Toʻgʻnogʻich qanday paydo boʻlgan?

Tarixchilar fikriga koʻra, ayollar libosidagi ilk dekorativ elementlar bundan 5000 yil avval paydo boʻlgan. Bronza asriga kelib esa toʻgʻnogʻichlar mahsus buyum sifatida liboslarga qadala boshlagan.

Ushbu buyum, ayniqsa, Skandinaviya, Germaniya va Vengriyada ommabop boʻlib, temir asrida Yevropa mamlakatlarida paydo boʻldi.

Oʻsha davrdagi Vengriya toʻgʻnogʻichlari hozirgi ingliz toʻgʻnogʻichlarini yodga solgan.

Qadimgi Yunoniston va Rim toʻgʻnogʻichlari qimmatbaho toshlar bilan bezatilib, zargarlik sanʼati namunalarini oʻzida aks ettirgan.

Uygʻonish davrida toэgʻnogʻichlarning klassik uslubdagi variantlari paydo boʻldi va asta- sekinlik bilan oʻz koʻrinishini oʻzgartirib bordi.

Ushbu buyum bugungi kunda ham insonlarga beminnat hizmat qilish va turfa obrazlarni toʻldirish uchun keng qoʻllanib kelinmoqda.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



