kiradi. Xom tuxumni doimiy ravishda qabul qiladigan odamning oshqozoni modda almashinuvi uchun masʼul boʻlgan biotin moddasini ishlab chiqarishdan toʻxtaydi. Biotin tanqisligi sogʻliqqa salbiy taʼsir qiladi: immunitet pasayadi, qonning energetik funktsiyasi susayadi. 

Immunitet mustahkam boʻlishi uchun sogʻlom turmush tarzini olib borish, toʻgʻri ovqatlanish va shifokor koʻrigidan oʻtib turish lozim. Ovqatdan oladigan mikro va makro elementlar salomatligimizning poydevori hisoblanadi, biroq ular meʼyorida boʻlishini unutmasligimiz lozim.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar