Qiziqarli

Yer yuzidagi noyob qushlar

Yer yuzidagi noyob qushlar

Yer yuzida 10 mingga yaqin qushlarning turi bor. Ular turli oilalarga mansub boʻlib, koʻrinishi, hajmi, harakatlari bilan ajralib turadilar. Quyida siz sayyoramizning noyob qushlari bilan tanishishingiz mumkin.

Kolibri-asalari

Kolibri-asalari

Yer yuzidagi eng kichik qush deb kolkibri-asalariqushi hisoblanadi. Bu qushlarning uzuligi tumshigʻi va dumi qoʻshib hisoblanganda bor-yoʻgʻi 5 sm ni tashkil etadi. Kolibrining ogʻirligi esa 1,6gr ni tashkil etadi. Hattoki tuyaqushning birgina pati ham bundan ogʻirroq. Biroq shunday jajji tanada ham yurak urib turadi va bir daqiqada 500 martagacha boradi. Kolibri qushi orqaga uchishni biladigan yagona qushdir. Uning qanotlarini bir daqiqada 90 marta qoqa oladi. Kolibri qushi juda harakatchan va joʻshqin hayot tarzini olib boradi. Bu qush yeb tuʼymasdir. Undagi moddalar almashinuvi shunchalik tezki, 16 soat ichida yuz martadan ortiqroq ovqatlanad iva suv ichadi, bu uning oʻz ogʻirligidan ham koʻproqdir.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Yaltiroq Kettsal

Yaltiroq Kettsal

Bu qush turi Janubiy Meksika hamda Panama taraflarda yashaydi. Oʻzining uzunligi 35 sm gat eng boʻlib, yana uzun dumsimon patlariham bor. Bunday goʻzallik narlarda boʻladi. Tepadan qaraganda qush metal yaltiroqli hamda tillarang tusli och yashil rangda koʻrinadi. Qorinchasi malina rangida,pastki tomondagi dumi esa oqdir. Bunday goʻzal qush asosan okoteya mevalari bilan taomlanadi, biroq hasharotlardan, qurbaqa va kaltakesaklardan ham hazar qilmay,ularni ham yeyaveradi. Bu qush bir paytlar maya va atseklar qabilalari uchun muqaddas hisoblangan, uni havo hudosi deb hisoblaganlar. Patlaridan hattoki diniy marosimlarda ham foydalanganlar.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Goatsin

Goatsin

Goattsin qushlarining polaponlari shunisi bilan qiziqki, ularning qanotlarida chantallari (tirnoq) boʻlib, ular yordamida daraxt shoxlariga osilib oladilar, va hattoki daraxtlarda harakatlanadilar. Bu xususiyat ilk qushlarda boʻlgan va ulardan meros sifatida oʻtgan. Biroq qush katta boʻlgan sayin bu xususiyat yoʻqola boradi. Bu qushning goʻshtini yeb boʻlmaydi,shuning uchun uni “sassiq” deb ataydilar. Lekin chiroyli koʻrinishi tufayli qush Gayana davlatining milliy belgisi hisoblanadi va gerbiga tasviri qoʻyilgan.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Toporik

Toporik

Aniqlanishicha, qushlar nafaqat havoda uchar ekanlar.Bu qushcha bu harakatini suvda ham bajara olar ekan. Toporik qushi qadimgi qushlardan boʻlib, ularning ilk ajdodlari 15 mln yil avval han yashaganlar.Tashqi koʻrinishidan bu qushlar pingvinlarga oʻxshasada, ular bilan hech qanday qarindoshligi yoʻq. Toporiklar yaxshigina suza ham oladilar va bunda qanotlaridan foydalanadilar va hattoki kichik baliqlarni tutib yeyish maqsadida 100 metrlik chuqurlikkacha ham tushishlari mumkin.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Dubulgʻasimon tumshuqli kalao

Dubulgʻasimon tumshuqli kalao

Bu qush turi juda noyob boʻlib, uni Malay yarimorolida, Sumatra va Borneoda uchratish mumkin. Kalao karkidonsimon qushlar oilasiga mansub boʻlib, tumshugʻi dubulgʻasimon koʻrinishga egadir. Qushning boshi va dubulgʻasimon tumshugʻi tanasining 10% ni tashkil qiladi.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Jannat qushlari

Jannat qushlari

Jannat qushlari xalq ogʻzaki ijodida afsonaviy obrazsifatida gavdalanadi. Ular qoʻshiqlar, afsonalar va qadimgi rivoyatlarda uchraydi. Aslida esa bu qushlar chindan ham mavjud boʻlib, Yangi Gvineya va Avstraliyada istiqomat qiladilar.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Kafrlik shoxli qargʻa

Kafrlik shoxli qargʻa

Bu qush karkidonsimon qushlar oilasiga mansub boʻlib, shoxli qargʻalar turigakiradi. Uni ekvatorning janubida, Afrika savannalarida uchratish mumkin. Bu qargʻa tutishi mumkin boʻlgan har qanday hayvonni tanavvul qilishi mumkin.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Sersoqol

Sersoqol

Sersoqol nomli qush qirgʻiylar oilasiga mansub boʻlib,soqollilarning yagona turidir. Bu yirik hajmli qush boʻlib, 95-125 cm ni tashkil qiladi. Ogʻirligi esa 7,5 kg ga teng, qanotlarini ochganda 308 sm gacha boradi. Sersoqol qushi Kichik hamda Markaziy Osiyoda, Sharqiy va JanubiyOsiyoda hamda Janubiy Yevropada uchraydi. Oʻrta Osiyoda bu qush boltayutar deb ataladi.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Nahangboshli qush

Nahangboshli qush

Bu qush laylaksimonlar oilasiga mansub boʻlib, koʻzlarining joylashishi bilan ajralib turadilar. Koʻzlar qush chanogʻining ikki yonida emas, balki chanoqning oldingi qismida joylashgandir. Shu sababli u hamma narsani katta hajmda koʻradi.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Janubiy Amerika garpiyasi

Janubiy Amerika garpiyasi

Bu qirgʻiylar oilasiga mansub yirtqich qushdir. Nomidan ham maʼlum boʻlgandek, bu qushlar Markaziy hamda Janubiy Amerikadaistiqomat qiladi. Ularning panjalari juda katta boʻlib, katta ogʻirlikni ham bemalol ushlay oladilar. Panjalarda uzun qora tirnoqlari bor.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Qora oyoqli mitti lochin

Qora oyoqli mitti lochin

Bu dunyodagi eng mitti yirtqich qush boʻlib, uzunligi15 sm, ogʻirligi esa 35 gr ga teng. Qora oyoqli mitti lochin Osiyoning Janubi-Sharqida ushraydi va eng jajji yirtqich qush sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Krachka-inka

Krachka-inka

Bu kulgili moʻylovli dengiz qushlari Peru va Chiliqirgʻoqlari yaqinidagi qoyalarda yashaydilar. Ular baliqlarni yeydilar va mushukka oʻxshab ovoz chiqaradilar. Krachlarning salobatli bu oq moʻylovlarining har birining uzunligi 5 sm gat eng boʻlib, aslida ular moʻylov emas, qushning patlaridir.

Yer yuzidagi noyob qushlar

Moviy oyoqli merov qush

Moviy oyoqli merov qush

Qushlarning yerdagi kulgili va besoʻnaqay yurishlaritufayli shunday nom bilan ataladilar. Biroq suvda bu qushlar umuman oʻzgacha koʻrinadilar.

Yer yuzidagi noyob qushlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar