Yananning loy paxsa gʻishtlardan qurilgan osmonoʻpar binoli qadimiy shaxarlari

Yamanda qurgʻoqchilikli yerlari daryoli vodiylar bilan oʻrin almashib kelib, ular boʻylarda shahar va qishloqlar qad koʻtargandir. Bu daryo vodiylarini "vadi" deb ataydilar.

Vadi-Xadramaut va Vadi-Davan - shunday ikki vodiylardan boʻlib, Yamanning markaziy va sharqiy qismlarida joylashgan.

Bu daryo vodiylari boʻylab joylashgan shahar va qishloqlarning hususiyati - u ularning binolarini unikal arxitekturasidadir. Bu yogʻoch polli va loy paxsa gʻishtlardan qilingan devorli koʻp qavatli uylardir.

Hamma binolar bir biriga juda zich "qadoqlangan". Ular asosan juda katta qoya toshlarda va platolarda qurilgan. Har gal yomgʻir yoqqanda yoki suv toshqini yuz berganida binolar "xoldan toyadi" va doimiy taʼmirni talab etadi.

Shibam shahri oʻzining osmonoʻpar koʻp qavatli binolari sababli "Sahro Manxetteni" deb ataladi. Ular atrofdagi platolarda juda antiqa koʻrinadilar.

Shahar atrofi loyli aylana devor bilan oʻralgan boʻlib, uning binolarini "dunyodagi eng qadimiy osmonoʻpar koʻp qavatli binolar" deb atashadi. Chunki, ular vertikal qurishni ishlatib, shaharni rejalashtirishdagi eng yaxshi misollardan hisoblanadi. 1982 yili Shibam YUNESKO ning Jahon merosi obʼekti statusini oldi.

Shibam Vadi-Xadramaut vodiysidagi eng mashxur shahar boʻlib, 5qavatdan to 11qavatgacha boʻlgan 500 ta loy paxsadan qurilgan koʻp qavatli binolari bor boʻlgan, ming kishini tashkil etuvchi aholiga ega.

Binolarning pastki qavatlarida odatda don saqlanadi. Ikkinchi qavatdagi xonalar erkaklar tomonidan muloqot qilish maqsadida foydalaniladi. Yuqori qavatlar ayollar uchun ajratilgan, hamda oilaviy foydalanish uchun moʻjallangan boʻlib, baʼzan esa, qavatlar oʻrtasida koʻpriklar oʻrnatiladi. Koʻpriklar binolar orasida bogʻlovchi vazifasini bajarib, asosan qariyalar uchun qulaylik yaratish maqsadida oʻrnatiladi.
Shahar eramizdan avvalgi 3 chi asrda asoslangan edi. U davrdagi binolarning koʻpchiligi 16 asrda yuz bergan suv toshqini mobaynida buzilib ketgan boʻlsada, ularning baʼzilari hali ham qad tutib turibdilar.

Masalan, Juma masjidi 904 yili qirilgan. Yomgʻirlar va eroziya tufayli binolar yuz yullar davomida bir qancha marotaba qaytadan qurilgan. Ularni himoyalash maqsadida germetik bilan qoplaganlar. Shibam - bu avtonom shahar boʻlib, oʻquv binolari, savdo va maʼmuriy binolar va etti masjidlarga egadir. U bir qancha marotabaXadramaut mintaqasining poytaxti funksiyalarini ham bajarib turgan. Bu hattoki 1940 yilgaga davom etib kegan. Soʻng, Sayvun nomli qoʻshni shaharda aeroport qurilib, barcha biznes oʻsha yerga koʻchib oʻtdi.
Vadi-Divan Vadi-Xadramautning irmogʻi boʻlib, u ham oʻzining goʻzal arxitektirasi bilan maqtana oladi.

Vadi-Davan vodiysisida bir necha hushmanzara manzilgohlar mavjud: Al-Mashad, Al-Xadjara, Al-Xurayba va Xaylla. Al-Mashadda 15 asrning Xasan ibn Xasanining maqbarasi joylashgan va qishloqning oʻzi juda kam aholili boʻlishiga qaramay, bu mahalliy ziyorat markazidir. Vadi-Divan vodiysi arxitekturasida loy paxsali pishmagan gʻishtdan tashqari sement ham qoʻllanilgan boʻlib, u binolarni mustaxkamroq va chidamliroq qilgan.
Bu juda qadimiy joylarfan biri boʻlishiga qaramay, loy paxsadan qurilgan binolar asta sekinlik bilan na biznesni, na investorlarni jalb qilmay, tanazzulga yuz tutmiqda.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



