Prezident Trampning xotini: Zamonaviy Kuloyimmi yoki omadli firibgar?

Marta Vashington, birinchi prezidentning xotini, mustaqillik uchun urushlar paytida erini yurishlarda qoʻllab quvvatlagan, uning nomiga harbiy kemani nomlashgan. U banknotada surati chiqqan Amerikaning birinchi ayoli.
Jekki Kennedi, Jon Kennedining ayoli, tarixga stil andazasi sifatida kirgan. Bundan tashqari uni qoʻrqmasdan sabr uchun taqdirlash mumkin – u oʻz erining xiyonatlarini judo uzoq kechirib, ayblariga koʻz yumgan.
Qirq beshinchi xonim Melaniya Tramp boʻldi. Butun dunyo uning gʻalati erini muhokama qilayotgan bir paytda, Melaniya soyada qolmoqda. Biroq eks-model Qoʻshma Shtatlar tarixida birinchi xonim sifatida qanday iz qoldirishi hozirdan qiziq.
Melaniya Trampning gʻayriodatiy tarixi uning tugʻilgan joyidan boshlanadi – u kichik sloven shaharchasida tavallud topgan. Shunday qilib, u mamlakatdan tashqarida tugʻilgan ikkinchi birinchi xonim. Undan oldin britaniyalik Luiza Adams boʻlgan, davlatning oltinchi prezidenti Jon Kvinsining xotini. Lekin Adams 200 oldin Oq uyning bekasi boʻlgan.
Shu bilan birga, Melaniya hozirgacha ingliz tilida aksent bilan gapiradi.

Tugʻilganida Melaniya Kvans familiyasini olgan. 90 yillarda xalqaro darajadagi model boʻlib ishlaganida familiyasini Knausga oʻzgartirgan. Talaffuzni osonlashtirish uchun boʻlsa kerak.
Ha-ha, hozirgi birinchi xonim noqonuniy ishlagan. 90 yillar oxirida model boʻlib ishlaganida Melaniya AQShga koʻchib ketishga majbur boʻlgan. 1996 yilda unda Amerikada ishlash uchun ruxsatnoma boʻlmagan, lekin jurnalistlar missis Trampning bir necha oʻn dollarga imzolangan kontraktlarini topib olishgan.
Prezident Trampnig prezidentlik vaʼdalaridan biri – noqonuniy ishchilar bilan kurashish ekanligini eslatishimiz shartmikin?

Melaniya Tramp erining butun saylovoldi tadbirida oʻzining Sloven universitetida dizayn va arxitektura sohasida oliy maʼlumot olganliginini taʼkidlagan. Biroq, “NyuYorker” jurnalining izlanishlari natijasiga qaraganda, u modellik karyerasini davom ettirish uchun universitetni tashlagan.
Olimlik darajasisiz ham Melaniyaning karyerasi tez oʻsgan boʻlardi. U oʻzi bilan yorqin jurnallar varaqlarini bezatibgina qolmay, ularga yalangʻoch suratga ham tushgan. “GQ” va uning fransuz versiyasi “Maks” kabi nashriyotlarda Melaniya istalgan ayollarning top-20siga kirgan.
Erining prezidentlik tadbirlari paytida uning bunday rasmlari yuzaga chiqib keldi. Biroq bu Tramp xotinining shaʼniga dogʻ tushurmadi. Hozir missis Tramp eskortda ishlagani haqidagi suratlarni chop etgani uchun Daily Mail britaniya nashriyotini sudga bergan. Melaniyaning soʻzlariga qaraganda, bu uning shaʼni uchun juda qoʻpol va xaqoratli boʻlib, haqiqatdan juda yiroq.

Analitiklarning aytishiga qaraganda, Melaniya AQShdagi eng zamonaviy birinchi xonim boʻladi. Chunki u har doim xalq oldida eng qimmat va dizaynerlik kiyimlarida chiqadi. Masalan, bu ayol turmushga Dior modalar uyining 100 000 dollarlik kelin koʻylagida chiqqan. Keyin xuddi oʻsha koʻylakda “Vogue” jurnalining muqovasida ham paydo boʻlgan.
Tramp bilan boʻlgan toʻy, Melaniyani erining avvalgi turmushlaridan boʻlgan 4 farzandiga ona qilib qoʻydi. Katta oʻgʻlidan u atigi 8 yosh katta. Shunday qilib, u oʻgay oʻgʻillariga eridan koʻra yaqinroq, Donald bilan Melaniyaning yoshi orasidagi farq 24 yosh.

Nyu York aholisi Melaniya Tramp erining inaguratsiyasidan soʻng shaharni tark etishi uchun 100 ming kishi imzolagan petitsiya eʼlon qildi. Katta olma aholisining soʻzlariga qaraganda, birinchi xonimning himoyasiga ketadigan pulni aholining soliqlaridan toʻlashadi, chunki xonim aslida Oq uyda yashashi kerak.
Melaniya Tramp oʻzini yaxshi biznes – vumen sifatida koʻrsatadi. Aslida, yangi birinchi xonim, “QVC” yuvelir uyi bilan, oʻzining shaxsiy yuvelir bezaklar kolleksiyasini chiqargan. Shu bilan birga u ikra asosidagi kosmetika ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Qor tanli xonim Mishel Obama uchun obrazlar yaratgan modelyer Tom Ford, Melaniyaga kiyim tikishdan bosh tortgan. Uning aytishicha, Melaniya uning “formati” emas.
Albatta, Melaniya Tramp hozir butun olam obyektiv va telekameralarining nazarida boʻladi. Nima bilan shugʻullanishini va amerikaliklarga yoqish yoqmasligini vaqt koʻrsatadi. Lekin uning ikkita sud ishini amalga oshirtirganiga qaraganda, u bilan zerikib qolmaymiz.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



