Qiziqarli

Qaysi rangni koʻproq sevasiz?

Qaysi rangni koʻproq sevasiz?

Oq rang- oq rangni sevuvchi insonlar goʻzal fazilatlarga ega boʻlishadi. Ular yana iqtidorli har tomonlama yetuk shaxsdirlar. Kirishimliligi bois atrofdagilar bilan tez til topishib keta oladi. Oq rang – butun borliqni tashkil etuvchi rangdir. Aytishlariga qaraganda oq rangni hush koʻrmaydiganlarning  feʼl atvorida nuqson bor emish.

Qaysi rangni koʻproq sevasiz?

Sariq-chuqur fantaziya va rivojlangan tassavurdan darakdir. Sariq rangni sevuvchilarning ijodkorlik qobiliyatlari yuqori darajada boʻladi. Tirishqoq , aqlli va tasavvuri sust insonlar sariq rangni unchalik ham hushlamas ekanlar.

Qaysi rangni koʻproq sevasiz?

Qizil rangni shaydolari tez hayajonga beriluvchan va oʻta sezgir boʻlishadi. Bunday insonlar yaltiroq narsalarga va hashamatga oʻch boʻlar ekanlar. Xolatga yuzaki qarash va tezkor qaror qabul qilish ularning eng asosiy kamchiligidir. Qizil rangni sevuvchilar uchun maqsadga erishish hamma narsadan muhim. Uni qanday yoʻl bilan uddalashga esa eʼtibor bemaydilar. Aksariyat tez hissiyotlarga beriluvchan va oson taslim boʻluvchilar qizilni unchalik yoqtirmaydilar. Mushkul va tavakkal qilish kerak boʻlgan vaziyatlarda ortga chekinadilar. Qzil rangni hushlamaydiganlar butun umr boy berilgan imkoniyatlarni deb afsuslanib yurishga moyil ekanlar.

Qaysi rangni koʻproq sevasiz?

Yashil- bosiq tabiat va oʻta vijdonlilik yashil rangni sevuvchilarga hos hususiyat.  Ular hozirjavob, hamisha yordam qoʻlini uzatishga shay, yumshoqtabiat insonlardir. Biroq ular koʻpincha oʻzlarini yolgʻiz his etishadi.  Sovuqqon feʼl atvorga ega shaxslar yashilni hushlamaydilar. Bunday insonlar ayrim vaziyatlarda oʻzlarini  juda tez yoʻqotib qoʻyadilar.

Qaysi rangni koʻproq sevasiz?

Koʻk  rangni sevadigan shaxslar muomilada oʻta sertakalluf va yumshoq tabiatlidirlar. Xar qanday holat qarshisida ham insonga yoʻl boʻshatishga tayyor turadilar. Koʻk rang ixlosmandlari hayotda baxtli boʻlsalar ham negadir buni tan olishni istamaydilar. Odatda maqsadi sari ildam boruvchilar koʻk rangni yoqtirmaydilar.

Qaysi rangni koʻproq sevasiz?

Qora rangni hushlovchilar koʻpchilik oʻylaganidek yoqimsiz feʼl –atvorga ega kishi emaslar. Ular baʼzan koʻzdan yiroqlikni hush koʻradilar va shu bois ham atrofdagilarga oʻziga ishonchi pas odamdek koʻrinib qoladilar. Ammo bu fikr notogʻri.  Bu rangni salbiy qabul qiluvchilar esa hushchaqchak va hazilkashlar toifasiga kiradi.

Qaysi rangni koʻproq sevasiz?

Ushbu maʼlumotlar nisbiy tasavvurlarga tayanilgan. Qanday rangni hush koʻrmaylik eng asosiysi insoniy fazilatlar koʻrkimiz boʻlsin.  

Qaysi rangni koʻproq sevasiz?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar