“Golden Nugget” mehmonxonasidagi akulali akvarium ichidagi suvli gorka, Las Vegas, AQSH




Koʻpgina odamlar Las-Vegasga kazinoda, oʻyin avtomatlarida, ruletka va boshqa oʻyinlarni oʻynash uchun keladi, lekin shu bilan birga, bu yerga dam olish uchun oilaviy va guruh bilan kelishadi, bu uchun bu yerda koʻngilochar joylar anchagina. Ular ichida Golden Nugget mehmonxonasidagi basseynlar va suvli gorkani alohida koʻrsatish mumkin.




Bu suvli gorka quvurda tashkil topgan boʻlib, uning boshi uchinchi qavatda boshlanib, birinchi qavatda yovvoyi akulalar, skatlar va boshqa baliqlar suzib yuriydigan ulkan shisha akvarium bilan tugaydi. Quvur akvarium ichiga kiradi va siz, suzib tushayotganingizda uning ichiga tushib qolsangiz, sizni ushbu yovvoi, tushayotgon odamlarga qarab oʻtiruvchi akulalardan, faqatgina mayingina shisha qavati himoya qiladi.



Hajmi 75708 litrdan iborat basseynda akula va skatlardan tashqari 300 turdan ortiq baliqlar bor. Akvarium devorlari qalinligi toʻrt dyumli qattiq akrildan tayyorlangan.



Agar sizga tushayotgan paytingizda ushbu ekstrim kamlik qilsa, basseynda suzish imkoni ham bor. Basseyn akvariumga yaqin joylashgan. 2008 yilda mehmonxona qayta qurilgan, va endi basseyn qishda isitiladi. Shuningdek, Golden Nugget mehmonxonasida oʻzining oazisi, ikkinchi basseyn va boshqa bir qator dam olish joylari mavjud.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



