Eng shirin: oʻz rang-barang rasmlari bilan butun internetni egallab olgan muzqaymoq muzeyi qanday koʻrinishga ega?




Dunyoda gʻayritabiiy, maxsuslashtirilgan va hatto antiqa muzeylar kam emas. Va ularning qatoriga yanabir muzeyni qoʻshib qoʻyishimiz mumkin: Los-Andjelesdagi muzqaymoq muzeyi. Joy rostdan ham ekzotik. Boshqa muzeylardagidek, bu yerda siz unchalik koʻp maʼlumot oloymaysiz, albatta. Ammo xursandchilik va yaxshi kayfiyatni – birnecha kilogramlab olishingiz aniq.


Muzqaymoq muzeyi oʻz ichida 10 ta turli xil sanʼat-qurilmalarini birlashtirdi. Hammasining umumiy tomoni bor: ular interaktiv, sevimli sovuq shirinlikka bagʻishlangan, va juda yoqimtoy. Butun muzqaymoq yoʻlakchasi boʻylab yurganda esa, tashrif buyurganlarga baʼzi “eksponat” lardan bepul taʼtib koʻrishga ruxsat berilgan. Hayratlanarli emas, hatto amerikaning oʻlchovi bilan ham chipta narxi ancha baland (29 dollar kattalar uchun va 18 dollar bolalar uchun) boʻlishiga qaramasdan, ular butun may oyi uchun bir necha soatda sotib boʻlindi.



Qurilmalar koʻzni xushnud etadi va oshqazonni sabrsizlik bilan kuttirib, hayajonlantiradi. Barcha xonalar yorqin konfet ranglariga boʻyalgan. Bu yerda tramplinda sakrash, ulkan eskimoda oʻtirish, shokoladli yerga qazib qoʻyilgan yalpiz oʻsimliklarini “sugʻorish” va hatto haqiqiy konditer kukuni bilan toʻldirilgan basseynga shoʻngʻish mumkin. Kuratorlarning aytishlaricha, oxirgi obyektga 100 millionga (!) yaqin rang-barang shakar pufaklari sarf qilingan. Hayratlanarli emaski,muzey allaqachon, qirgʻoq boʻyi yoki mashhur Hollywood yozuvi qatorida, “Instagramga rasm tushish uchun asosiy joy” deb atalgan.


Kuratorlarning aytishlaricha, muzqaymoq muzeyining asosiy vazifasi – kayfiyatni koʻtarish va zerikishdan qutulish. Va muzey bu ishni yaxshi bajaryapti. Axir bu kabi shirin va yoqrin joyda oʻksik yura olishning umuman iloji yoʻq.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



