Setenil-de-las-Bodegas – qoya ichidagi shahar

Munitsipalitet Serra-de-Kadisrayoni(komarka) tarkibiga kiradi. U 82 kvadart kilometrni egallaydi. 2010 yildagi maʼlumotlarga koʻra, aholisi 2967 kishi. Provinsiyaning maʼmuriy markazidan 157 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Setenil-de-las-Bodegas - shaharning butun koʻchalaridagi uylar uchun devor va tom sifatida xizmat qilishi bilan tanilgan bazaltli qoyaning yon bagʻrida joylashganligi tufayli turistlarni oʻziga jalb qiladi.

Zamonaviy Setenil-de-las-Bodegas shahri Rondadan shimoliy gʻarb tomon joylashgan Rio Trexoga olib boruvchi yoʻlni nazorat qilgan istehkomli mavritan shahridan paydo boʻlgan. Bu yerda tahminan Almoxadlar hukmronligi davri – 12 asrda qurilgan va hanuzgacha juda yaxshi holatda saqlanib kelgan qalʼani koʻrish mumkin.

Ayrim kishilarbu shahar aynan oʻsha davrda barpo etilgan, deya tahmin qiladi. Lekin keyinchalik bu joylarda aholi koʻchib kelishi ancha oldin boshlanganligi aniqlangan. Masalan, 1 asrda bu yerda rimliklar yashagan. Setenil bir vaqtlari saltanatiga tegishli Lachipo shahrining vorisi deb hisoblanar edi, lekin keyin Lachipo Malagadagi Kasares shahrining oʻtmishdoshi ekanligi isbotlangan.

Setenil-de-las-Bodegasnomi 15 asrda, yangi xristian koʻchmanchilari bu yerda gullab yashnagan zaytun va bodom darahtzorlariga uzumzorlarni ham qoʻshgan paytlarda dastlab tilga olingan. Shu oʻrinda shaharning nomiga De las Bodegas, qoʻshimchasining kelib chiqishi ham maʼlum boʻladi, chunki bu qoʻshimcha “sharobga” oid degan mazmunni anglatadi. Zaytun bilan bodom hozirga qadar gullab-yashnab kelmoqda. Biroq, afsuski uzumzorlar, chamasi 1860-yillarda filloksera hasharoti tufayli nobud boʻlib ketgan.

Turar joy qurilishi 25000 yildan oldinroq boshlangan Rondadan gʻarbdagi Kueyva de la Pileyta (Cueva de la Pileta) kabi yaqin atrofdagi gʻorlardan topilgan maʼlumotlarga koʻra, Setenilya oʻrnida 12 asrdan ancha oldin ovullar mavjud boʻlganligi ehtimoldan holi emas.

Afsuski, shaharning ilk kelib chiqishi oʻgʻrisidagi dalillar bir vaqtlar mavjud boʻlsa ham, bugungi kunda tinmay binolarning qayta qurilishlari tufayli yoʻqolib ketgan.

Bu aholi punktining hozirgi nomlanishi lotin tilidagi “septem nihil” (yetti marta hech narsa) iborasida kelib chiqqan deb hisoblanadi. Shaharni tashkil etish shu yerda yashagan mavritanlar Rekonkistlar tomonidan yetti marta besamar qamalga olinganidan keyin ohirgi yillarda istilo qilingan.
Shahar aholisi 1407 yildan 1484 yilga qadar mudofaalangan. Keyin mavritanlar shahardan haydab yuborilgan. Oʻqdori bilan artileriyadan foydalanib xristianlar shaharni ohirgi qurshov paytida, qalʼani barbod qilib boʻlgandan keyin oʻn besh kun ichida egallagan. Shu qalʼaning vayronalarini bugungi kunda ham koʻrish mumkin.





Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



