10ta eng ahmaqona “aqlli” kashfiyotlar

Tish ipini aqlli dozalagichi, Wi-Fili vino shishasi, “smart vilka” va tehnologiyalarni ayrim yutuqlari baʼzida ularni ishlatish hohishidan koʻra, koʻproq taajub oʻygʻotadi. Lekin shunisi oʻylantiradiki, bunday “aqlli” gadjetlarni koʻyishi, kimgadur keraki ekanligi, va ularni kimdir sotib olayotganini bildiradi...
Qaranglar, bu buyumlar rostdan ham mavjud!

Bu moslama, General Electrics bilan hamokrikda yaratilib, sizning smartfoningiz bilan sinhronizatsiyalanadi va push habarlar yuboradi, sizda muzlatgichda tuhumsiz qolish havfi tugʻilganda. Bundan tashqari, lotokdagi svetodiodlar sizni ogohlantiradi, 14ta tuhumdan qaysinisida saqlash muddati oʻtib ketyapti. Hozirda moslamani Amazondan atiga $12ga sotib olish mumkin, chunki shu roʻyahtdagi boshqa buyumlarga qaraganda unchalik qimmat emas. Lekin, hozircha foydalanuvchilar fikrlari hursand qilmaydi.

Hidrate Spark — ohirgi yillarda bozorda paydo boʻlgan, “aqlli shishalari”dan biri. Ulardan koʻpchiligi bir hil ishlaydi: Bluetooth orqali dastur bilan sinhronizatsiya boʻladi, soʻngra esa kuzatadi, siz yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilayodganingizni.
Shishacha, albatta, bejirim, lekin siz suv ichishingiz haqida eslatib turadigan, moslama uchun $48 toʻlash- bu oshiqcha, albatta shuni hisobga olsa, buni koʻplab bepul fitnes-dasturlar yordamida ham qilish mumkinliginii.

Bu vino uchun shisha Wi-Figa ulana oladi va sensorli ekranga ega. Nima uchun? Uni loyihalashtirish vaqtida 6 mln dollarni sarflashgan. Shisha maʼlum miqdordagi vino “kartridj”lari bilan ishlaydi va siz bugun ichayotgan vino haqidagi, qiziqarli faktlarni koʻrsata oladi. Vino tugaganidan soʻng, yangi kartridjni shishani oʻzidan olish mumkin, “vino”larni qiymati $15dan $5o gacha.
Vaqti vaqti bilan toʻldirish kerak boʻladigan, shisha uchun $180 dollar toʻlash haqida fikr sizni qiziqtiradimi? Hoʻsh, Kuvée takidlashicha, bu kartridjlar vinoni 4 haftagacha yangiday saqlab turadi.

Oʻzini stomatolog deb his etish qatoridagi “Aqlli” tish shyotkasi. U smartfondagi dasturga ulanadi, toʻgʻridan-toʻgʻri ogʻizingizdan translyantsiyani olib borish uchun. Tish shyotkasini boshiga 10-megapixelli kamera oʻrnatilgan.
Moslama deyarli $399 dollar turadi, oldindan-buyurtma qilinsa $100ga arzonroq boʻladi.

Ogʻizni gigiyenasi haqida davom etamiz. Flosstime - “aqlli” tish ipini dozalagichi, vannadagi oynaga qatiriladi va bosish bilan flossni 45 sm oʻlchaydi.
Gʻoya shundaki, sizni muntazam ravishda tish ipidan foydalanishga oʻrgatish – shuni hisobga olgan holdaki, vannayaga har safar kirganingizda, yuzingizga maxsus moshina qarab turadi.
Hali ham ilhomlantirmayaptimi? Moslama yaratuvchilari tushinadi, bolalar bor oilaga bu toʻgʻri kelishini, shuning uchun bir nechta ajoyib gʻilofni taklif qiladi, ular yordamida bezashingiz mumkin boʻladi. Oʻzining tishlaringiz haqida oʻylaydigan, yoshi kattalar qatoridan boʻlsangiz, lekin sizga intizom yetishmayatgan boʻlsa, hohlaganingizda moslamani $30ga sotib olishingiz mumkin.

Juicero – bu $399 evaziga “sok siqish tizimi”, u sok qilishdan bosh tortadi, agar sizda Wi-Fi ishlamasa. Agar sizni bunday shart qoʻrqitmasa, biling, bu tarihdagi eng qimmat sharbatsiqqich emas, va u hoyna-hoy sogʻlom sharbatlar tayorlashni, oddiy va samarali uslubini taklif qilmoqda, doimo aloqada boʻlgan holda. Nima uchun? Oʻzidan soʻrab koʻring.

HapiFork “smart vilka” Bluetooth bilan. Vilka doimo kuzatadi, qanday tezlikda ovqat qabul qilayotganingizni, tebranadi va yorugʻlik signalini beradi siz tezlashayotgan va ovqatni sifatli chaynamayotgan boʻlsangiz. $70ni oʻzingiz ustingizdan bunday tajribada qatnashish uchun, sarflash kerakligini oʻzingiz hal qiling.

Bu soyabon, internetga bogʻlanish va oʻzining turgan joyi haqidagi maʼlumotni tefoningizga joʻnatish imkoniga ega. Uni yoʻqotib qoʻyishni deyarli ilojisi yoʻq. Bundan tashqari, u ob-havo maʼlumotini joʻnata oladi… Balkim siz bilmaysiz, buni boshqa yoʻl bilan qanday qilishni?
Agar bu qiziq boʻlsa, statistika yigʻish xizmati bor soyabon narhi $80.

Vessyl chashkasi, Qirol universiteti bitiruvchisi tomonidan ishlab chiqilgan, uni ichiga quyilgan ichimlikni aniqlash imkoniyatiga ega. Moslama smartfon bilan maʼlumotlarni sinhronizatsiya qiladi, u yerda mahsulotni kaloriayaligi va boshqa paarametrlarni bilish mumkin. Lekin boshqa qiziqarli maʼlumotlarni ham bilish mumkin, masalan, kuchli va kuchsiz kofe farqini yoki shakar miqdorini. Agar chashkadan muntazam foydalanilsa, moslama organizm suvlanishi haqida aytib beradi, bu kerakli suyuqlik miqdorini qabul qilish imkonini beradi.
Ichayotgan ichimligingiz tarasida kaloriyaligi va shakar miqdori haqida yozilgan maʼlumotlarni, oʻqishga erinsangiz, lekin bilish juda zarur boʻlsa, oʻzingizga atiga $199ga “aqlli” chashkani sotib oling.

“Aqlli” jaket-navigatorni avstraliyalik Wearable Experiments kompaniyasi yaratdi. Jaket mobil dastur bilan sinhronizatsiya boʻladi va svetodiodlarni va taktil qayta aloqani qoʻllaydi, egasini uning uchun eng qulay marshrut boʻyicha olib borish uchun. Yengidagi lampochkalar foydalanuvchiga qachon burish keragligi haqida maʼlumot beradi, tebranish esa qaysi tomonga yurish kerakligini aniqlashga beradi. Kimgadir bichimi yoqmasa, eski usul boʻyicha Google Mapsdan foydalanishga toʻgʻri keladi.
Menda faqat bitta savol bor – bularni barchasi nima uchun?
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



