Sport

Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar

Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar

Futbol ekipirovkalaridagi raqamlar anʼanasi 80 yildan beri mavjud – birinchi raqamlar 1928 yili “Chelsi” va “Arsenal” maykalarida paydo boʻlgan. Ushbu tajriba 10 yildan keyin mustahkamlandi. Hozirda esa bu oʻyinchilarning oʻzini koʻrsatishi, shu bilan birga koʻplab futbol yulduzlarini ajratib turadigan belgisidir.

Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar

Hozirgi kunda esa oʻzingizga mashxur futbol klublarining futbol futbolkasini yoki butun formasini internet orqali, uydan chiqmasdan, buyurtma qilishingiz mumkin, xatto 2016/2017 mavsumnikini ham. 1928 yil 13 oktyabr kuni tarixda birinchi marta futbolchilar maykasida raqamlar ishlatildi. Match protokollariga ishonadigan boʻlsak, London futbolchilari “Arsenal” va “Chelsi” oʻyinchilarining bellari 1 dan 11 gacha raqam bilan belgilab chiqilgan boʻlgan.

1-11

Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar

Raqamlar ishlatilishining zamonaviy nazariyasiga qarganda, futbolchi oʻzi uchun istagan raqamini tanlashi mumkin. Biroq, 90-yillarning o'rtalariga qadar, FIFA qoidalariga binoan, har bir asosiy oʻyinchi faqatgina 1 dan 11 gacha boʻlgan raqamdan biriga ega boʻlishi shart edi. Raqam, aniq biror match uchun belgilangan boʻlgan, bu haqida protokollarda yozib qoldirilgan. Shunday qilib, oʻyinchilar doimiy bir raqamga ega boʻlmagan va biror bir raqamni tanlash ikmoniyati, faqat trenerga tegishli boʻlgan.

1-99

Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar

Suratda 90 yillar komandasi emas, shunchaki raqamlash anʼanasiga misol

90-yillar oʻrtasida FIFA Ijrokomi bir qator eksperimentlardan soʻng ushbu normani bekor qildi (bu1994 yil AQShdagi Jahon chempionatida boʻlgan). Bu mantiqan, yengi qoidani kiritilishi edi. Unga koʻra futbol klubidagi barcha oʻyinchilarga rasmiy doimiy raqamlar berilishi boʻldi. Bu tajriba shimoliy amerika sport turlari namunasiga muvofiq amalga oshirildi. Maydondagi oʻyinchilarning joylashuviga qarab doimiy raqam berish anʼanasi shu yerda ham oʻz izini qoldirdi: Qoidaga koʻra,1 raqami (kamdan kam “0”, bazida umuman raqam boʻlmasligi) – darvozabonniki boʻlgan. Biroq taxirga nazar tashlasak 1 raqamli oʻyinchilar maydonda yugurganiga ham guvoh boʻlamiz. Masalan, “Charlton”dan Styart Belmer, “Slim Uonders”dan Jo Brinket, “Partizan”dan Simon Vukchevich yoki AEK dan Pantelis Kafes.

2-6 raqamlari deyarli har doim himoya qiluvchi ishtirokchilarga berilgan –himoyachilar va yarimhimoyachilarga. 6-9 raqamlari odatda markaziy zona oʻyinchilarida kuzatiladi, lekin ular xujumchilarga yaqinlarida boʻladi. Futbol analitiklari orasida, xattoki, taktik termin mavjud “qalbaki 9”. Bu xujum qilish zonasidagi ishtirokchini “xujumchi ortida” – boshqa oʻyinchilar xujum qilishi uchun markaziy zonani boʻshatib beruvchini anglatadi. Ushbu vazifani koʻpincha, masalan, Leo Messi (uning raqami 10) bajaradi. 10 (11) raqamiga doir oʻzining “anʼana ichidagi anʼana”si mavjud. Ular odatda asosiy xujumchiga, yoki boshqa muhim oʻyinchiga beriladi. Endi raqamlar haqida bazi qiziqarli faktlar: Chili forvardi Ivan Samorano, milanning “Intera” oʻyinchisi boʻlganida 18 raqami bilan tajriba qilgan. U 1 bilan 8 raqami oʻrtasiga qoʻshuv "+" belgisini qoʻygan va bu bilan bu uning raqami 9 ekanligini koʻrsatmoqchi boʻlgan (unda 9 raqami braziliyalik Ronaldoda edi).

Shotlandiyaning “Aberdin”ida Xisham Zeruali ismli qiziq oʻyinchi boʻlgan, qiziqligi shundaki u 0 raqamli futbolkada oʻynagan. Buning sababi uning muxlislari unga “Zero” laqabini berishgan.

7 raqami ositda taqdirini vaqtinchalik Andrey Shevchenko olgan. 1999 yilda “Milan”ga kelganida, uning sevimli 10 raqami Zovonir Bobanda edi. Bunday qiyin masala yechimini topish uchun yordamga fransuz Ibragim Ba keldi. U “Sheva” soʻzi ivritda “yetti” raqamini anglatishini aytdi. Shunday qilib, 7 raqamli qora-qizil mayka Shevchenkoga tegdi, “Sheva” laqabi esa haligacha qolgan.

Chiapasning “Yaguar”idan boʻlgan Adolfo Bautista ismli 1 raqami ostidagi oʻyinchisiga Gvadalaxar “Deportivo”si uchun Meksika Futbol Federatsiyasining maxsus ruxsatnomasi orqali 100 raqami ostida oʻynashga ruxsat etilgan. 1978 va 1982 yillardagi Jahon chempionatlarida Argentina nomerlar bilan koʻp bosh qotirmaslik uchun, raqamlarni alifbo tartibida tarqatib chiqqan, shuning uchun1 raqami qaysidir ishtirokchiga oʻtib ketgan.

Bazan futbolchilarning raqamlari turli yubileylarni anglatgan. Misol uchun, 1996/97 mavsumda meksika “Monterrey”i uchun 400 raqami ostida Xesus Arrelano ishtirok etgan. Hammasi oddiy – usha yili futbolchining ona shahri 400 yoshga toʻlgan edi. Orqasida xuddi shunday raqam bilan “Goyas” uchun boʻlgan toʻrt yuzinchi matchini braziliyalik darvozabon Xarli nishonlagan. Avstriyalik futbolchi Andreas Xersog esa, milliy jamoa tarkibidagi yuzinchi matchini 100 raqami ostida nishonlagan. Biroq bularning bari doʻstlik oʻyinlaridagi mustasnolar koʻrinishidadir. Pele oʻzining10 raqamini qiziq tasodif tufayli olgan. Braziliya futbol federatsiyasi oʻz futbolchilarini 1958 yil mundialiga kuzatayotib, ularga raqam berishni, shunchaki unutib qoʻyishgan. FIFAga qoʻllanma bilan borgan Braziliya federatsiyasining urugvaylik vakili Lorenso Vilissio muammoni joyida hal qilgan. U oʻyinchilarga xohlaganicha raqamlarni yozib tashlagan. Futbolni deyarli tushunmaydigan va Braziliya terma jamoasi oʻyinchilarini tanimaydigan ushbu vakil sababli, golkipper Jilmar 3 raqamini olgan, afsonaviy Pele esa – 10.

Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar
Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar
Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar
Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar
Futbol futbolkalaridagi raqamlar haqida qiziqarli faktlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar