Oʻzining haybati va shiddati bilan hayratga soladigan dunyoning goʻzal sharsharalari



Tugela sharsharasi Janubiy Afrikada joylashgan boʻlib, qirollik milliy bogʻida joylashgan, kattaligi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Balandligi – 411 metr.


Bu sharshar Braziliya bilan Argentina chegarasida joylashgan boʻlib, dunyodagi bahaybat sharsharalardan biri hisoblanadi. Aslida Iguasu – bu bir emas, 275 ta sharsharadan tashkil topgan butun bir tizimdir.


Bu sharshara Kaliforniyada, Yosemiti milliy bogʻida joylashgan. U dunyodagi eng baland sharsharalardan biridir, balandligi – 739 metrga teng. Qiziq joyi shundaki, bu sharshara qishda toʻxtaydi, bahor va yozda esa yana shiddat bilan oqishda davom etadi.


Anxel – dunyodagi eng baland sharsharadir. Uning balandligi – 979 metr boʻlib, mashhur Niagara sharsharasidan 15 marta kattadir. Bu sharshara Venesueladagi Kanayma milliy bogʻida joylashgan. Har yili minglab turistlar tabiatning bu moʻjizasini tomosha qilish uchun mamlakatga tashrif buyuradilar.


Kauai – Gavaya orollarining eng asosiysi boʻlib, 6 mln yillar avval vujudga kelgan. Katta miqdordagi yogʻingarchiliklar togʻlarda chuqur kanyonlarga ega boʻlgan sharsharalar hosil boʻlishiga olib keladi.



Niagara sharsharasi AQSH ning shimoli-sharqida joylashgan boʻlib, dunyodagi eng shiddatli sharsharadir – bir soniyada 2,8 mlnlitr suv 53 metr balandlikdan tushadi. Minglab turistlar bu tabiat manzarasini tomosha qilish uchun tashrif buyuradilar.


Viktoriya sharsharasi shiningdek AfrikaningGubburlovchi Tutuni degan nom ham olgan. Sababi 108 metr balandlikdan soniyasiga bir necha ming litr suv tepadan tushar ekan, shovqin soladi. Shotlandiyalik tadqiqodchi Devid Livingston bu yerga 1855 yilda tashrif buyurar ekan,sharsharaning goʻzalligi va buyukligiga maftun boʻlib, uni qirolicha nomi bilan atagan.


Gokta – Peruda joylashgan boʻlib, kattaligi boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinda turadi. Uning balandligi – 771 metr. Ajab, bunday sharshar borligi 2005 yilda maʼlum boʻldi,ungacha esa uning manzarasiga mahalliy aborigenlargina mahliyo boʻlganlar.


Yangi Zelandiyada Sazerlend nomli sharhsara bor. U Janubiy orolda joylashgan boʻlib, dunyoning eng goʻzal va moʻjizakor sharsharasi hisoblanadi. Unga yetib borish juda mushkul, biroq bu shunga arziydi. Yashil daraxtzorlar bilan oʻralgan 580 metr balandlikdagi qoyalardan tushayotgan ingizchka suv oqimi fantastik manzarani beradi.


Islandiyadagi Dettifos sharsharasi – Yevropadagi eng shiddatlidir. Uning balandligi 40 metr, tezligi esa soniyasiga 200 kub metr.Ushbu sharshara goʻzal qoyalar, togʻ daralari va koʻllar bilan oʻralgan boʻlib,mahalliy aholi hamda sayyohlar orasida birdek mashhur.


Inga sharsharasi Kongodagi mashhur Livingston sharsharalari tarkibiga kiradi. U dunyodagi eng shiddsatli sharsharalardan biridir. Uning balandligi – 96 metr.


Royoviki sharsharasi Norvegiyaning Shibotn shahrida joylashgan. Bu shahar oʻzining astrofizik obsevatoriyasi bilan mashhur boʻlib,bu observatoriya dunyodagi eng shimoliy observatoriya hisoblanadi.

Chjenchjutan sharsharasi Xitoydagi Tsyuchjaygou qoʻriqxonasida joylashgan boʻlib, oʻzining koʻrinishi bilan odamni oʻziga mahliyo etadi.Qoyalar tepasiga yoʻʼlaklar boʻlib, sharshara ular bilan toʻqnashganda koʻplab mayda sharsharalarga boʻlinadi hamda shiddat bilan pastga tushadi.

Muzlab qolgan Rido sharsharasi Kanadaning Ottava shahrida joylashgan. Bu sharsharaga 1613 yilda Samuel de Shamplen nom bergan. Ubu sharsharani osilib turgan pardaga oʻxshatgan (Rideau – fransuzchasiga “parda”).Keyinchalik bu sharshara sharafiga Rido daryosi ham shunday atalib, undan keyin esa Ottavadagi boshqa obʼyektlar hamshu nomni olganlar.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



