Ishlatilishi haqida siz oʻylab ham koʻrmagan 20 ta oddiy narsa

Biz har kuni ishlatadigan oddiy narsalar, koʻpgina syurprizlarga ega. Biz ular haqida hamma narsani bilamiz deb oʻylaymiz, ammo bu unday emas. Biz siz uchun kundalik turmushda ishlatiladigan predmetlar haqida eng kutilmas faktlarni yigʻdik.

Qutining burchaklaridan tayoqchalar bilan ugra vaguruchni olishda qoʻllar mohirligini mashq qilsa boʻladi, albatta. Va qutini ochsa ham boʻladi, shunda u yeyish uchun ancha qulay tovoqchaga aylanadi.

Bu elektrik zanjirlardagi yuqori chastotali xiraliklarni yoʻqotadigan ferritli filtrdir. U sababli sonli signal sifati yaxshilanadi. Aytgancha, bu filtrlar olib qoʻyiladigan ham boʻlishi mumkin.

Bu tugma galstuk yoqa orqasidan chiqib turmasligi uchun kerak. Oxirgi vaqtlarda bu kabi koʻylaklar unchalik koʻp uchramaydi,chunki bu tugma ichiga sigʻadigan tor galstuklarga boʻlgan moda oʻtib ketdi.Hozir bu tugmalar faqatgina bezash funksiyasini bajaradi.

Shishani poʻkak bilan yopayotganda, uning pastki qismiga katta bosim beriladi. Pastki qismdagi chuqurlik oʻsha bosimni teng taqsimlashga yordam beradi, va shu uchun shisha sinmaydi. Aytgancha, yorqin vinolar uchun moʻljallangan shishalarda chuqurlik, boshqa vino shishalaridagiga qaraganda kattaroq boʻladi.

Nega koʻylakdagi barcha ilmaklar vertical joylashgan boʻlib, tepadagisi – gorizontal joylashgan? Javobi oddiy: bu joyda koʻylak koʻpincha ochilib ketadi. Gorizontal ilmakdan tugma, vertikal ilmakdagiga qaraganda tez chiqib ketmaydi.
Ulardan kam kishi foydalanadi, ammo ushbu teshikchalar orqali krossovkalarni shunday bogʻlab qoʻyish mumkinki, ular oyoqda ideal tarzda turishi mumkin va sport bilan shugʻullanayotgan vaqtda tovoningizni hech qachon urmaydi.

Odatiy “ventilyatsiya uchun” degan javobdan tashqari, boshqa fikr ham bor. Gap shundaki, boshida Converse All Stars poyafzallari basketbolchilar uchun moʻljallab ishlab chiqarilgan. Kedilar shundaybogʻlanganki, bogʻlama uchbu qoʻshimcha teshikchalar ichidan ham oʻtgan.Shuning uchun poyafzal juda qattiq turgan.

Qancha spagettini qaynatish ustida koʻp oʻylamasligingiz uchun, mana shu teshik qilingan. Uning ichiga sigʻadigan spagetti bir kishiga toʻgʻri keluvchi standart hajmdir.

U sizga nafaqat idishni ilmakka osib qoʻyishingiz uchun kerak boʻlishi mumkin. Bu tuynukni ovqatni aralashtirish uchun ishlatiladigan qoshiq uchun ushlagich sifatida ham ishlatiladi.

Bolalar doimo hamma narsani ogʻizlariga olishadi, va sharikli ruchkalarni esa maktab yoshida ham tishlab oʻtirishni koʻplar yaxshi koʻradi. Agar bola bexosdan qopqoqni yutib yuborsa, ushbu teshik uning boʻgʻilishiga yoʻl qoʻymaydi.

Bu, afsuski, hamma avtomashinalarda ham boʻlmagan daho ishoradir. Strelka mashinadagi bak qaysi tomonda ekanligini koʻrsatadi. Ijaraga olingan avtomobilga yoqilgʻi qoʻyish uchun kerakli boʻlgan ajoyib narsa.

Ushbu holni tushuntirish ancha texnologik darajada: kichik teshik shirinlik tayoqchada yaxshi turishi uchun kerak. Tayoqchani hali suyuq sirop ichiga solganlarida u teshik ichiga quyiladi va qotishida konfetani mustahkamlab qoʻyadi.

Bu albatta choʻntakcha emas. Gap shundaki, u ichki kiyim matosidan farq qiladigan maxsus yumshoq matodan qilinadi. Uning ikki cheti chetdagi choklar ichiga kirgiziladi, orqa cheti ichki chok bilan tikib qoʻyiladi. Yana bir ichki chok urishning imkoni yoʻqligi sababli, uning oldingichetini ochiq qoldiriladi. Ichida biron narsa saqlash uchun moʻljallanmagan oʻziga xos choʻntakcha hosil boʻladi.

Avallari bu kabi kesik chiziqlar faqat turistik ryukzaklarda boʻlgan: bu kesiklar orqali arqon va karabinlar oʻtkazilgan. Shahar ryukzaklariga ular shunchaki bezak uchun tikib qoʻyiladi.

Hozirda ular barcha klassik shimlar uchun zarur narsa hisoblanadi, ammo ularni ataylab hech kim oʻylab topmagan. Gap shundaki, XIX asrda kiyim tikishga asoslangan koʻpgina korxonalar mahsulotni eksportga chiqargan. Yukning uni transportda yetkazish vaqtida iloji boricha kamroq joyni olishi uchun, kiyimni yuborishdan oldin preslashgan. Natijada, matoda siniqlar hosilboʻlgan, va ulardan qutulishning umuman imkoni boʻlmagan. Ular bilan yashashgatoʻgʻri keldi.

Kulgili, yumshoq shariklar birinchi boʻlib XVII asrda fransuz suzuvchilarining shapkalarida paydo boʻlgan, chunki suzuvchilarga oʻsha vaqtda kemaning past devorlariga oʻz boshlarini urib olish jonlariga tekkan edi. Keyinchalik turli shakldagi va rangdagi pomponlar koʻpgina harbiy bosh kiyimlarida ham paydo boʻldi. Ular vositasida uning egasi qaysi qoʻshinda xizmatqilishini aniqlash mumkin edi.

Kanselyar pichogʻining oʻtkirligi ketgan boʻlaklarinisindirishning koʻpgina usullari mavjud. Buni qoʻlda, barmoqlarni xafga qoʻyib,yoki qisqichdan foydalanib sindirish mumkin, lekin pichoqning oʻziga eʼtiborbilan qarash mumkin. Uning ushlagichi oxirida qopqoq bor, va uni chiqarib,lezviyaning kerakli boʻlimiga qoʻyib, uni sindirish mumkin.

U katta uzunlikni yakka holda oʻlchash uchun kerak boʻladi. Uzunlik boshiga vint urib qoʻyiladi, va uning uchiga ruletkadagi tuynuk kirgizib qoʻyiladi, va usta kerakli joyga boraveradi.

Bu raqam Heinz kompaniyasining reklama shiori (“57 xildagi”) ning bir qismi boʻlishidan tashqari, shishadagi bu raqamning amaliy foydasi ham bor. Agar ketchup suzilmasa, 57 raqami ustiga ikki marta urib koʻring.

Odatda ular ichida tovalarni saqlaniladi. Ammo aslidabu Javon isituvchan deb ataladi. Reja boʻyicha bu javon ichiga pechda boshqaovqat pishishiga qadar tayyor ovqatlar sovimasligi va isitilishi uchunqoʻyiladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



