Dunyoning turli mamlakatlarida bolalar tarbiyasidagi gʻayrioddiylik


Qaysidir mamlakatda bolalarga hamma narsa uchun ruhsat beriladi, boshqalarida kichkintoylar qatʼiy qoidalarga rioya qiladilar va boʻynilariga yuklangan vazifalarni soʻzsiz bajarishlari lozim. Ushbu maqolamizda turli xalqlarda kichkintoylarning vazifalari haqida soʻz boradi.

Xitoylik bolalarning kundalik hayoti ogʻir.
3 yoshdan boshlab Xitoyda bolalarni tarbiyasidagi asosiy narsa – kamtarlik va itoatkorlikdir. Bogʻcha yoshidan boshlab har bir bola kattalarning (kim boʻlishidan qatʼiy nazar) aytganlarini soʻzsiz bajarishlari zarur. Bolalarning kun jadvali ota-onalari tomonidan soatma-soat qilib belgilab beriladi va bu jadval, qoida tariqasida yillar davomida oʻzgarmaydi. Bola 4-5 yoshga toʻlganida, ota-onasi unga uydagi vazifalarini ham belgilab beradi. Maktabdan tashqari bir nechta sektsiyalarga qatnashishi zarur, albatta. Xitoylik ota-onalar farzandlari uchun oʻzlari oʻyinchoqlarni tanlaydilar hamda ularning boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazish kerakligini belgilaydilar, kamdan-kam hollarda ularni maqtaydilar va gap qaytarsalar qattiq jazolaydilar.

Tailandda bolalar bir-birlarini tarbiyalaydilar va mehnat qiladilar.
Tailandda katta bolalar kichik yoshdagi bolalarga qarashadi. Oʻynasalar ham, ishlasalar ham turli yoshdagi bolalar doimiy ravishda birga boʻlishadi. Bolalarga masalan, sabzavotlarni tozalash yoki mevalarni saralash kabi tadbirlar taklif qilinishi mumkin. Bundan tashqari, katta yoshdagi bolalar oʻziga xos moderator boʻlishadi, kichik yoshdagi bolalar esa stajer boʻlishadi. Shu sababli, Tailand bolalari erta mustaqil boʻladilar. 3 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga jamiyat ichidagi xatti-harakatlarini tartibga solish erkinligi beriladi.
Qiziqarli fakt. Tailandliklar hech qachon bolaning chaqirishi yoki yigʻisiga yugurmaydilar. Ota-ona yigʻlayotgan yoki chaqirayotgan bolaga qaraydi, vaziyatni baholaydi va agar u sogʻligʻiga tahdid solmasa, chaqiruv/yigʻlashni eʼtiborsiz qoldiradi, shunda bola oʻz muammolarini oʻzi hal qilishni oʻrganadi.

Hissiyotlarga beriluvchanlik sodda odamlar uchun.
Angliyada 2-3 yoshdan boshlab, bola yuqori darajadagi odob hamda hissiyotlarni jilovlay bilish sanʼatini oʻrganish maqsadida maxsus muallimlar bilan dars oʻtadilar. Bu bolalar bogʻchalari qoshidagi maxsus kurslar boʻlishi mumkin. Bola katta boʻlganida, baʼzi demokratik ota-onalar unga odob-axloq borasida oʻzini-oʻzi tarbiyalashni taklif qilishlari mumkin: internetdagi video darslar va odob-axloq qoidalari boʻyicha kitoblar. Bola stol atrofida oʻzini tutishni, jamiyatda oʻzini tutishni oʻrganishi kerak. Ingliz ota-onalari bolaga mehrlarini tez-tez va doimiy ravishda bildiradilar, ammo bosiqlik bilan. Bu narsa shuningdek, inglizlarda birinchi farzandlarini 35-40 yoshga kirganlarida ega boʻlishlari bilan bogʻliq.

Fransuz bolalari mustaqildirlar.
Frantsiyada bolalar erta ulgʻayadilar va erta mustaqil boʻladilar. Qonunga muvofiq bolalar uyda yolgʻiz qolishlari, mustaqil ravishda maktabga borishlari va xaridlar qilishlari mumkin. Erta yoshda (1-2 yosh) ota-onalar farzandlarini bolalar bogʻchasiga berib, oʻzlari ishlashga ketadilar. Kichik yoshdagi bolaga doimo ota-onalar tarafidan biron bir narsada yordam berish taklif qilinadi: qahvaga sut qoʻshib berish, non solingan likopchani olib kelish, svetni oʻchirish va hokazo.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



