Bu koʻzlar odamlarga emas, balki ilohlarga tegishli koʻzlarga oʻxshaydi, butun bir koinotga eshiklar

Xuddi, butun olam jàm boʻlgan bir juft qimmatbaho toshlarga jon kirganidek. Baʼzan bu qaygʻu, dard va boshdan kechirilgan yoʻqotishĺar dunyosi baʼzan esa, u sevgi va baxt koinoti, gohida esa u asrlar donishmandligining oliyjanob nuridir. Bunday koʻzlarga nigoh solgan kishi xech ham befarq qola olmaydi.




Balki ular aslo odamlar emasdir? Aniqrogʻi, ruhlar olamiga yoʻl boshlovchi boʻlgan odamlar yoki tanalariga qandaydir samo kuchlari kirib olgan odamlarmi? Boʻlmasa bunday goʻzallik, ichki begʻuborlik va qudrat qayerdan? Albatta, har bir vaziyat uchun zerikarli, prozaik javob bor boʻlib: surʼatkash butun bir kun apparaturasini sozlab, omadli kadrni poylab va son sanoqsiz kadrlarni buzib quyib sarf qilgan. Bundan avval eda oylab toʻgʻri keladigan tipajni qidirgan. Lekin biz koʻproq ertakka ishonishni istaymiz, shunday emasmi?




Agarda koʻzlar odam ruhining koʻzgusi boʻlsa, u holda u bu odamlarda qanday? Ayniqsa eng kichkina, sof va begʻuborlarning. Yoki hamma gap vaziyatlarning banal ravishda bir biriga toʻgʻri kelishiidami, ular genlarni antiqa yoʻl bilan aralashtirib yuborgan boʻlib, quyidagilarni nostandart koʻzlar bilan taʼminlab berganmi? Shunday ekan, ilm fan yutuqlari bizlarga tabiatning ajoyibotini takrorlash imkonini berib, barcha xohlovchilarni shunday goʻzal koʻzlar bilan taʼminlashga imkon beradimi? Bir ozgina oxshaydigan boʻlsa ham. Shubhasiz, kelajakda goʻzal koʻzlarni, biseps yoki boshqalarni trenirovka qilgandek, "kachat" qilish mumkin boʻladigan trenajyor zallari paydo boʻladi. Xech qanday kimyoviy moddalar va plastik operasiyalarisiz.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



