Oʻz qarindoshlari bilan turmush qurgan 13 ta tarixiy shaxslar

Shunday qilib sizga oʻz yaqin qarindoshlari bilan, juda ham katta sevgi sababidan oʻzga sababsiz, turmush qurgan 13 ta mashxur erkak va ayollarni havola etamiz.

Djessi Djeyms
Gangster, talonchi va qotil Djessi Djeyms amerika tarixidagi sal kam eng taniqli jinoyatchilardan biri boʻlgan edi. Unga boʻlgan munosabat ikki yoqlama boʻlgan boʻlib: kimlardir uni sal kam Yovvoyi Gʻarbning Robin Gud deb tan olgan boʻlsa, yana kimlardir uni asosli ravishda qotil deb tan olgan va eng yuqori jazo turini olishi kerak deb aytganlar.
Oʻz "karyera" sining jimjitlik davrining birida Djessi Djeyms oʻz amakisinikida, yaralardan tuzalayotgan edi. U yerda u haqida Zerelda Mimms ismli bir qorin naridagi singlisi gʻamxoʻrlik qilar edi. Yoshlar bir birlarini sevib qolishdi. 1874 yilning 24 aprelida, 9 yillik uchrashuvlardan soʻng, Djeyms oʻz suygan yoriga uylandi. Juftlikda Djessi Edvard ismli oʻgʻil, Meri Syuzan ismli qiz va goʻdakligida vafot etgan, egizaklar tugʻilgan.

Igor Fedorovich Stravinskiy
1882 yili tavallud topgan, rus kompozitori XX asrning musiqadagi eng katta obroʻ eʼtiborli figuralaridan biri hisoblanadi. Stravinskiy oʻzining Ekaterina Gavrilovna Nosenko ismli, bir qorin nari singlisini, hali oʻspirin boʻlgan vaqtlaridayoq, sevib qolgan. 1905 yili juftlik nikohfan oʻtmoqchi boʻlgan edi, ammo, cherkov tomonodan qarshiliklarga duch kelishdi. Hamma toʻsiqlarga qaramay, sevishganlar 1906 yili nikohdan oʻtdilar va juftlikning farzandlari dunyoga keldi.

Amerikaning 32 chi prezidenti AQSH ning shunday izzat va hurmatli figuralari, Djordj Vashington va Avraam Linkoln lar bilan bir qatorda turadi. Ruzvelt 1933 yildan to 1945 yildacha prezident postini egallagan.
1904 yilning 17 martida, oʻz onasinig juda qattiq noroziligiga qaramay, uzoq qarindoshi, Amerikaning boshqa bir prezidenti Teodor Ruzveltning jiyaniga, Eleonor Ruzveltga uylangan. Juftlik nikohda 40 yil davomida yashadi va olti nafar farzandlar koʻrdi. Vaqt oʻtgan sayin ularning munosabatlari asl mohiyati siyosiy partnyorlikka, Franklinning koʻp sonli ishqiy munosabatlari va rafiqasining soyosiy ambisiyalari tufayli, aylanib qolgan.

Iogan Sebastian Bax
Tarixning eng buyuk kompozitorlaridan biri ham sevgining vasvasasiga qarshi chiqib oʻtirmadi va butunligicha sevgiga berilib ketdi. 1707 yili, avliyo Vlasiyning Myulxauzendagi cherkoviga organist lavozimiga ishga kirganidan keyin, Bax oʻzining bir qorin nari singlisi Mariya Barbara Baxga uylandi. Ularning birgalikdagi hayoti toʻgʻrisida kam maʼlumdir. Juftlikda etti nagar farzand tugʻilib, ularning toʻrt nafari tirik qolgan va hattoki ularning ikkitasi otalari singari kompozitor boʻlib yetishishgan. Oradan 13 yil oʻtib, Mariya vafot etgan. Hamda oradan bir yarim yil oʻtib, Bax qoʻshiqchi Anna Magdalena Vilkaga uylandi.

Gerbert Djordj Uells
Angliyalik yozuvchi,ilmiy fatastika janrinig urugʻ boshligʻlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Biologiya fanlari doktori boʻlib, Uells, fantastni juda koʻp asarlarini yozishga ilhomlantirgan, Charlz Darvinning barcha nazariyalarini qoʻllab-quvvatlagan.
1891 yilda Gerbert Uells oʻzining bir qorin nari singlisi Izabella Meri Uellsga uylandi. Juftlik, yozuvchining student Emi Robins bilan oralaridagi munosabat haqida maʼlum boʻlgandan soʻng, turmush qurgandan keyin oradan toʻrt yil otib, ajrashib ketishgan. Qisqa vaqt oʻtib Uells Emi Robinsga uylandi va juftlikning farzandlari tugʻilgan.

Tomas Djefferson
Bizning roʻyxatimizdagi yana bir prezident, 1801 yildan to 1809 yilgacha davrdagi hukumat boshligʻi, endigi navbatdagi uchinchisi, Tomas Djefferson. Vilgelm va Mariya kolledji bitiruvchisi va ish yurituvchi yurist Djefferson Mustaqillik Deklorasiyasi mualliflaridan biridir.
Oʻzining beva qolgan, xolavachchasi, Marta Ueyls Skeltonga, 1772 yili uylandi. Baxtga toʻla boʻlgan, olti nafar farzandlari tugʻilgan, oilaviy hayotligi to Martaning 33 yoshidagi oʻlimiga qadar, davom etgan. Bundan soʻng Djefferson boshqa uylanmadi, Oq uydagi birinchi ledi vazifalarini, onasi sharafiga Marta Djefferson Rendolf deb ism qoʻyilgan, qizi bajargan edi.

Albert Enshteyn
Jahondagi eng mashxur olimlardan biri ikkinchi marotaba oʻzining amakivachchasi Elza Enshteynga 1919 yili, etti yil davom etgan ishqiy munosabatlardan keyin, uylandi. 1933 yili juftlik AQSH ga emigrasiya qildi. Oradan uch yil oʻtib esa, Elza yurak hastaligi sababli vafot etgan. Bu turmushda farzandlar tugʻilmagan.

Charlz Darvin
Olim jahon tarixdaga eng obroʻ eʼtiborli figuralardan bir boʻlgan. Darvin, oʻziga turmush oʻrtoq tanlayotganida, oʻzining "eng kuchli boʻlganlar yashab qoladi" degan nazariyasi bilan foydalanganmi yoki yoʻqmi, bu nomaʼlumdir. Biroq, u oʻzining bir qorin nari singlisi Emma Vedjvud bilan nikoh oʻqitgan. Juftlikda 10 nafar farzandlar dunyoga keldi. Ularning uch nafari goʻdakligida vafot etgan, qolgan farzandlari juda ham kasalmand boʻlganlar. Olim bularning sababi yaqin qarindoshlik munosabatlarda deb qoʻrqqan edi. Shunga qaramay, uning farzandlari va nabiralarining koʻpchiligi hayotda katta yutuqlatga erisha olgan.

Edgar Allan Po
Detektiv janrining asoschisi Edgar Allan Po 1809 yili Bostonda tavallud topgan boʻlib, yozuvchilik faoliyati orqali, to 40 yoshida, oʻz vafotigacha, kun koʻrar edi.
27 yoshida yozuvchi oʻzining 13 yoshlik Virdjiniya Kemm ismli kuzinasiga (xolasining qiziga) uylandi. 1835 yili boʻlib oʻtgan maxfiy nikoh oʻqitish marosimidan soʻng, juftlik tinch va osuda hayot kechirar edilar. 1847 yili Klemm, 24 yoshida, besh yillik besamar ketgan davolashdan soʻng, vafot etdi. Rafiqasining ogʻir hastaligi va alkogolni suiisteʼmol qilish, yozuvchining ijodiga qattiq taʼsir oʻtkazgan deb hisoblanadi va u rafiqasi ortidan, oradan ikki yildan keyin vafot etgan.

Djerri Li Lyuis
Amerikalik qoʻshiqchi, rok-n-rollnins asoschilaridan biri, oʻz karyerasining eng choʻqqisida, 1957 yili, 13 yoshlik, oʻzining bir qorin nari singlisi, Mayra Geyl Braunga uylandi. Oʻsha vaqtda qizaloq 15 yosh boʻlgani haqidagi ishontirishlarga qaramay, qoʻshiqchining obroʻsiga juda katta putir yetkazilgan edi. Uning qoʻshiqlarini radiostansiyalarda uzatmay quyildi, tomoshabinlar undan yuz oʻgirishdi. 1960 yillarda Lyuis yana mashxurlikka erishdi, ammo, avvalgi choʻqqisiga shu boʻyicha qayta olmagan.

Qirolicha Elizaveta II
1934 yili, eng uzoq vaqt hukum surgan monarx maqomini olishidan ancha avval, Elizaveta II Gresiya va Daniya Shaxzodasi Filipp bilan tanishgan edi. Juftlik oila qurdi va ularning toʻrt nafar farzandlari dunyoga keldi. Elizaveta va Filipp bir birlariga juda uzoq boʻlsada, qarindosh boʻlib, ular bir biri bilan amakivachchalardir.

Qirolicha Viktoriya
Viktoriya 18 yoshida, otasi va uch nafar katta akalari olamdan oʻtib, uni Britaniya taxtini eng yosh meʼrosxoʻrlaridan biriga aylatirganlaridan soʻng, qirolicha boʻlgan.
1840 yili qirolicha, oʻzining bir qorin nari akasi boʻlmish, Albert-Saksen-Koburg-Gotskiyga turmushga chiqdi. 20 yil davom etgan oilaviy hayotligi juda baxtli va mustaxkam boʻlib, unda toʻqqiz nafar farzandlar dunyoga kelgan. Bu oilada faqatgina sevgi va Britaniya oldidagi burch boʻlibgina qolmay, balki, havf xatarlarga ham toʻla boʻlgan boʻlib, shaxzoda-konsort qirolichani, oʻzi bilan, ikki marotaba, oʻqlardan himoya qilib, toʻsib qolgan. Albert, 42 yoshida infeksiya tufayli, olamdan koʻz yumgan boʻlib, qirolicha esa, azadorlik kiyimini oʻz hayoti oxirigacha kiyib yurgan.

Kristofer Robin Miln
Yozuvchi, Alan Milnning oʻgʻli va Vinni-Pux haqidagi ertaklar toʻplamidagi Kristofer Robinning pritotipi, ota-onasi bilan yomon munosabatlarda edi. Buning sababi, ular, ayniqsa onasi, Kristofer Robin bilan bolaligida unchalik qiziqishmaganligidadir. 1948 yili Kristofer Robin, oʻzining bir qorin nari singlisi, Lesli Salinkurtga, ota-onasining qarshiliklariga qaramay, uylandi. 1956 yili juftlikning, birinchi va yagona qizlari, Kler dunyoga kelgan. Keyinchalik unga "serebal paralichi" tashxisini qoʻyisgdi. Aytganday, Kristoferning onasi, oʻz oʻlmiga qadar, oʻn besh yil davomida u bilan gaplashmagan.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



