Texnologiya

Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark

Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark

Akvapark – jazirama issiqda maza qilib dam olish va sovib olish uchun eng yaxshi joy. Lekin bunday joylarga aravachada yuradigan nogironlar tashrif buyura olmaydi.

Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark

Morgan’s Inspiration Island jismoniy qobiliyati cheklangan odamlar uchun oʻylab topilgan akvapark boʻlib, u yerga nogironlar aravachasidagi shaxslar ham bemalol kira oladi.

Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark

“Bizning maqsadimiz – mehmonlarga xavfsiz va qulay muhitda ajoyib dam olishni tashkil qilishdir”, - deydi park asoschisi Gordon Xartman.

Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark

Ushbu park maxsus revolyutsion nogironlar aravachasi PneuChairni ishlab chiqish uchun Pitsburg Universiteti bilan hamkorlik qildi. Aravacha batareya oʻrniga siqilgan havoni ishlatadi, bu esa uni arzon va suv oʻtkazmaydigan qiladi. Mehmonlar oʻzlarining batareyali qimmat aravachalariga zarar yetkazmasliklari uchun, ushbu PneuChairlar tekinga beriladi.

Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark

Yangi aravachalar juda samarali, 45 kg oʻrniga ularning ogʻirligi 36 kg ni tashkil qiladi. Oddiy nogironlar aravasini quvvatini toʻldirishga sakkiz soatdan ketsa, PneuChair ichidagi havoni qayta quvvatlashi uchun bor yoʻgʻI 10 daqiqa sarflar ekan, shu bilan birga ularning ishlash davomiyligi bir xildir.

Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark

Bundan tashqari park bolalar va qobiliyati cheklanganlar uchun maxsus suv oʻtqazmaydigan bilakuzuklar taqdim etadi. Ota-onalar yoki qarovchilar oʻz yaqinlarini personal yordamida ushbu bilakuzuklar orqali osongina topa oladilar.

Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark

Parkning yana bir muhim jihati shundaki, sovuqni xushlamaydigan mehmonlar bemalol dam olishi uchun suv haroratini juda tez oʻzgartirsa boʻladi. Parkdagi suv tinimsiz filtrlanadi va qayta sirkulyatsiya qilinadi, bu esa immunno sezgir kishilar uchun juda muhim.

Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark

AQShda baʼzi akvaparklar qonunga asoslanib, qobiliyati cheklanganlar uchun ham suv havzasi qurishiga qaramasdan, koʻp attraksionlardan nogironlar foydalana olmaydi. Morgan’s Inspiration Island – turli koʻrinishdagi nogironligi bor insonlar uchun bacha narsa muhayyo qilingan birinchi akvaparkdir.

Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark

Morgan’s Inspiration Island Xartman va uning 23 yoshli nogiron qizi Morgan tomonidan loyihalashtirilgan. Qizining ismini park nomiga qoʻygan. Obyektni loyihalashtirish uchun ota va qizi akvapark maslahatchilari, shifokorlar, terapevtlar, inklyuziv taʼlim oʻqituchilari va eng muhimi nogironlar jamiyati bilan ishlagan.

Jismoniy qobiliyati cheklanganlar uchun dunyodagi birinchi akvapark
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar