Foydali

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Unga qoʻshilishning eng yoqimli, foydali va taʼsirchan usullardan biri doimo raqs boʻlib kelgan va shunday boʻlib qolmoqda ham!

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Yoʻnalishi va ixtisoslashuvidan qatʼiy nazar barcharaqslar bu organizm uchun mislsiz foyda, uning qobilyatlarini kengaytiruvchi, rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi hamda immunitetga ijobiy taʼsir etuvchi muhim koʻmakdir. 

Doimiy mashqlar barcha tizimlar va organlarni ishga solib ularning ishiga juda katta samara bahsh etadi. Ular qon aylanishini yaxshilaydi, mushaklar bilan toʻqimalarda turgʻunlik vujudga kelishiga qarshilik qiladi, muvofiq va raso qomatni shakllantirish imkonini yaratib beradi. Raqs bilan shugʻullangan paytda shugʻullanuvchilar oʻz badanining mushak tizimini rivojlantiradi, egiluvchanlik va qayishqoqlikni oshiradi, nazokat va jilvakorlikka oʻrganadilar.

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Raqslar bilan shugʻullanish umumiy tarzda yurak-qontomir tizimini mustahkamlab oʻpkalarning foydali hajmini kattalashtiradi vanafas olishni muvofiqlashtirishga, nafas qisishni batamom yoʻqotishga yordam beradi hamda oʻpkalarni kislorod bilan taʼminlanishini yaxshilaydi. Raqs mashgʻulotlari tana koordinatsiyasini salmoqli darajada rivojlantiradi, uniyanada aniqroq boshqarishni oʻrgatadi, aʼlo darajadagi choʻziluvchanlikka erishtira oladi.

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Bu esa oʻz navbatida keyingi mashgʻulotlar paytida shikastlanishlarning oldini oladi. Boʻgʻinlar qanchalik elastik boʻlsa payni choʻzib yoki biror joyni sindirib olish ehtimoli shunchalik pasayib boradi,axir. Urgʻu tananing alohida qismlariga yoʻnaltiriladigan ayrim raqs turlari bir qator kasalliklarning davolanishi va profilaktikasini qoʻllab quvvatlaydi. Masalan, faqat ayollarga oid boʻlgan raqslar gavdaning pastki qismlarida qon aylanish tizimini muvofiqlashtirish va unga salbiy taʼsir koʻrsatishga moʻljallangan.

Ginekologlar “bellydance” (qorin raqsi) kabi raqs bilan shugʻullanishni har bir yosh ayolga maslahat beradilar, chunki, ularning fikrlaricha, bu bepushtlikdan hamda faqat ayollarda uchraydigan boshqa koʻp kasalliklardan qutulishning eng yaxshi vositasi ekan. 

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Sport raqslari ham kichik tos organlariga yaxshi taʼsir koʻrsatadi, ammo bunga qoʻshimcha ravishda qorin va orqa mushaklarni mustahkamlaydi, sarvqomatlikka erishishga koʻmaklashadi va yassi oyoqlikni oldini oladi.

 

Xip-xop,akrobatik rok-n-roll va bir qator boshqa oʻta faol raqslarning ham oʻziga yarasha koʻp yaxshi fazilatlari bor. Masalan, ular vestibulyar apparatga va jismoniy harakatlarni boshqarishga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Tez va shiddatli harakatlar tufayli oyoqlarning mushaklari va paylari chaqqonlashadi, bu esa yurak va nafasolish organlarining ishini yaxshilaydi.

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Istisnosiz hamma raqslar muskullarni mustahkamlash, gavdani rostlab olish, uni tetik holatga keltirish va bejirim qad-qomatga erishish imkoni sayin sizni tobora yaqinlashtiradi. Juda koʻpchilik kasalliklarning sababi boʻlgan ortiqcha vazn ham tinmay shugʻullaniladigan mashq orqali yoʻqotiladi. Ortiqcha ogʻirlikka ega boʻlmagan ammo juda tez semirish ehtimoli yuqori odamlar uchun raqslar bilan shugʻullanish eng moʻtadil vaznni ushlab turish va semirib ketishni oldini olishdir. Ayniqsa, bodi-balet va zumba kabi yoʻnalishlar juda samarador. Aerob va jismoniy kuchlanishni uygʻushtiradigan mashgʻulotlar yordamida tanadagi ortiqcha yogʻ yoʻqotib yuboriladi, mushaklar tizimi bilan paychalar mustahkamlanadi.

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Mashgʻulotlar paytida raqs bilan havaskorlar toʻgʻri harakatlanish madaniyati hamda chiroyli qadam tashlashni oʻrganib, oʻz badanining jismoniy tarbiyasi bilan shugʻullanadilar.Tez orada natija shuni koʻrsatadiki, inson xatto beihtiyor harakatlanayotganida ham ongsiz ravishdagi harakatlar aniq, bir maromda va tekkis boʻlib qoladi.

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Jismoniy sogʻlomlikdan tashqari hamma raqslar ruhiy sogʻlomlikka ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi: ular qonga serotonin moddasining ajrab chiqilishini qoʻzgʻaydi, bu esa, maʼlumki baht gormoni. Raqs bilan shugʻullanadigan odamlar stresslarning halokatli taʼsiriga kamroq duchor boʻladi. Ular boshqalarga nisbatan ancha yorqinroq va hursandroq fikrlaydi. 

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Doimiy mashgʻulotlar, shuningdek, ularning natijasi boʻlgan erishishlar va muvaffaqiyatlar, insonning oʻziga nisbatan hurmatini oshiradi,shu bilan kayfiyatini koʻtarib organizmning umumiy holatini ancha yaxshilaydi. Raqslar dunyoga boshqacha koʻz bilan qarashga, mayda muammolar va muvaffaqiyatsizliklarga eʼtibor bermasdan pozitiv fikrlashga undaydi.

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Raqs mashgʻulotlari –bu oʻz organizmini hartomonlama rivojlantirib, kasalliklarni oldini olgan holda kayfiyatni koʻtarishbilan sogʻlom turmush tarzini olib borishning aʼlo usuli. 

Raqs –sogʻlom turmush tarzi

Ancha sogʻlomroq, bahtliroq, goʻzal va muvaffaqiyatli boʻlish juda oddiy – yalqovlikni yengib doimo serharakat boʻling, raqslarni mashq qilishni kanda qilmang. Shunda natija oʻzini uzoq kuttirmaydi, mustahkam salomatlik esa sizning doimiy hamrohingiz boʻlib qoladi!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar