Bolalarning daraxtdagi uy haqida orzusini roʻyobga chiqargan 7 ta mehmonxona

Endilikda esa bu narsaning imkoniyati paydo boʻldi. Biroq, har doimga emas, balki vaqtinchaga: baʼzi bir mehmonxonalar daraxtlarda qurilgan xonalarda toʻxtashni taklif qilmoqdalar.




Keemala mehmonxonasi oʻzining mehmonlariga Bird's nest, yoki oʻzbek tiliga tarjima qilganda, "qush uyasi" nomli xonalarida toʻxtashni taklif qilmoqda. Bu nomerlarda, barcha qulayliklardan tashqari, hattoki, 30 metrlik basseyn ham bor. Va bularning barchasi bir kecha uchun 20 ming rubldan sal koʻproq pul evaziga sizniki boʻladi.



Agarda sizni tropik oʻrmonlar oʻziga rom etmasa va sizga koʻproq skandinav koʻrinishlari yoqadigan boʻlsa, u holda sizning yoʻlingiz Shvesiyaga, Tree Hotelga tomon yotadi. Bu yerda mehmonlar bir biriga oʻxshamaydigan bir nechta daraxtdagi uychalardan birini tanlashlari mumkin boʻladi. Ular turli ishlarni stillarda qurilgan: yogʻochli, koʻzguli, hattoki nomaʼlim uchar jism koʻrinishidagi uylar bor. Nomerlarning narxlari 31 ming rubldan boshlanadi, biroq, daraxtdagi nomerning derazasidan koʻrinadigan oʻziga rom etuvchi manzaralar bunga arziydiku?



Agarda siz sivilizasiya neʼmatlaridan charchagan boʻlsangiz, u holda bu mehmonxona aniq siz uchun. Qoziqoyoqlardagi yogʻoch uychalarda na telefon, na internet, na elektr quvvati yoqdir. Mehmonlar uchun sogʻlomlashtirish markazi va alohida qilingan nudistlar plyaji taklif etiladi. Kafeda eda organik taomlar taklif qilinadi. Nomerlar bahosi 18 ming rubldan boshlanadi.



Oʻrmonga boʻlgan maftunkor koʻrinishlar bilan Tsala Treetop mehmonxonasining daraxt uchidagi uychadan turib bahramand boʻlish mumkin. Har bir nomerda kichik basseyn va ochiq ayvon bor. Shu bilan birga mehmonxonada osma terrasa bor boʻlib, unda mehmonlar ovqat vaqtida ajoyib manzaralardan zavqlanishlari mumkin. Nomer uchun narxlar 15 ming rubldan boshlanadi.



Tioman orolida, tropik oʻrmonda mehmonxona berkitilgan boʻlib, ungacha faqat suv orqali yetib borish mumkin boʻladi. Daraxtlarda qurilgan yogʻoch uylardan Janubiy-Xitoy dengiziga maftunkor manzaralar ochiladi. Va bu hashamatning barchasi uchun 10 ming rubl toʻlash kerak boʻladi.



Kedr xodalarida joylashgan gʻayrioddiy mehmonxona AQSH da joylashgan. Har bir uycha turli xil shaharlar stilida bezatilgan. Shu sababli ijarachilar qayerda yashashni tanlashlari mumkin: Venesiyadami, Nyu-Yorkdami, Santa-Fe, yoki Parijdami. Nomerlar narxlari 8 ming rubldan boshlanadi.


Nuuksio milliy bogʻidagi ekolager - bu noodatiy plalatkali shaharcha boʻlib: bu yerda palatkalar yerdan balandda daraxtlarga osib qoʻyilgan. Goʻzal tabiat hamda, piyoda sayr va koʻlda choʻmilishlar qoʻshimcha taassurotlar qoldiradi. Ba bularning barchasi bir kecha uchun 150 evro evaziga.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



