Buyuk oʻtmish: oʻtkinchi SSSR maydonida joylashgan 13 ta dahshatli va sirli tashlandiq joylar


Rossiyadagi Dubna ostidagi oʻrmonda diametri 18 metrgayaqin ulkan boʻsh shar topilishi mumkin. Uni oʻzingiz topishga qiynalishingizmumkin, ammo mahalliy yashovchilar, mahalliy “diqqatga sazovor joy” gachaqanday yetib boorish mumkinligini doim chin dildan aytib berishlari mumkin.Qush parvozi balandligidan sharni NUJ dek qabul qilish mumkin, ammo haqiqatda,bu kosmik aloqaning parabolik antennasi uchun dielektrik qobiqdir. Qobiqnivertolyotlar bilan tashishgan, ammo tashish vaqtida tros yorilib ketgan.Gumbazni u yerdan chiqarish ancha muammoli harakat deb sanaldi. Aytgancha, umobil strukturaning shisha plastikidan yasalgan. Uning ichida xohlagan shovqinovozi kuchayadi va kuchli aks sado qaytalaydi.

Moskvadagi oʻn bir qavatli tashlandiq, qurilishi tugallanmagan kasalxona. Odatda sayyoradagi eng qoʻrqinchli joyi sifatida barcha mavjud boʻlgan rasmiy reytinglarga kiradi.Koʻp tarmoqli kasalxonani 80-yillarda qura boshlaganlar. U 1300 ta joyga moʻljallangan.Qurilishni barcha korpuslar qurib tugallangandan besh yil oʻtgach toʻxtatishdi.Taqdir taqozosi bilan, oxirgi oʻn yil ichida Xovrin kasalxonasi kasallarniqutqarmaydi, balki battar jarohatlab, hayotdan judo qilyapti. Bu yerda allaqachonbomjlar, narkomanlar va qiziq hissiyotni yaxshi koʻruvchilar “roʻyxatdan oʻtgan”.Bu joydagi favqulodda holatlar va kasallar – tushkun voqelik.

Shyolkino shahriga yaqin joylashgan qurilishi bitqazilmagan atom stansiyasi. Birinchi loyihaviy hisobotlar 1964 yilda qilingan. Qurilish 1975 yilda boshlangan.Taxminlar boʻyicha,ushbu AES butun Qrim yarimorolini elektr energiyasi bilan taʼminlashi kerak edi.Shuningdek, u bu joylarda keyinchalik sanoat rivojlanishi uchun boshlangʻich qadam boʻlishi kerak edi.
Birinchi reaktor 1989 yilda ishga tushirilishi reja qilingandi, qurilish biron-birkamchiliksiz borayotgan edi. Ammo SSSR ning darz ketgan iqtisodiyoti, Chernobil AES idagi fojia bilan birgalikda qrim loyihasiga nuqta qoʻydi. Oʻsha vaqtdastansiyaga 500 mlndan ortiq sovet rubllari sarflangan edi, omborxonada material va uskunalar esa yana 250 mln sovet rubllariga edi. Bularning barchasi keyingyillarda oʻgʻirlandi. Shuni aytish kerakki, qrim AESi Ginnes Rekordlarikitobiga bu turdagi eng qimmat eletkr stansiyasi sifatida kirdi.

2003 yildan, 46 yil ichida birinchi marta,Balaklava suvosti qayiqlar bazasi birinchi marta umumiy tomoshaga taqdim etildi.Bugun esa bu faqatgina turistik obyekt sanaladi, va qachonlardir baza Sovetittifoqining eng sirli obyektlaridanbiri boʻlgandi. Ulkan yer osti kompleksida suvosti qayiqlar joylashgan edi.Baza eng kuchli zaryadli atom hujumlariga bardosh bera olardi va u atomurushiga chidamli qilib qurilgan. Baza suvli kanal, quruq dok, va turli xildagikoʻpgina omborxonalar va harbiylar uchun korpuslardan tashkil topgan edi.Obyekt 1994 yilda, undan oxirgi suvosti qayigʻini chiqaganlaridan soʻngyopildi. Koʻp yillar ichida sovet ittifoqi faxri shunchaki oʻgʻirlanib kelingan.

Sevastopoldan nariroqda, yuqorida koʻrsatilgan suvosti qayiqlarni taʼmirlash bazasidan tashqari, qachonlardir Sovet ittifoqidagi yana birta sirli obyektini koʻrish mumkin. Gap bunker – obyekt 221 haqida ketyapti.Uning koʻp nomlari bor edi, ammo ularning barisi ostida qora dengiz flotiningzaxiradagi boshqarish markazi yashiringan. Obyektni Morozovka qishlogʻida toppish mumkin. Bu haqiqiy yerosti shahri edi. Uni 1977 yilda qurishni boshlashdi. Obyekt 200 metr chuqurlikda joylashgan, va u yerda 4 qavatlikorpuslar mavjud. Kompleks yerosti qismining umumiy maydoni – 17 mingkv.m.Bugungi kunda obyekt butunlay talangan va bankrotga boʻlgan.

Saxalinda noyob atom mayogʻi joylashgan Aniva nomli qirgʻoqni topish mumkin. Mayoqning balandligi toʻqqiz qavatli uyga tenglashtirilsa boʻladi.Avvallari unda 12 kishidan navbatchi boʻlishi mumkin edi. Hozirgi kunda, buqachonlardir noyob boʻlgan kompleks qaroqchilar tomonidan butunlay talangan vaishlamay qoʻygan.

Sovet ittifoqining tugashi sobiq respublikalarga turli xildagi qurollarva shu bilan birga uchirish shaxtalarini ham “sovgʻa qildi”. Shunday qilib,Latviya poytaxtida, oʻrmonlarda, qachonlardir noyob boʻlgan, sirli “Dvina” uchirish kompleksini topish mumkin. U 1964 yilda qurilgan. Bu bunkerlar va uchirishshaxtalari joylashgan ulkan kompleks boʻlib, undagi bunkerlarning koʻp qismini bugungi kunda suv bosgan. Kompleksga tashrif buyurishga,uning atrofida judayam zaharli raketayoqilgʻisi qoldiqlari mavjudligi sababli, also maslahat berilmaydi.

Dogʻistondagi Kaspiy dengizida suv ustida barpo etilgan noyob zavod tsexini uchratish mumkin.U “Dagdizel” zavodiga aloqador boʻlgan. Uni dengiz qurollari tadqiqotlari, shu navbatdaturli xildagi torpedo va raketalar uchun qurganlar. Zavod SSSR uchun juda noyob boʻlgan. Uni maxsus snaryadlar yordamida qazib chiqarilgan 530 ming kubometr hajmlikotlovan ustida barpo etishgan. Uning ichiga “massiv” qurilgan boʻlib, keyinchalik oʻsha massiv ustiga 14-metrli metal qurilmani tushirib qoʻyishdi. Qurilgan tsexning umumiy maydoni 5 ming kv.m dan ziyod. Stansiya doimiy yashash va ishlash uchun jihozlangan edi. Ammo XX asrning 60-yillarida zaruriyat yoʻqligi va qurolni loyihlashtirish sohasida juda tez oʻzgarayotgan tendensiyalar sababli loyihani toʻxtatishdi. Oʻsha vaqtdan beri bino tashlandiq va sekin-asta Kaspiy dengiz sababli vayronaga aylanmoqda.

Moskvaviloyatidagi Voskresensk shahri yaqinida, hech qanday qiyinchiliksiz fosfarit yetishtiruvchi ulkan makonni toppish mumkin. Bu makon Yevropadagi eng katta va noyob makon hisoblanadi.Birinchi ishlab chiqishlar bu yerda XX asrning 30-yillarida boshlangan. Koʻpsonli karyerlarda barcha turdagi ekskavator chelaklari ishlagan: paletli,relsli va qadamli. Relsli ekskavatorlarda relslarning yurishi uchun maxsususkuna bor edi. 90-yillardan beri makon deyarli tashlandiq holda, karyerlar suvostida, va qimmat maxsus texnika esa ochiq osmon ostida shunchaki yemirilmoqda.

Ukrainaning Xarkov tumanidagi Zmeyev shahrida ionosferani oʻrganish boʻyicha noyob stansiyanitopishingiz mumkin. U ayni SSSR tugashi oldida barpo etilgan. U Alyaskada ochilganva hozirgacha foliyat olib boruvchi amerikalik “Xarp” loyihasining xuddi oʻzginasi sanaladi. Sovetdagi kompleks bir necha antennali maydonlardan va birta ulkan,diametri 25 metrli parabolic antennadan tashkil topgan. Afsuski, ittifoq vayronboʻlganidan keyin, stansiyaning hech kimga keragi boʻlmay qoldi. Bugundaishonib boʻlmaydigan darajadagi bu ilmiy uskuna shunchaki chirib yotibdi yokistalkerlar va rangli metal ovchilari tomonidan talanmoqda.

Boshida “Shimoli toj” mehmonxonasi “Petrogradskaya” deb nomlangan edi. Uning qurilishi 1988 yilda boshlangan edi. Mehmonxona oʻzining chiroyi bilan emas, balki uning qurilishi davomida sodir boʻlgan koʻp sonli favqulodda voqealar bilan mashhur. Shuningdek, bino ichida yorugʻlikni yoqishlaridan keyin darhol yurak xurujidan mitropolit Ioann oʻlgani inshootga zarracha ham taniqlilik qoʻshmadi.

SSSR da oʻzining adron kollayderi mavjud boʻlishimumkin edi. Noyob kompleksni Moskva viloyatining Protvino shahrida80-yillarning oxirida qurishni boshlaganlar. Topish qiyin emaski, SSSR tugashiushbu ilmiy loyihaga nuqta qoʻydi. Kollayder uchun allaqachon 21-kilometrli tunel tayyor edi. Obyektga hatto uskunalarni kiritishni boshlab yuborishgandi.Ishlar keyinchalik ham davom etdi, ammo juda sekinlik bilan ishladi.Moliyalshtirish faqatgina yaroqsizlikka kelayotgan tunellarni yoritish uchunyetardi.

Azarbayjonda haqiqiy dengizli shaharni topish mumkin. Gap“neftli toshlar” haqida ketadi. U XX asrning 40-yillarida sovet geologlari Kaspiydengizda yirik neft konlarini topgandan keyin paydo boʻldi. Qazib olish ishlaririvojlanishi natijasida koʻtarma va metal estakadalar ustida butun bir shaharvujudga keldi. Suvning ustida elektrstansiyalari, kasalxonalar, toʻqqiz qavatliuylar va boshqalar qurila boshlandi! Suv ustida hammasi boʻlib yashovchilaribor 200 ta platforma bor edi. Koʻchalarning umumiy kilometrli uzunligi 350 kmga yetardi. Ammo keyinchalik paydo boʻlgan arzon sibir nefti, mahalliy neftqazib olish ishlariga nuqta qoʻydi va shahar vayronaga aylandi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



