Oshxona

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari

Haqiqiy shtrudelni faqat Vena yoki Zaltsburgda topishingiz mumkin. Ammo siz ushbu desertning 1696 yilda yozilgan birinchi retsepti bilan Vena shahar kutubxonasida tanishishingiz mumkin. Klassik shtrudel retsepti sezilarli oʻzgarishlarga duch kelmadi va bu desertni tayyorlash uchun, avvalgidek, hamirni mevalar yoki tvorog bilan toʻldirish kerak. Ushbu taomga koʻpincha vanil muzqaymoq yoki qaymoq qoʻshiladi.

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari

Bu desert qiziqarli nomi bilan Chexiyada mashxur boʻlgan, ammo bu oddiy kremli trubochkalar. Ushbu desert ochiq olovda shirin xamirdan tayyorlanadi, soʻngra shakar va doljin aralashmasiga botiriladi va tepasida yongʻoq yoki hindiston yongʻogʻi parchalari bilan sepiladi. Chexiya Respublikasida bu taomni toʻgʻri koʻchada sotib olish mumkin va nafaqat mahalliy odamlar, balki sayohatchilar ham uni yaxshi koʻrishadi.

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari

Turkcha paxlava - sharqona taom, XV asrda paydo boʻlgan. Shirin yog ʼva asal bilan qoplangan va yongʻoq bilan sepilgan ingichka xamirdan tayyorlanadi. Taom juda ham shira taʼmga ega, shuning uchun uni choy bilan istemol qilish tavsiya etiladi.

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari

Ushbu shirinlikka taniqli rus balerinasi Anna Pavlovaning sharafiga nom berilgan va bugungi kunda bu desert Avstraliya va Yangi Zelandiya oshxonalarining bezakidir. Aytgancha, ushbu ikki davlat aholisi hanuzgacha ushbu shirinlikni qayerda kashf etganligini hal qila olmaydilar. Ammo aslida ahamiyati yoʻq, muhim boʻlgan yagona narsa shundaki, mevalar va qaymoq bilan bezatilgan, qobigʻi kursildoq va zefirga oʻxshash yumshoq markazdan iborat bu ajoyib taomdan bugungi kunda barcha odamlar bahramand boʻlishlari mumkin.

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari

Hozirga qadar, bu mazali desert Italiyaning qaysi hududida kashf etilganini aniq aytish mumkin emas. Bugungi kunda ushbu taomni dunyodagi har qanday restoranda buyurtma qilish mumkin, ammo haqiqiy tiramisuni faqat Italiyada tatib koʻrish mumkin. Ushbu taomning tarkibi chinakam italyancha masalliqlarni oʻz ichiga oladi: Lombardiyadan olingan mascarpone pishloq, Sitsiliyadagi marsala sharob va savoyardi pishiriqlari.

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari

Ushbu taomni eski Angliyaning ramzi deb atash mumkin, chunki u deyarli har bir ingliz oilasida tayyorlanadi va retsept avloddan-avlodga oʻtadi. Bu misli koʻrilmagan shirinlik suv hammomida un, non ushoqlari, tuxum, yog ʼ, qaymoq va ziravorlardan tayyorlanadi. Ammo kam odam biladiki, bir vaqtlar pudingga goʻsht ham qoʻshilar edi.

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari

Qaymoqli kanfetlar, ehtimol odatiy shirinlik emas, bu borada ularni bizning popkorn bilan solishtirish mumkin. Ushbu shirinliklarni tayyorlash uchun Yaponiya va Janubiy Koreyada oʻsadigan kashtan, shirin kartoshka, shakar va ziravorlar ishlatiladi.

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari

Gruziya shirinligi mevalardan, koʻpincha uzum sharbatidan tayyorlanadi, unga ipga tortilgan yongʻoq botiriladi. Koʻrinib turgan soddaligiga qaramay, churchxelani tayyorlash jarayoni murakkab va koʻp vaqt talab etadi, ammo natijada paydo boʻlgan shirinlik unga sarflangan barcha saʼy-harakatlarga arziydi.

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari

Bu shirinlik, ehtimol, butun dunyoda eng mashhurdir. U dunyoning barcha burchaklarida pishiriladi, ammo AQShda chizkeyk ayniqsa mashhur. Bu desertning vatani AQSh emas, balki qadimgi Yunoniston. Qadimgi yunonlar bu shirinlikni qanday tayyorlash haqda miloddan avvalgi VI asrda bilishgan.

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari

Oʻzining taʼmi bilan bu ispan taomi hammaga mashhur nugatni eslatadi. Ushbu shirinlikning ikki turi mavjud: qattiq, qovurilganga oʻxshash va yumshoq, yongʻoq bilan nugat kabi. Faqatgina Ispaniyada turnonni tatib koʻrishingiz mumkin, chunki uni ushbu mamlakatdan tashqarida tayyorlash rasman taqiqlangan.

Shirinliklar dunyosiga sayohat: turli xil mamlakatlarining mashhur desertlari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar