Sizga qaroqchilar hujum qilishi mumkin boʻlgan 10 ta joy

Harbiy flotga yordam berish maqsadida xususiy sudlarni qoʻriqlash tizimi va ESRI xalqaro kompaniyasi yangi ArcGIS texnologiyasini ishlab chiqdi. U statistik hisob-kitoblar yordamida qaroqchilarning hujum qilish ehtimolini aytib bera oladi. ESRI bergan maʼlumotlarga koʻra, 2016-yil iyul oyida quyidagi joylarda qaroqchilarni uchratish ehtimoli yuqori:
Yil davomidagi hujum: 14
Malayziyalik askarlar yuqori tezlikdagi zamonaviy qayiqlarda qoʻriqlash tizmini olib borishadi. Ular yaxshi qurollangan va yaxshi tayyorgarlik koʻrgan boʻlsalar ham qaroqchilarning barcha hujumlarini toʻxtata olmaydi. Qaroqchilar moʻljallangan oʻljani eski usulda, motorli qayiqlarda olishga harakat qilishadi.

Yil davomidagi hujum: 16
Janubiy Koreya mahalliy qaroqchilardan saqlanish uchun maxsus otryad tayinlagan. Bu dengizchilar hattoki suzib yuruvchi bazaga ham ega boʻlib, u zamonaviy jang kemasi vazifasini bajaradi.

Yil davomidagi hujum: 22
Oldin Amerika va Eron askarlari bu sektorda birgalikda harakat olib borishgan. Bu yerning qoʻriqlash vazifasini USS Kidd raketali esminets olib borgan. U hattoki 2012-yilda qaroqchilar tomonidan egallab olingan baliq tutish kemasini ozod qilishda ham ishtirok etgan.

Yil davomidagi hujum: 24
Bu yerda doimiy ravishda AQSH va Indoneziya harbiy dengiz floti oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi. Lekin shunga qaramay, qaroqchilar oʻljalarga boy boʻlgan bu dengiz hududini tark etishga shoshilishmayapti. Birgina oʻtgan yilning oʻzida24 ta kema egallab olingan.

Yil davomidagi hujum: 30
Bengal koʻrfazi xuddi Robert Stivenson romanlaridagi kabi akula va qaroqchilarga toʻlib yotibdi. Afsuski, bu yerda xazinalar koʻplab uchramaydi. Lekin shatak guruhlarini uchratib qolish imkoniyati juda yuqori.
Yil davomidagi hujum: 36
2014-yilning 23-aprelida surbet qaroqchilar Kuala-Lumpur poytaxti yaqinidagi Port-Klang maydonidan neft tankerini olib qochishadi. Dengiz politsiyasi kemani magʻlubetadi, lekin ekipaj aʼzolaridan 10 kishini qutqara olmaydi.

Yil davomidagi hujum: 38
Va albatta, Karib dengizi qaroqchilari hech qayerga ketgani yoʻq. Eʼtiboringizda kruiz kemasiga hujum qilinishidan bir necha soat olingan rasm taqdim etildi.

Yil davomidagi hujum: 60
Singapur boʻgʻozi bir necha tijorat yoʻllarining tutashgan joyida joylashgan, tabiiyki, bu qaroqchilarning eʼtiborini tortadi. Koʻplab toʻdalar mahalliy kemalarni oʻzining qonuniy oʻljasi deb hisoblaydi va bemalol qurollangan dengizchilar bilan urush olib boradi.

Yil davomidagi hujum: 62
Oʻtgan yilda Filippin qirgʻoq qoʻriqlash tizimi hamda AQSH harbiy dengiz floti Antiterror guruhi qaroqchilar tomonidan Manilla yaqinida qoʻlga olingan quruq yuk kemasini magʻlub etishga majbur boʻldi. Oʻtgan yil mobaynida qaroqchilarning hujumlari tufayli 60 dan ortiq kema egallab olindi, taxminan yarmi haligacha topilgani yoʻq.

Yil davomidagi hujum: 116
Ayanchli roʻyxatimizda birinchilikni Gvineya koʻrfazi egalladi. Qaroqchilar bu yerda oʻzlarini xuddi uylaridagidek his qilishadi. Bu biznes bilan Nigeriya aholisining yarmi shugʻullanadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



