Dunyo mamlakatlarining milliy buterbrodlari

Bugungi kunda nonushtani buterbrodlarsiz tasavvur qilish qiyin. Buterbrod aslida nemis soʻzidan olingan boʻlib, yogʻli non maʼnosini beradi. Quyida siz turli mamlakatlarning buterbrodlari bilan tanishishingiz mumkin.
Hindiston

Vada pav – Hindistondagi oʻtkir yengil taom boʻlib ,aslida qalampir va ziravorlar ayalmay qoʻshilgan somsadir.
Venesuela

Arepa: joʻxori unidan tayyorlangan qalin nonga choʻchqa goʻshti, pishloq va avakado qoʻshib tayyorlanadigan sendvich.
Singapur

Kaya tost: Bu buterbrod Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida juda mashhur boʻlib, kokos hamda shakar aralashmasidan tayyorlanadi va qalin non boʻlagiga suriladi. Baʼzan tuxum qoʻshsa ham boʻladi.
Xitoy

Jou tsya mo (goʻshtli burger) non orasiga pishgan choʻchqa goʻshti (baʼzi joylarda qoʻy va mol goʻshtidan foydalaniladi) garimdori va ziravorlar bilan aralashtirilib qoʻyiladi.
Donki burger: qarsildoq non orasiga eshak goʻshti, sutchoʻp (latuk) va ziravorlar qoʻshiladi.
Malayziya

Poti Djon: tuxum, piyoz, goʻsht yoki baliq aralashmasidan tayyorlangan sendvich-amlet.
AQSH

Yongʻoq yogʻini nonga surib tayyorlangan sendvich
Polsha

Zapekanka – eng mashhur polyak fast-fudlaridan biri: yumshoq pishloq, qoʻziqorin va goʻsht uzun nonning (baget) bir pallasining ustiga qoʻyilib, koʻk piyoz va ketchup qoʻshiladi.
Yaponiya

Yakisoba-pan: xod-dog bulochkasining orasiga yapon lagʻmoni (yakisoba) solinadi. Ustidan mayonez va zanjabil qoʻshiladi.
Katsu-sando: yaponlarning choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan katletasi va maydalab toʻgʻralgan karam aralashmasidan tayyorlangan mini-sendvich.
Vyetnam

Ban mi: goʻsht (choʻchqa goʻshti yoki jigar pashteti), marinadlangan sabzi, tuzlangan bodring va kashnich aralashmasidan tayyorlangan sendvich.
Germaniya

Gavaya tosti nomli sendvich dudlangan goʻsht, yumshoq pishloq, Maraskino olchasi va ananas aralashmasidan iborat.
Mettbryotxen: toʻgʻralgan piyoz va xom choʻchqaqiymasidan tayyorlanadi.
Fishbryotxen: qarsildoq bulochka, baliq va xom piyozdan tayyorlanadi. Odatda, baliq ichiga qandaydir nachinka solinadi.
Liberkessemmel: soʻzma-soʻz tarjimasi “jigarli pishloq” boʻlgani bilan bu buterbrodda jigar ham, pishloq ham yoʻq. Oʻrama bulochka orasiga mol goʻshti, bekon va piyoz solinib, gorchitsa qoʻshiladi va issiq holda tortiladi.
Makao

Goʻshtli burger: shunchaki choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan sendvich.
Serbiya

Pleskavitsa: turli xil goʻshtlardan tayyorlanadigan sendvich. Lavash yoki bulochkadan tayyorlanadi, serb qaymoqlari va oʻtkir sous qoʻshiladi.
Fransiya

Pan-bagnat – bu fransuz klassik sendvichi boʻlib, baliq, sabzavotlar, qaynatilgan tuxum va zaytun yogʻidan tayyorlanadi.
Chili

Barros Lyuko: non, goʻsht va yumshoq pishloqdan tayyorlanadi. Bu sendvich birinchi president Ramon Barros Lyuko nomi bilan ataladi.
Chakarero: bulochka orasiga mol goʻshti, yashil noʻxat, pamildori va achchiq qalampir qoʻshiladi.
Buyuk Britaniya

Chip batti: bulochka orasiga qoʻvurilgan kartoshka fri solinib, sous yoki ketchup qoʻshiladi.
Meksika

Chemita: bulochka, goʻsht, avocado, oq pishloq va piyozdan tayyorlanadi.
Kuba

Medianoche (“yarim tun”) – Kubada mashhur buterbrod boʻlib, kechasi tanavvul qilishga qulay. Shirin bulochka, goʻsht, pishloq va bodringdan tayyorlanadi.
Getsbi: katta hajimdagi sendvichda doim qovurilgan kartoshka boʻladi.
Turkiya

Danar-kabob: lavashga goʻsht, pamildori, piyoz, salat bargi va tuzlangan bodring solib tayyorlanadi.
Daniya

Dirlegens natmad: mol goʻshti va pashtetdan tayyorlanadigan buterbrod.
Trinidad va Tobago

Dabls: non noʻxat bilan qovurilib, bodring, mango va kakos qoshiladi. Uyqu oldidan yengil tanavvul qilish uchun qulay.
Janubiy Amerika

Choripan (ilk bor Argentinada tayyorlangan): qarsildoq bulochka, kolbasa va sousdan iborat.
Urugvay

Chivito (“uloqcha”): mol goʻshti boʻlaklari, motsarella pishlogʻi, zaytun, pamildori, mayonez va tuxumdan iborat.







Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



