Qiziqarli

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

Har yili National Geographic jurnali yilning eng yaxshi trevel-fotograf tanlovini oʻtqazadi. Butun dunyodan fotograflar oʻzlarining aql bovar qilmas ishlarini nashriyotga yuboradilar. Hakamlar ilhomlantiradigan va joylaning tarixini soʻzlab bera oladigan suratlarni tanlashadi.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Ledi Gavana”. Loren Bridlav: Kubaga qilgan yaqin sayohatimda, Eski Gavanada aylanib yurgan edim va koʻchada koʻzim mana bu oʻziga ishongan ayolga tushib qoldi. Undagi nimadir meni jalb qildi: uning koʻzlari xuddi millionlab hikoyalarni asrayotgandek edi. Yonimda naqd pul yoʻq edi, shuning uchun doʻstimdan qarzga pul olib, kubalik ayol yoniga uni suratga olishni soʻrab bordim. U menga hop dedi va xuddi direktorlar kursisida oʻtirganday oʻzini koʻrsata boshladi – sigara bilan va shunga oʻxshash holatlar.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Nagasakidagi yana bir yomgʻirli kun, Kyusyu oroli”. Xiro Kurisana: Bu shahar tramvayi ichidan koʻrinadigan Nagasakining asosiy koʻchasi manzarasi. Tramvay juda eski va nozamonaviy – toʻgʻri, shunga qaramay chipta sotish moslamasi bilan modernizatsiya qilingan. Bortda boshqa konduktor yoʻq – faqat xaydovchi. Nagasakida tez-tez yomgʻir yogʻadi, bir necha oʻn yilliklar ilgari bunga xatto qoʻshiq bagʻishlangan.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Tokiodagi mashxur uchrashuvlar joyi”. Xiro Kurasina: ikki ayol va ikki erkak, allaqachon ishlamaydigan poyezd yonida kimnidir kutib turishibdi – oldin bu poyezd shahar chekkasidagi va boshqa minglab kishilarni Iokagamedagi Sibuya va Sakuragicho stansiyalari orasida tashir edi. Endi bu poyezd Sibuya bekatidan uncha uzoq boʻlmagan joyga qoʻyilgan va turistlar uchun axborot xizmat markazi sifatida ishlab turibti. Uning yonida koʻpchilik doʻstlariga, sevganlariga uchrashuv belgilaydi. Rasmdagi odamlarning yuz va tana holati ularda empatiya bilan muammolar borligini koʻrsatadi.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Chiptasizlar”. Mauro de Bettio: Taj va Akashonasi bilan har kuni bir stansiyadan boshqa stansiyaga tilanchilik qilish uchunborishadi. “Ulagichda” yani vagondan tashqarida yurish, bu Bangladesh aholisi uchun harakatlanishning oddiy turi, ammo bu albatta xavfli va noqonuniy. Shunday holatlar ham boʻlganki, ulagichda yurganlarni tok urgan, ular qoʻl va oyoqlarini yoʻqotishgan, yoʻlda yiqilib tushishgan yoki tunellarda uchib ketishgan. Lekin bu chiptasiz pasajirlarni toʻxtatib qolmaydi: har kuni odamlar bambuk yogʻochli politsiyachilardan qochib harakatlanayotgan poyezdlarga sakraydi.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Tibetlik jonning tabassumi”. Mattia Passarini: Bu monax kunduzgi namozdan soʻng oʻz xonasiga shoshayotgan edi. Men uning orqasidan yaxshi surat olish uchun yugurdim , lekin u yuzini berkitishni va yugurishni davom etdi. Men uni xitoychada chaqirdim: “Pai yi zhang ba (bittagina surat)!” U ortga qaradi va kulishni boshladi. Surat Tibetdagi Tashilunpo monastirida olingan.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Mixo portreti”, Akiomi Kuroda.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Slem-dank” (tepadan tashlash). Brendon Kasher: Basketbolchi savatga koptokni tashlash uchun juda balandga sakrayapti.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Ramazonda namoz oʻqiyotganlar” Pradip Radja: Janubiy-sharqiy Osiyodagi eng kotta machit – Djakarta Istiqlol machitida namoz oʻqiyotgan ayollar.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Retrosayohat”. Lorreyn Ip: 1950 yil ishlab chiqarilgan, spidometri ishlamaydigan “shevrole” da Kuba boʻylab sayohat. Biz oʻzining baland-past yoʻllari bilan mashxur Kamaguey shahridan oʻtdik. Klassik shevrolening moslamalar paneli ustidagi gavayaning xula raqsini tushayotgan zamonaviy qizning shakli va sariq taxibelgisi, sayohatga xuddi vaqt boʻylab sayohat qilayotgandek his beradi. Bular hammasi qadimiy, lekin unutilmagan Kuba shahrining fonida.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Toʻlqin bilan kurash”. Jerom Gens: Niger daryosida toʻlqin bilan kurashib arqon oʻynayotgan bola.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Qarilik va yoshlik”. Xua Ju: Bu surat Uyuandagi kichiq bir xitoy qishlogʻida olingan. Katta shaharlarda qishloq aholisining 250 millionga yaqini yashaydi. Koʻpchilik yoshlar shaharlarda pul topadi, ota-onasi va bolalarini qishloqlarida qoldirishadi.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Avlodlar oʻrtasidagi koʻprik”. Jobit Jorj: Ota va oʻgʻil milliy kiyimda, machit yonida, Roʻza bayramini nishonlamoqda. Nyu Dehli, Hindiston.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Muqaddas choʻmilish” Yogesh Gupta: Yamun daryosi Dehlidan oʻtar joyi eng loyqa hisoblanadi. Bu mamlakatdagi Gangadan keyingi oʻrinda turuvchi muqaddas daryodir. Yamun suviga choʻmilish hindlar uchun diniy marosimdir. Qishda bu yerga sharqiy sibir chaykalari uchib keladi. Bir necha oylar davomida ular bu joyga koʻrk bagʻishlaydi. Suratda mahalliy aholi har kungi muqaddas Yamun daryosida choʻmilishni bajarmoqda.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

"Keling yana bir marta Xoliga tushamiz”. Migel Salas: Ota oʻgʻillari bilan uydan chiqmoqchi va Xoli bayramini nishonlashga qaytib kelmoqchi. Barsana. Hindiston.

National Geographic fotokonkurs: Odamlar

“Toʻrt soniyadan soʻng”. Diana Sta Ana: Hindistondagi gavjum Jaypura koʻchasida olingan.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar