Titanik xoinlari

Titanik xoinlari: insoniyatga boʻlgan ishonchingizni yoʻqotadigan ekipaj aʼzolarining eng qabih ishlari.

“Titanik” halokati – butun dunyoni larzaga solgan hodisadir. Musibat minglab hayotlarni olib ketdi, tirik qolganlarda esa xotira yukini qoldirdi. Bazi passajirlar boshqalarga yordam berish maqsadida kemada qolgan, bazilari esa, oʻz hayotlarini saqlab qolish uchun qabih ishlarga qoʻl urgan. U daxshatli kechada Atlantikaning muzli suvlari insoniyat hissiyotlarining guvohi boʻlgan – jasorat va qahramonlik, shu bilan birga qoʻrqoqlik va qabihlik.
Bryus Ismey, biznesmen, “Titanik” tegishli boʻlgan poroxod kompaniyasi, “Uayt Star Layn” boshi (oʻngda – Jonatan Xayd Ismey rolida, “Titanik” filmi)

Ismeyni, ayollar va bolalarga joy bermasdan qutqaruv shlupkasiga oʻtirganida ayblashadi. Shu bilan birga, pressa musibatli kechada aynan u kapitanga tezlikni oshirish buyrugʻini berganlikda shubha qiladi. Ismey instruksiyasiga binoan shlyupkalar soni qisqartirilgan – mavjud 20 ta oʻrniga “Titanik”da 48 ta shlyupka sigʻgan boʻlar edi. Omon qolganlarni qutqaruv kemasiga chiqarib olishganida, Ismey oʻziga alohida kayuta talab qilgan va koʻp vaqt davomida opium taʼsirida boʻlgan.Ismeyni “Titanikning asosiy qoʻrqogʻi” deb atashgan.
Deniel Bakli ayol qiyofasiga kirib olgan

Bir necha erkaklar bilan birga Bakli qutqaruv shlupkasiga sakragan. Lekin vaqtida yetib kelgan ofitserlar qayiqdan chiqishini va ayollar bilan bolalarni oʻtqazib yuborishni talab qilgan. Bunga Deniel yigʻlab passajirlar orasiga tiqilgan. Uning soʻzlariga qaraganda, pasajirlardan bir ayolning unga rahmi kelib, oʻz ro'molini unga bergan. Sakragan erkaklarning koʻpi qaytib chiqqan, baʼzilarini esa ofitserlar otib tashlagan, lekin Bakliga hech kim eʼtibor bermagan – uni ayol deb oʻylashgan.
Shlyupkalarga osilgan choʻkayotgan pasajirlarni eshkaklar bilan urishgan

Choʻkayotgan minglab odamlarning qichqirayotganini eshitib, shlyupkada omon qolgan odamlar xudoga shukronalar aytishgan. 20 ta qutqaruv shlyupkasi 1178 ta odamni sigʻdira olardi, bu “Titanik” passajirlarining uchdan bir qismiga teng, lekin shluyupkalarning koʻpi yarim boʻsh joʻnagan. Ekipaj aʼzolari shlyupkalar qaytishini soʻragan, lekin unga chiqib olgan odamlar, oʻgirlik koʻpayib ketishidan qoʻrqib qarshilik koʻrsatgan. Musibat jabrlanuvchilari eng yaqin shlyupkalarga osila boshlagan, biroq baʼzi passajirlar ularni uzun eshkaklar bilan urib tushurishgan.
Robert Xichens

Xichens ekipaj aʼzolaridan biri boʻlib, qutqaruv shkyupkalaridan birining kuzatuvchisi boʻlgan. Shlyupka pasajirlari kema choʻkib ketgandan soʻng, yoniga borib tirik qolganlarni qutqarishga qaror qilgan, lekin Xichens bunga qatʼiy rad javob berib, choʻkayotganlarni “tayyor murdalar” degan. Bu shlyupkada mashxur “choʻkmas” Molli Braun boʻlgan, va u Xichensni qaytishga koʻndirgan.
Birgina shlyupka choʻkayotganlarni qutqarish uchun qaytib kelgan

Shlyupka musibat joyiga qaytib kelganida, kema qoldiqlari orasida koʻplab jonsiz tanalar yotardi, ofitserlar yana bir necha odamni qutqarishga muvafaq boʻlishgan.
Mister Karter ayoli va bolalarini choʻkayotgan kemada qoldirib ketgan

1912 yilda Karter xotini va bolalari bilan Yevropa sayohatidan “Titanik”da qaytayotgan edi. Halokat kechasida mister Karter Bryus Ismey orqasidan shlyupkaga sakragan. Halokatdan soʻng Karterlar ajrashib ketishgan, missis Karterning soʻzlariga qaraganda: eri uni va bolalarini tashlab, shlyupkaga oʻtirb olgan va suzib ketgan. Keyinchalik ular qutqaruv kemasi bortida koʻrishishgan. Mister Karter hech narsa boʻlmaganday nonushda haqida gapira boshlagan.
Masabumi Xosono shlyupkaga berkinib tushib olgan

Oxirgi shlyupka joʻnatilayotgan payta, ofitserning “ikkita boʻsh joy” degan gapini eshitib, Xosono oʻzini yoqotib qoʻymadi. U shlyupkaga bir erkak sakraganini koʻrib, orqasidan qaytardi. Xosono Yaponiyaning transport vazirligida ishlardi va Rossiyaga vazifa bilan joʻnatilgan edi. Qaytishda esa “Titanik” bortiga chiqdi. Amerikada yomon nom orttirdi. Yaponiyaga qaytganida uni qoʻrqoq deb tan olib, ishdan boʻshatishdi. Uni xattoki yapon darsliklarida ham axloqsiz odam sifatidagi illyustatsiyalarini koʻrishingiz mumkin.
Tirik qolganlarning baʼzilari oʻz jonlariga qasd qilishdi

Vashington Jorjni korrupsiyada shubha qilishayotgan edi, 1919 yil u oʻzining boshiga oʻq ochdi. Genri Uilliyam Frauental (suratdagi) halokat kechasida, shlyupkaga sakrab, pasajirlardan birining qovurgʻasini sindirgan. 1927 yil yettinchi qavatdan sakrab, oʻz joniga qasd qilgan. Mister Niskanen, uchinchi klassning omon qolgan pasajirlaridan biri, halokatdan bir necha vaqt oʻtib, Kaliforniyaga oltin izlash uchun yoʻl olgan. Lekin omadi kelmadi, keyinchalik u oʻz uyini yoqib yuborib, joniga qasd qilgan.
Ser Kosmo qutqauv shlyupkasi eshkakchilarini sotib olgan

Ekipajning yetti aʼzosi va bir necha pasajirlari bilan, Ser Kosmo Daff Gordon va uning ayoli – umumiy 12 kishi, 40 kishiga moʻljallangan qutqaruv shlyupkasida suzib ketgan. Aytishlaricha, Kosmo har bir ekipaj aʼzosiga, tezkor qutqaruv uchun 5 funt sterlingdan toʻlagan.
Baʼzilar kuchuklarni qutqargan

“Titanik” bortida nafaqat odamlar, balki uy hayvonlari ham bor edi. Hayvonlarning koʻplari nobud boʻldi, lekin bazilari “moʻjiza” bilan tirik qolishgan, shu jumladan ikki shpits va pekines. Ayollar oʻz kuchuklarini kiyim yoki paltolariga oʻrab, qutqaruv shlyupkalariga bildirmay olib oʻtganlar.
Edvard Rayan

Edvard Rayan oʻz hayotini ayol qiyofasiga kirib olib qutqarib qolgan. U boshiga sochiq oʻrab olib, yuzini berkitib, ofitserlar yonidan oʻtib ketgan. Sochiq tufayli, uni ayol deb oʻylashgan. U palubada turgan qizni ushlab qolib, deyarli suvga tushishga ulgurgan shlyupkaga sakrab olgan.
Ekipajning baʼzi aʼzolari egoizmning yuqori choʻqqisini koʻrsatishdi

Oʻzining hayotini har qanday yoʻl bilan qutqarishga nafaqat pasajirlar balki ekipaj aʼzolari ham harakat qilgan. Masalan, oshxona ishchisi Ritz Pol Maudj joʻnayotgan shlyupkaga sakrab tushib olgan, keyin ekipaj aʼzosi uni shlyupkadan samarasiz chiqarib olishga uringan. Shu tunda kemaning oʻt oʻchiruvchisi radist Xerol Braydning qutqaruv jiletini oʻgʻirlashga harakat qilgan.
Amerikalik biznesmen Dikinson Bishop shlyupkaga “tasodifan yiqilib tushgan”

“Titanik”da Bishop oʻz xotini bilan toʻy sayohatidan qaytayotgan edi. Halokat kechasida ayolini qutqaruv shlyupkasiga chiqarishgan, lekin u ham “sirli” yoʻl bilan omon qolgan. Biznesmenning soʻzlariga qaraganda, palubada uni bort tashqarisiga itarib yuborishgan va u “tasodifan” pastga tushirilayotgan shlyupkaga tushib qolgan. Rostdan ham, baxtli tasodif.
Musibat tunida birinchi boʻlib “katta kishilar” vahimaga tushgan

Mayor Artur Godfri Poshan, kanadalik biznesmen

Halokat kechasida Poshan qutqaruv shlyupkasida tasodifiy vaziyat taqozosi bilan paydo boʻlib qolgan. Shlyupka komandirlardan biriga yordam kerak boʻlgan, Poshan oʻzini yaxta boshqaruvchisi deb tanishtirgan va unga bortga ruxsat berishgan. Bu kishini tezkor qutqaruv uchun oʻzini yaxtachi qilib koʻrsatgani uchun, keyinchalik amerika gazetalarida uni “qoʻrqoq egoist” deb atashgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



