Sayohat

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi
Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Ushbu otelning mehmonlari shaffof elastik materialdan tayyorlangan yirik pufaklarda yashaydilar. Bu material kunduzi quyoshning ultrabinafsha nurlaridan saqlaydi, kechqurunlari esa hasharotlar va namlikdan himoya qiladi. Poli oʻtdan tayyorlangan boʻlib, xona ichkarisiga silindrli koridorlar orqali kirish mumkin. Otelning narxi - $ 139 dan boshlanadi.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Bu dengiz boʻyidagi kurort mehmonxona boʻlib, uning bitta xonasi – suzib yuruvchi uychadan iborat. Ushbu ekzotik konstruktsiyaning palubasida kunduz kunlari quyosh nurida toblanish yoki kechalari yulduzlarni tomosha qilish mumkin. Suv osti yotoqxonadan dengiz tubidagi baliqlarning hamda kalmarlarning hayotini kuzatish mumkin. Underwater room otelida yashash bir kechaga -$ 1000 atrofida.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Bu noyob otel 74 ta xonadan iborat boʻlib, ulardan 25 tasi 15 metr chuqurlikdagi suv ostida joylashgan, qolganlari esa suv ustida joylashgan. Pastki qavatlarda dam olayotgan mehmonlar dengiz jonivorlarining hayotini kuzatishlari mumkin, buning uchun ular suv ostida yashovchilarni jalb qiluvchi maxsus svetni yoʻqishlari lozim. Otelda 7 kun yashash bir kishiga $15 000 ga teng, ikki kishiga $30 000.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Hashamatli apartamentlarga ega Arktika oteli shundoqqina archazorda joylashgan. Otel Shimol yogʻdusidan bahra olish uchun ajoyib imkon yaratadi va Santa-Klaus Qishlogʻini ziyorat qilish uchun juda qulaydir. Mehmonxona narxi – 2 sutkaga $850 ga teng.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Boing 747- 212B samolyoti bir paytlar kasodga uchragan shvetsiya kompaniyasiga tegishli boʻlgan, soʻngra unga oʻzgartirish kiritib, Arland aeroportining kiraverishiga oʻrnatdilar. Unda 29 xona boʻlib, eng shinam xonalar uchuvchilar kabinasida joylashgan. Uchuvchilar kabinasidan aeroport kafdek koʻrinadi, boshqa xonalardan esa uchish yoʻlagini korish mumkin. Bu yerda bir kecha-kunduz turish $136 ga tengdir.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Bu noodatiy otel 3 ta shaffof kapsuladan iborat boʻlib, Perudagi Kusko Muqaddas vodiysida 120 metr balandlikda joylashgan. Bu otel tuzilishining qulayligi uchun vodiy manzarasidan bahra olish mumkin. Bu kapsulalarga yetib olishning oʻzi bir sarguzasht – qoyalardan chiqib, togʻning mashaqqatli yoʻllarini bosib oʻtish kerak. Kapsulada 8 kishi yashashi mumkin, bir kishiga bir sutka uchun 270$ toʻlanadi.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Noyob shakldagi bu hashamatli otel oval formada boʻlib, 27 ta qavati suvdan balandda, ikkitasi pastroqda. Dunyoning eng qimmat mehmonxonalarining oʻntaligiga kiradi. Bir sutka turish bahosi $200 ga teng.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Bu otelning fasadi 70 ga yaqin bir-birining ustiga qurilgan uylardan iborat – kottejlardan tortib, shahar chetidagi ichi uylargacha, bular Amsterdamning odatiy uylaridir. Bu mehmonxonada bir kecha kunduz yashash $ 130 ga tushadi.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Bu otelning xonalari shar shaklida yasalib, daraxtlarga osib qoʻyilgan. Agar siz shu xonalarga joylashsangiz shamolda yengil tebranib uxlashingiz mumkin. Bir kecha kunduz yashash narxi - $ 155 ga teng.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Yangi Zelandiyadagi Tasman regionining markazida ulkan botinka shaklidagi 2 qavatli kottedjli mehmonxona joylashgan boʻlib, u ikki kishigagina moʻljallangan boʻlib, romantic dam olish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bir kecha kunduz yashash narxi - $ 250 bir juftlik uchun.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Bu Nayrobining eng mashhur mehmonxonalaridan biri hisoblanib, ajoyib bogʻ hamda ayvonchasiga egadir. Lekin eng asosiysi – bu yerda kunni jirafalar bilan oʻtkazish mumkin. Bir kecha kunduz yashash narxi -$ 490 ga teng.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Bu otel YUNESKO himoyasida turgan Tingvedlir Milliy bogʻining yaqinida Xeyngidl vulqoni qoyasida joylashgan. Mehmonxona huddi togʻlar ichidan paydo boʻlib, havoda muallaq osilib qolganga oʻxshaydi. Bu yerda bir sutka yashash narxi - $496 ga teng.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Bu eko-otel Germaniyada joylashgan boʻlib, oʻzining uzumzorga qaragan ulkan bochkasimon original xonalari bilan tanilgan. Otel adirliklarda, daraxzor yaqinida joylashgan. Bu mehmonxonada bir sutka yashash -$156 ga teng.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Amazonka djungliyalarida yomgʻir yoki ovozi yoki qushlarning sayrashi ostida uxlash – haqiqiy orzudir. Otelning xonalari daraxtlarga oʻrnatilgan boʻlib, mehmonlar aynan shu yerda dam oladilar. Tashqaridan qaraganda xonalar qushlarning uyasini eslatadi. Bunday sharoit Peru tabiati bilan uygʻunlikda dam olish imkoniyatini beradi. Bahosi ikki sutkaga -$ 1 238 ikki kishi uchun.

 

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Icehotel – Shvetsiyaning haqiqiy javohiridir. Uning betakror interyeri va arxitektura ansamblini har yili butun dunyodan tashrif buyuradigan rassom va haykaltaroshlar yaratadilar. Muz xonalarni jihozlashda svetodiod lampalar, hayvonlarning terilari, suratlar va muz haykallardan foydalaniladi. Bu muz xonalarda yashashni istovchi mehmonlarga ogohlantirishishlari olib boriladi. Otelda bir kechadan ortiq yashash tavsiya etilmaydi, narxi ham bir kecha uchun - $578 ga teng.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Treehotel oteli tashrif buyuruvchilarga shundoqqina daraxtlarda joylashgan ajoyib xonalarni taqdim etadilar. Mehmonlar yashash uchun turli koʻrinishdagi xonalarni tanlashlari mumkin: manzara koʻrinishli oynali kapsulalar, yirik qush uyasi, koʻzgudan yasalgan kub yoki havoda muallaq turib qolgan uchar likopcha. Ikki kishi uchun yashash bahosi - $503 ga teng.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Bu otel dunyoning eng yuqori togʻ choʻqqisida joylashgan mehmonxonalaridan biri boʻlib, dengiz sathidan 3912 metr balandlikda joylashgan. Endi Elbrus choʻqqisiga chiqish nafaqat ekstremal, balki qulay ham boʻlib qoldi. Albatta, sayyohlar endi hamma qulayliklarga ega mehmonxonalarga joylashishlari mumkin: issiq va sovuq suv muhayyo, pol isitiladi, Wi-Fi bor, toʻlaqonli uch mahal ovqat. Otelga yetib olish uchun avval argimchoq yoʻlorqali 3 800 metr yoʻl bosib oʻtiladi, soʻngra snegoxodda eshigining tagigacha borilladi. Bu yerda bir kecha kunduz yashash narxi - $ 7500-8800 ga teng.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Ushbu ekzotik mehmonxona etnik koloritga ega boʻlib, qordan qurilgan iglu inshootlarining majmuasidan iborat. Ularning ichida xoll, bar va kamin bot. Karavotlar qordan yasalgan boʻlsada, hayvonlarning terisi va yotoq tizimi tufayli ularda sovuq qotmasdan bemalol uxlash mumkin. Otelda bir sutka yashash – $2000-9000 ga teng.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Ushbu ertaksimon togʻ uychasi Uilo-Uilo qoʻriqxonasida joylashgan boʻlib, tashqi koʻrinishi vulqonni eslatadi. Bu otelga faqatgina osma koʻprik orqali yetib olish mummin. Ikki sutka yashash narxi - $367 ga teng.

Taʼriflashga til ojiz boʻlgan dunyoning 20 ta mehmonxonasi

Muqaddas Lavrentiy daryosida 1862 yilda mayoq qurilgan boʻlib, yuz yil oʻtib tashlandiq holga tushgan edi. 1989 yilda uni otel sifatida tikladilar. Bu yodgorlikda 32 ta xona boʻlib, ular oʻtgan asr koʻrinishida bezatilgan. Bir kishi uchun yashash - $ 175 ga teng.   

  

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar