Qiziqarli

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

1973 yilda Rikardo Bofill Barselonada tashlandiq sement zavodini topib olgan. Oʻttizta minoralar yer osti yoʻlakchalar va katta mashinalar zali bari boʻlib 1000 kvadrat metrga ega, u oʻziga tegishli boʻlgan Taller de Arcuitectura byurosini oʻz ofis va idorasiga aylantirdi.

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

Beton - Rikardo Bofillning  sevimli materiallaridan biri. Shuning uchun u bu tashlandiq sement zavodida oʻzining kelajagidagi uy va ofisini tassavur qildi.

Uning proekti barcha jurnallarda maqolandi, lekin Bofillning tanishlari hamon ishonmas edilar, ular: naxotki Frints Langaning zulmatga burkangan futuristik "Metropolisini" eslatuvchi bu sanoat maydonini kimdir uy deb qabul qilsa!?

"Fabrika" - bu sehirli joy, - deya javob berdi Bofill, - shunchaki uning gʻalati atmosferasi sababli baholash qiyin.

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

Qoʻpol beton devorlar, atriumlar, osma bogʻlar va tor qafasli zinalar zamonaviy arxitektura ishlari uchun juda mos keldi. Sakkizta minoralarda Bofill katta "Sobor" nomli arkalardan koʻrinib turadigan laboratoriya maketi, ustaxona, hujjatxona, kutubxona va katta koʻrgazmaxona qurdi. Mana shu hashamatli devorlarda u dunyoga arxitektura gʻoyalarini uqtirar edi. Lekin bu beton qasrni uy deb atash qiyinroq boʻldi.

"Sobor" - bu hashamatli uch qavatli uy bilan baravar boʻlgan xona. Bu xona uchun Marta uy jixozlari uchun gʻilof va mayin oq matodan tikilgan pardalar tayyorladi.

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

90ci yillarda Marta de Billalonga Bofillning hotini, Nyu-Yorkdagi ishini tashlab Taller de Arquitecturaga koʻchib kelganida zavodni shinam uyga oʻzgartira boshladi.

Har bir soʻz yoki qadamdan baland ovozda ask sado chiqaradigan qoʻpolbeton minorada har bir ayol ham yashashga rozi boʻlmas edi. Lekin Marta professional dizayner boʻlgani uchun unga bunday gʻayri odfiy joyda ishlash juda qiziqarli boʻldi. " Men bu zavodning atmosferasini yanada iligʻroq va shinam qilishni hohladim" - dedi Marta.

Oʻttizta oʻzgargan minoralardan Bofill sakkiztasini qoldirdi.  Uydan ishgacha hovlida yasalgan yoʻlakchadan bir necha qadam.

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

"Soborni" koʻrgan Marta qaror qildi: " hech qanday gilam, suratlar va naqshlarsiz boʻladi, chunki ular bu uzun fabrika interyeri bilan umuman mos kelmaydi!".  balandlikdan pastgacha tushib turafdigan oppoq matodan pardalar osdi, xuddi shu matolardan divan, yostiq va yumshoq stullar uchun gʻilof tikdi. Hatto baland ovozlarni tindirib, qʼpol beton fakturasiga mos keldi. Devordagi ikki manqalni Bofill oʻz dizayni boʻyicha qilgan.

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

Minoralarning birida jakuzili fitnes-zal va gidrouqalagich kabinalari qurildi. Qolgan honalarga esa Marta oʻz dizayni boʻyicha mato, Iidish-tavoqlar va chiroqlarni oʻrnatdi. Mehmonlar uchun ajratilgan yotoqxona va hammom minoralardagi barcha xonalarda dumaloq shaklida.

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

Mehmon Taller de Arquitectura tan oldiki, Marta de Villalonga zavodni juda ham zamonaviy va shinam uyga aylantirdi. Bofill ham juda mamnum edi. " Menga juda yoqdi, chiroyli va shinam uy ciqdi. Mazkur joylashma mening oldingi koʻchmanchilik qilib yurgan hayotim mutloq qarama-qarshi. Bundan tashqari katta boʻshliq qolgan joylarni tartib-intizom egallab turibdi. " - dedi u.

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

90ci yillarning boshida, minoralaralarning birlarida daraxt va oynalardan qurilgan fitnes-zal.

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

Oshxona. Marta de Villalonga tomonidan loyiha boʻyicha tuzilgan servant

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

Hovlilarning birida yogʻoch minbardlardan qurilgan ochiq terassa. Bu yerda, uy xoʻjayinlari ertlabgi qahvani ichishadi.

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

Bofill koʻproq joy ochish uchun keraksiz qurilmalarni buzib, betonli joylardan tozalab u yerga ekvalipt, palma, zaytun daraxti va kiparis kabi oʻsimliklardan iborat boʻlgan bogʻ qurdi.

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi

Tomdagi bogʻ. Zaytun daraxtining tagida - minoraning tepa qismidagi qandil chirogʻi yonib turibdi.

Arxitektor tashlandiq sement zavodini, oʻzining shinamgina uyiga aylantirdi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar