Abxaziya haqida antiqa qiziqarli maʼlumotlar

Mamlakatning poytaxti boʻlmish Suxum sharhi Moskva shahridan 3 barobar qadimiyroq: Ushbu betakror shaharning yoshi qariyb 2500 da!

Abxaziya alifbosi juda katta boʻlib, u 54 ta harfdan tashkil topgan.

Abxaziya uzoq umr koʻruvchi insonlar makoni. Bu yerda sobiq sovet davrlari, yaʼni 1060 yillardanoq 100 dan oshgan 270 nafar inson yashagan. Yana 11 nafar abxaziyalikdar esa 120 yoshdan ham oshishga muvaffaq boʻlishgan.

Abxaziya chuchuk suv tabiiy zahirasi boʻyicha dunyodagi yetakchi oʻrinni egallaydi. Bu suv miqdorini aholi soniga taqqoslab hisoblab chiqilgan holatdagi natijasidir.

Yangi Afon oʻz metrosi va haqiqatiga ega dunyodagi eng kichkina shahar boʻlib, uning oʻz shaxsiy temir yoʻli mavjud. Eng hayratlanarlisi, Yangi Afon temir yoʻli gʻor ichidan oʻtgan.

Mashhur va xushboʻy mandarinlar tarixiy nuqtai nazardan Abxaziyada oʻstirilmagan. Ular bu yerga kunchiqar oʻlka – Yaponiyadan olib kelingan.

Mamlakat hududida koʻplab millat vakillari istiqomat qilishadi. Bu yerda 150 dan ortiq millat vakillari bor.

Mamlakatning ob-havosi shunday ajoyibki, asti qoʻyaverasiz. Bu yerda yilning 200 kuni quyoshli, bu 7 oydan koʻproq muddat degani! Oʻlkadagi oʻrtacha havo haroratiga esa (qishda ham) +14-16 ni tashkil etadi.

Abxaziyaning ham huddi Xitoy kabi oʻz devori bor va u ham Buyuk nomi bilan ataladi. Toʻgʻri, u Buyuk Xitoy devoridan farqli ravishda oddiyroq va uzunligi ham 160 km ga etadi holos. Ammo 2000 dan ortiq minoralar bilan bezatilgani uning qiymatini oshirib turadi.

Mamlakat aholisinin teng yarmi togʻli hududlarda yashaydilar.

Gal shahrida Abxaziyaning eng uzoq umr koʻrgan fuqarolaridan biri yashagan. U naq... 140 yil umr koʻrgan.

Qadimda Abxaziyaning Ritsa koʻliga yaqin yerda joylashgan rezidentsiyada Stalin Xitoy yetakchisi Mao Sze Dunning qabul qilgan. Xitoy yetakchisi u yerning goʻzalligi va togʻ koʻlining buyukligiga tan bergan ekan.

Bu yerdagi Duripsh qishlogʻiga (turli yillarda) dunyo miqyosida katta oʻrin tutgan siyosatchilar Xo Shi Min, Xrushev va Fidel Kastrolar tashrif buyurishgan.
Mamlakatning faxri boʻlmish vinochilik eramizdan avvalgi ming yil avval boshlangan.

Abxaziya aholisi joʻxori boʻtqasini Xristofor Kolumb tomonidan olib kelguniga qadar ham tayyorlashgan.

Abxaziya oʻz hududida joylashgan tosh maqbaralari bilan mashhur. Ular tahminan bundan 5000 yil avval bunyod etilgan boʻlib, Misr piramidalaridan ham qadimiyroqdir.

Suxum shahri botanika bogʻi bu turdagi maskanlarning eng qadimiylaridan biri hisoblanadi. Bu yerdagi oʻsimliklar 1838 yillardayoq shakllana boshlagan.

Abxaziya toʻylari hozirgacha taklif etilgan mehmonlar sonining koʻpligi bilan barchani hayratga solib keladi. Bu yerdagi bitta toʻyda qatnashadigan odamlarning umimiy soni 1000 tani tashkil etadi.

10 asr oxirlarida Suxum shahri oʻpka kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlar uchun eng yaxshi maskanlardan biri deya tan olingan. Ushbu nom shaharga noodatiy ob-havo sharoiti, dengiz vannalari, tarkibida koʻp miqdorda ion saqlovchi havosi tufayli berilgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



