Qiziqarli

Dunyoning noodatiy 7 ofisi

Dunyoning noodatiy 7 ofisi

Koʻpgina odamlar ish vaqtining asosiy qismini ofislarda oʻtkazadilar. Baʼzan ularning ish joylari kichkinagina diqqinafas xonalardan iborat. Biroq oxirgi yillarda rahbarlar xodimlarida ish unumdorligini oshirish maqsadida hamma sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqdalar. Quyida ijod qilishga undovchi noodatiy ofislarning eng yaxshi misollari keltirilgan.

1.Tabiat qoʻynidagi ofis

Dunyoning noodatiy 7 ofisi

Selgascano kompaniyasining arxitektorlari yoqimli va foydali narsalarni uygʻunlashtirib, oʻzlari uchun ofisni oʻrmonda joylashtirdilar. Endilikda ularning boshlari uzra devor emas, tabiat mujassam.

2.“Open Space” loyihali ofis

Dunyoning noodatiy 7 ofisi

Bu ofisning katta qismi “Open Space” rusumida bajarilgan. Barcha xodimlarning bir xonada ishlashi Dropbox kompaniyasi ishchilarining jamoaviy ruhini koʻtaradi. Osilib turuvchi matoli lentali original interyer faol muloqot chogʻidagi baland ovozlarni bosadi.

4.Google kompaniyasining ofislari

Dunyoning noodatiy 7 ofisi

Google kompaniyasida birorta standart ofisning oʻzi yoʻq. Eng kreativ va talantli xodimlarni jalb qilish uchun rahbarlar ular uchun ijodiy muhitni yaratishga harakat qiladilar.

5.Ijodga undovchi ofis

Dunyoning noodatiy 7 ofisi

Airbnb kompaniyasi ruhiyatiga mos tushuvchi ofis qurish uchun arxitektorlar 4 oy mobaynida kompaniya xodimlari yonida boʻlib, ularni oʻrgandilar. Ular shunday makon yaratdilarki, ishchilarning oʻzlari qachon va qayerda ishlash kerakligini tanlaydilar. Turfa ranglar, xilma-xil mebellar, koʻp joy – bularning hammasi xodimlarning kreativ va samarali mehnatini taʼminlaydi.

6.Futurik yer osti ofisi

Dunyoning noodatiy 7 ofisi

Shvetsiyaning Bahnhof Office kompaniyasining ofisi Sovuq urush davridagi sobiq bombapanoh oʻrniga qurilgan. Binoning tabiiy granit devorlari noodatiy mebel bilan birgalikda futurik ekzotika tasavvurini uygʻotadi.

7.Konteynerlardagi ofislar

Dunyoning noodatiy 7 ofisi

Clive Wilkinson Architects kompaniyasi funktsional loyihani taqdim etdi. Arxitektorlar dengiz konteynerlarida ofis binolarini yaratdilar. Xonalarni yoritish uchun lyuminestsent lampalardan foydalaniladi, konditsionerlar esa ishchilar koʻproq vaqtlarini oʻtkazadigan joylarga oʻrnatilgan.

Dunyoning noodatiy 7 ofisi
Dunyoning noodatiy 7 ofisi
Dunyoning noodatiy 7 ofisi
Dunyoning noodatiy 7 ofisi
Dunyoning noodatiy 7 ofisi
Dunyoning noodatiy 7 ofisi
Dunyoning noodatiy 7 ofisi
Dunyoning noodatiy 7 ofisi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar