Qiziqarli

Kichkina qizaloq boshpanasizlar uchun sabzavot va mevalarni oʻstirmoqda

Kichkina qizaloq boshpanasizlar uchun sabzavot va mevalarni oʻstirmoqda

Bremertonlik (Vashington shtati) Xeyli Fort atigi oʻn yoshda, biroq u bu dunyoda yaxshi va foydali ishlarni, baʼzi kattalardan koʻra koʻproq qilishga ulgirgan. Xayli bewsh yoshlik vaqtida u koʻchada boshpanasiz odamni koʻrib qolgan va u qanday boʻlsa ham yordam berishi uchun nima qila olishini soʻradi.

Kichkina qizaloq boshpanasizlar uchun sabzavot va mevalarni oʻstirmoqda

ʼz onasi Mirandaning yordami bilan u tomorqani qulay qilib jihozladi va u yerda sabzavor va mevalarni etishtira boshladi. U oʻziga 27 kilogramm oziq ovqat maxsulotlarini etishtirib, ularni uysizlarga tarqatib chiqishni maqsad qilib qoʻygan edi. Siz nima uchun bu qizaloq aynan shu raqamni tanlaganligiga qiziqsangiz kerak? Xammasi juda oddiy, oʻsha vaqtda qizaloqning vazni aynan shunday boʻlgan edi.

Yilning oxirida u oʻz rejasini koʻp marotaba orttirib bajardi: qizaloq 64 kg sabzi, fasol, paprika, pomidor, bodring, qovun, mevalarni yordam tariqasida tarqatgan edi. U oʻzining onson boʻlmagan loyihasi ustida ishlashni davom ettirmoqda va doimiy ravishda uni mukammallashtirib bormoqda: 2015 yili kichik qaxramon qizcha oʻz qoʻllari bilan oʻstirgan 125 kg oziq ovqat maxsulotlarini tarqata oligan.

Kichkina qizaloq boshpanasizlar uchun sabzavot va mevalarni oʻstirmoqda

Xozirgi vaqtda Xeyli oʻz mensinatlik faoliyatini kengaytirmoqda. U tomorqada ishlayotganidan tashqari, qizaloq hayriya sahifalar ham ochib, u yerda gigiena vositalari va issiq kiyimlar sotib olish uchun mablagʻlar yigʻmoqda.

Kichkina qizaloq boshpanasizlar uchun sabzavot va mevalarni oʻstirmoqda

Qoʻshimcha tariqasida u oʻzining nozik qoʻllari bilan kichik yotoq uychalar yasab, ularni uysiz odamlar sovuq yoki yogʻingarchilikli ob havoda kechani oʻtkazib olishlari uchun ularga boshpana sifatida taqdim etmoqda. Kichik qaxramon qizaloq oʻz mahoratini shu qadar mukamallashtirdiki, juda qisqa vaqt ichida rangli uychalarni barpo etib bermoqda va ularning 12 tasi xozirda ekspluatasiyaga topshirilgan.

Kichkina qizaloq boshpanasizlar uchun sabzavot va mevalarni oʻstirmoqda

Xeylining otasi kichik qiz uchun juda antiqa boʻlgan qiziqishlardan xech ham hayratda emas. “Bu narsa meni xech ham xayron qoldirmayda. Men qizim erishgan natijalari bilan juda faxrlanaman va uning bu ishdagi kelajakdagi yutuqlari faxr va iftihorga loyiq boladi deb bilaman. Man, biz ota-onalari, oʻz farzandimizning hayriya va boshpanasizlarga yordam bilan bogʻliq hamma gʻoyalarini qoʻllab quvvatlashga qoʻlimizdan kelgan barcha narsa qilishimizga ishonaman”. 

Kichkina qizaloq boshpanasizlar uchun sabzavot va mevalarni oʻstirmoqda

Qangay goʻzal qizaloq bizning oramizda yashamoqda ekan? Agarda u oʻzining kichik yoshida shu qadar ziyrak, masʼuliyatli va koʻngilchan boʻlsa, katta boʻlganida qanday boʻlar ekan?

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar