Sahroda topilgan 8 ta antiqa narsalar

Sahro sayyoramizning 1/3 qismini egallaydi. U yerda nimalar topilmagan deysiz: yirik kemalar, xazinalar va hattoki butun boshli shaharlar. Ammo baʼzi topilmalar shunchalik gayrioddiy va ajoyibki, taʼriflashga til ojiz. Quyida sahroda topilgan 8 ta antiqa narsalar bilan tanishishigiz mumkin.
Prada doʻkoni

Texasdagi sahroning qoq oʻrtasida Prada doʻkoni turibdi. Uning peshtaxtalari qimmatbaho sumkalar, taqinchoqlar va dizaynerlik oyoq-kiyimi bilan toʻla. Biroq ularni xarid qilib boʻlmaydi. Gap shundaki, bu installyatsiya – doʻkonlarning sivilizatsiyadan uzoqda qanday koʻrinishga ega ekanligini koʻrishdir. Doʻkonning ochilishi bilan oq ertasiga narsalar oʻgʻirlabketildi. Shunda eshiklarni kuchaytirilgan qulflarni oʻrnatdilar va sinmaydigan oynalar bilan jihozladilar.
Ulkan koʻrsatkich

Arizona sahrosida yerda joylashgan ulkan 20 metrlik koʻrsatkichlarni koʻrish mumkin. Koʻp yillar davomida mahalliy aholi uning qayerda kelib qolganini bilishga harakat qilganlar va har xil taxminlarni ilgari surganlar. Aslida koʻrsatkichlar 1911 yilda yerga yotqizilgan boʻlib, GPS hamda Google kartasi chiqgunga qadar pochta samolyotlariga posilka joʻnatmalarni gʻarb sohiliga yetkazib berishi uchun moʻljal sifatida hizmat qilgan.
Telefon budkasi

1960 yilda Moxava sahrosida yoʻldan 13 km uzoqlikda telefon budkasi oʻrnatilgan. U kon ishchilari hamda adashib qolganlar uchun moʻljallab qurilgan. Biroq sahroning oʻrtasida turgan budka sayyohlar oʻrtasida ayniqsa ommalashdi. Rik Karr ismli odam hattoki budka yonida 32 kun yashagan va 500 ta qoʻngʻiroqqa javob bergan, qoʻngʻiroqlardan biri Pentagondan boʻlgan. 2000 yilda budka yonida chiqindilar toʻlib ketgani hamda odamlar tomonidan zarar yetkazilganligi sababli budka olib tashlandi va u haqda film suratga olindi.
“Sahro nafasi”

Bu antiqa joy sharqiy Misrda joylashgan boʻlib, NUJ (nomaʼlum uchuvchi jism) lar bazasiga oʻxshaydi. Aslida bu 1997 yilda yunon rassomlari tomonidan yaratilgan installyatsiya boʻlib, sivilizatsiyadan olisda boʻlib, 100 ming kv. km ni tashkil qiladi. “Sahro nafasi” qumli yoʻllarning beadadligini namoyish etadi.
Videooʻyinlar yashirilgan maskan

Mashhur Atari kompaniyasi 1980 yilda shunchalik koʻp mahsulot ishlab chiqarganki, omborxonalar keraksiz videooʻyinlar hamda pristavkalar bilan liq toʻla edi. Bu narsalardan darhol qutulish kerak edi, shuning uchun bu “xazina” sahrolardan birida yer ostiga koʻmib tashlangan. Ushbu koʻmilgan xazina koʻp yillar davomida qidirildi va nihoyat 2014 yilda topildi. Berkitilgan joy kavlanganda u yerda minglab videooʻyinlar, pristavkalar aʼlo darajada saqlangani aniqlandi. Topilmaning hammasi sotuvga qoʻyildi va yaxshi narxga sotildi.
“Sahroning qoʻli”

Chilining shimolida Atakama sahrosida yer ostidan 11 metrlik qoʻl chiqib turganini koʻrish mumkin. Qoʻl haykalini 1992 yilda qumliklarda choʻkayotgan insonning ojiz va notavonligining belgisi sifatida qurilgan. Qoʻlni Google kartasidan ham koʻrish mumkin.
Maxfiy basseyn

Avstraliyalik bir topqir rassom Moxava sahrosida haqiqiy sara basseyn qurdi. Sahro oʻrtasida joylashgan ushbu basseynda xohlagan odam muzdek suvda choʻmilib olishi mumkin, biroq uni topish amrimahol: yaqin oʻrtada moʻljal olish uchun hech narsa yoʻq, Google haritalari esa bu joyni aniqlamaydilar.
Liviya shishasi

Liviya shishasi – bu sayyoradagi eng noyob minerallardan biri, uni faqatgina Misr qumliklaridan topish mumkin. Olimlar hanuzgacha uning kelib chiqish tarixini bila olmadilar. Ammo taxminlardan birida aytilishicha, 28 mln yil avval sahroga meteorit tushgan boʻlib, qumning harorati uni eritib yuborib, suyuqlik sahro boʻylab sochilib ketgan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



