Forbes reytingi boʻyicha tarixdagi eng boy sportchilar

1.Maykl Jordan, basketbol (faoliyatini 2003 yilda tugatgan)
Umumiy ishlabtopgan puli $1,7 mlrd (sport va reklama orqali topilgan puli).
15 ta sezonda NBA ning buyuk basketbolchisi $93 mln ishlab topdi, endilikda Nike kompaniyasi Jordanga “Jordan” brendining gʻoyat zoʻr muvaffaqiyati uchun yiliga 100 mln dollardan ziyod maosh toʻlamoqda.

2.Tayger Vuds, golf (faoliyatda)
Umumiy ishlabtopgan puli $1,65 mlrd
Faoliyatining choʻqqisida turnir ketidan turnirda gʻolib boʻlar ekan, Vuds golf va reklamada yiliga oʻrtacha - $115-120 mln topar edi.Hozirgi kunda Tayger koʻp oʻynamaydi, biroq oldingiday $45 mln yigʻadi,sponsorlar tufayli.

3.Arnold Palmer, golf (faoliyatini 2006 yilda tugatgan)
Umumiy ishlabtopgan puli $1,35mlrd
Palmer turnirlarda 52 yil ishtirok etib, bor-yoʻgʻI $3,6mln toʻpladi. Biroq kʼop sonli reklama shartnomalari va brend mahsulotlarining assortimenti umrining oxirigacha yiliga $40 mln daromad keltirdi. Palmer 2016 yilning kuzida vafot etdi.

4.Jek Niklaus, golf (faoliyatini 2005 yilda tugatdi)
Umumiy ishlabtopgan puli $1,15 mlrd
1977 yilda Niklaus golfchilardan birinchi boʻlib, professional turda mukofot pulini $3 mln gacha olib bordi. Oltmishinchi yillarning boshidan esa golf maydonlarining dizayni bilan shugʻullanadi. Niklaus Design kompaniyasi butun dunyo boʻyicha 400 dan ortiq golf maydonlarini loyihalashtirib chiqdi.

5.MihaelShumaher, “Formula-1” (faoliyatini 2012 yilda tugatdi)
Umumiydaromadi $1mlrd
Shumaher – har yilgi Forbes reytingida yuroqi oʻrinlarni egallab kelgan olti sportchidan biri (1999 va 2000 yillar). 2000 yildan keyin uning daromadi yiliga $80 mln ga teng edi.

6.Kobi Brayant, basketbol (faoliyatini 2016 yilda tugatgan)
Umumiydaromadi $770 mln
Oxirgi olti sezonda Brayantning maoshi “Los-Andjeles Lakers” da ligada eng yuqorisi edi (yiliga $30 mln atrofida). Kobining reklamadagi daromadi yana ham kʼop boʻlishi mumkin edi, biroq 2003 yilda basketbolchi zoʻravonlikda ayblandi, shuning uchun koʻpgina kompaniyalar u bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdilar.

7.Floyd Meyvezer kichik, boks (faoliyatini 2015 yilda tugatdi)
Umumiy daromadi $765 mln
2015 yilda Meyvezer hamda Menni Pakyo oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang tashkilotchilarga $600 mln daromad keltirdi, gʻolib boʻlgan Meyvezer esa $240 mln ni qoʻlga kiritdi. Endilikda esa Floydni MMA ning bosh yulduzi Konor Makgregor jangga chorlayapdi – bu shou ancha qimmat turadi.

8.Fil Mikelson, golf (faoliyatda)
Umumiy daromadi $760 mln
2015 yilda Mikelson eng boy sportchilar reytingidaTayger Vudsdan oʻtib ketdi. U muhlislarining va kompaniyalarning yoqimtoyi. U bilan hamkorlik qiladigan reklama kompaniyalarining orasida Barclays, Rolex,Amgen (dori ishlab chiqaruvchi) va boshqa taniqli brendlar bor.

9.Devid Bekhem, futbol (faoliyatini2013 yilda tugatgan)
Umumiy daromadi $730 mln
Futboldan ketgandan keyin Bekhem yanada kʼoproq daromad ola boshladi. 2014 yilda ikkitra yirik shartnoma tufayli u $75 mln daromadga ega boʻldi: yangi viski (Diageo ning Haig Clubi) brendining reklamasida ishtirok etdi hamda Global Brands Group liniyasining brendli mahsulotlarini ishga tushirdi.

10.Shakil O Nil, basketbol (faoliyatini 2011 yilda tugatgan)
Umumiy daromadi $700 mln
Shakil NBA dagi 19 ta sezonda $292 mln topdi.Qolganlari reklama shartnomalaridan olgan daromadidir (70 dan ortiqmahsulotlar). 2015 yilda O Nil Authentic Brands Group kompaniyasiga Shaq brendi mahsulotlarining huquqlarini sotdi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



