Layfxak

Sinalgan layfxaklar. Bular ish beradi!

Sinalgan layfxaklar. Bular ish beradi!

Lekin, har ehtimolga qarshi, vikipediyani sitatasini keltirib oʻtaman: Layfxak (layfxaking dan, ingliz tilida life haking) slengda kichik ayyorlik, "xalq donishmandligi" yoki foydali maslahatlarni anglatadi. Ular turmushdagi muammolarni hal qilishda yordam beradi va shu bilan birga vaqtni tejaydi. Garov oʻynashga tayyorman, har bir oʻzini hurmat qiladigan xonimlarda bir juft boʻlsada, kichik sirlari bor boʻlib, ular yaxshi koʻrinishga ega boʻlish va vaqtni tejashga yordam beradi. Men ham baʼzi bir narsalar yigʻdim va siz bilan bu kichik aqlli maslahatlarni boʻlishishga qaror qildim.

Sinalgan layfxaklar. Bular ish beradi!

Agarda, boshingizni yuvishga vaqt yoʻq boʻlib tursa, lekin siz ish yuzasidan yoki uchrashuvga zudlik bilan borishingiz kerak boʻlib, shu bilan birga, koʻrinishingiz malikalardek boʻlishi kerak boʻlsa, u holda oshxonaga yoʻl oling. Sochining rangi och malla, sariq rangda boʻlganlar bir hovuch un yoki kraxmal oladilar, sochi qora bryunetlar esa, bir hovuch kraxmal va kakao kukunini aralashtirib oladilar. Vannaxonaga kiring va moʻjizaviy aralashmani soch ildizlariga, butun boshingiz boʻylab ishqalab yedirib chiqing. Sochlaringiz koʻrinishidan toza boʻlib koʻrinadi va super hajmga ega boʻlib turadi. Kech oqshomgacha salondan xozir chiqqanday korinishda boʻlasiz. 

Sinalgan layfxaklar. Bular ish beradi!

Agar sizning sochlaringiz ployka va bigudilardan charchagan boʻlsa, agar vaqt yoʻq boʻlsayu, lekin chiroyli turmakni tezda qilish kerak boʻlsa, u holda bu maslahat ham siz uchun. Sochlaringizni yuvib quritgandan soʻng, ularda (kimga qanday yoqshiga qarab) farq oching, ildizlari yonida bir oz naches qilong. Rezinka- obruchni oling va surʼatda koʻrsatilganidek yunoncha turmak qiling, soʻng pardoz qilish/ kiyinish/yigʻishtirinishlarga ketavering. Qisqa vaqt ichida, 15 daqiqa ham yetarli, sochlaringizda jingalaklar paydo boʻladi. Qancha koʻproq vaqt ushlab turishingizga qarab, jingalaklar ham shuncha keskinroq boʻladi. Keyin esa, oʻz ixtiyoringizga koʻra, taroq bilan tarab, lak bilan qotirishingiz, yoki fantaziyangiz nima deyishiga qarab turmaklashingiz mumkin. Juda ham kalta sochlardan tashqari barcha uzunlikdagi sochlarga toʻgʻri keladi. 

Sinalgan layfxaklar. Bular ish beradi!

Tasavvur qiling, oyoq kiyimingiz oyoqlaringizni urib tashladi. Lekin, oldinda hali kunning yarimi bor va xech ham najot yoʻqdek. Agarda bu holga tushib qolsangiz, sizga qoʻl kremi kerak boʻladi. Kremni oyoq kiyim ichiga surtib chiqing. Ayab oʻtirmang. Agarda krem koʻp boʻlib ketsa, tufli oyogʻimdan chiqib ketadi deb oʻylamang. Ortiqcha krem oyogʻingizga shimilib ketadi. 2 daqiqadan soʻng siz yana hayotga qaytasiz! Agar oʻzim sinab koʻrmaganimda ishonmagan boʻlar edim. 

Sinalgan layfxaklar. Bular ish beradi!

Agar sizning tushingiz qurib qolgan boʻlsada, ammo lekin siz u bilan hali vidolashishni xohlamasangiz va uni ichidagi bilan hali Xitoyning yarimini boʻyab chiqish mumkin deb bilsangiz, koʻz uchun tomchilarni olib, uch, toʻrt juft tomchini uni ichiga tomizing. Bu haqiqatda ham ish beradi. Men zaytun moyini ham, iliq suvni ham, vazelinni ham ishlatib koʻrdim, biroq! Oscar goes to... Vizin ( bu reklama emas, u shunchaki qoʻl ostida boʻlib qoldi).

Sinalgan layfxaklar. Bular ish beradi!

Agar siz sochlaringiz kuchini va hajmliligini yoqotganini, sinuvchan boʻlib qolganini sezsangiz, u holda bu niqobni ishlatib koʻring! U sochlar bilan nimalar qiladi! Men qanchalar uyda tayyorlanadigan va doʻkonlardagi tayyor niqoblarni ishlatib koʻrdim, lekin bunisi yetakchi! Vaqtingizni bir, yaxwisi ikki soatini ayamang, bu shunga arziydi. Tarkibi: 1ta banan, 2 ta tuxum sarigʻi, 1 osh qoshiq smetana, 1 osh qoshiq asal ( proporsiyalarni oʻzgartirib, oʻzingizga moslashtirib olishingiz mumkin). Sochlaringizga surting va selofan bilan oʻrab qoʻying (dush qabul qilish uchun shapkacha ham boʻladi), keyin sochiq bilan oʻrang. Natija sizni juda lol qoldiradi va xursand qiladi.

Sinalgan layfxaklar. Bular ish beradi!

Kokos moyining moʻjizaviy kuchi haqida yuzlab marotaba eshithan edim. Qoʻllab koʻrishga ahd qildim. Yuzimni yuvdim, paxta diskiga ozgina kokos moyi surtdim va yuzimni u bilan artib chiqdim. Juda ham yogʻli boʻlib ketganda qogʻoz salfetkasi bilan ohista artib oldim. Boʻldi. Eksperimentning atigi bir haftasi sizga hammasini koʻrsatadi. Qizarishlarni yoʻqotadi, terini yumshoq qiladi, hatto ertalablari chakkalar qizarib ham turadi. Uni yana soch uchlariga ham sutrish mumkin. Natija u qadar tez koʻrinmasada, sochlaringizga yoqadi. 

7 - layfxak

Baʼzan shunday boʻladiki, kuni bilan yugurib yelib yurasiz. Kechki tomon esa oyoqlaringiz lovullab turadi. Dam olish uchun yutsangiz, na tanangiz va na fikrlaringiz dam ololmaydi. Bu holda bir kichik va oddiy mashq bor. Yotgan holda oyoqlaringiz uchini ballerinalar kabi choʻing va 15 soniya ushlab turing. Keyin oyoq uchlarini oʻzingizga tortib, yana 15 soniya ushlab turing. 5 qaytarishda siz kutilgan boʻshashishni xis etasiz. Bu mashqni qoʻllar uchun ham amalga oshirish mumkin. Bularni xech boʻlmasa 10 marotaba takrorlang va tanangiz sizga raxmat deydi. 

Sinalgan layfxaklar. Bular ish beradi!

Agar lablaringiz doʻmboq boʻlib turishini istasangiz, u holda kichkina bankadagi lab uchun balzamni oling va mikro toʻlqinli pechda (bir necha soniya) isitib olingda, unga bir necha tomchi yalpiz moyini tomizing. Soʻng muzlatkichga sovishga qoying. Lablar nafaqat parbarishlanadi, balki ancha doʻmboqroq ham boʻladi. Bir oz achishi mumkin, lekin goʻzallik uchun chidasa ham boʻladi)))

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar