Qiziqarli

Nega odam tush koʻradi?

Nega odam tush koʻradi?

Deyarli har bir odam tush koʻradi. Lekin hech kim nega tush koʻrishini, uning davomiyligini, vaqtini va ssenariysini oldindan ayta olmaydi. Baʼzida odam tushini eng mayda detallarigacha eslab qoladi, ba'zida esa tush koʻrganini biladiyu, lekin unutib qoʻyadi. Xattoki, olimlar ham bu borada kelisha olmaydi: baʼzilari tushlar keraksiz va maʼnosiz desa, baʼzilari tushlarning sabablari va vazifalari bor deb hisoblaydi.

Nega odam tush koʻradi?

Koʻplab izlanishlar shuni koʻrsatdiki, tushlar odamga maʼlumot saqlashga yordam berar ekan. Odam tush koʻrganida maʼlumotni uzoq muddatli xotiraga saqlab qoʻyar ekan. Neyrobiologlar aniqlashicha, kun davomida xotiralar gippokampda – miyaning uzoq muddati xotira bilan bogʻlangan qismida saqlanar ekan. Odam uxlaganda, xotiralar miya poʻstidan – miyaning axborotni qayta ishlovchi yaʼni yangi maʼlumot qabul qiluvchi qismidan gippokampga oʻtqazilar ekan.

Tush miyaga axborotni bir qismdan boshqa qismga oʻtqazib, ularni “yozib olish” va kerak boʻlganda tiklash uchun yigʻib qoʻyishga vaqt beradi. Izlanishlar yana shuni ham koʻrsatdiki, xotiralar miya poʻstiga berilishidan oldin, gippokamp butun kunda oʻtgan voqealarni qayta shakllantirar ekan, baʼzida oxiridan boshiga qarab.

Nega odam tush koʻradi?

Menimcha, qoʻrqinchili kino koʻrgandan keyin har bir odamga kinodagi maxluq ishtirok etgan daxshatli tushlar kirgan boʻlsa kerak. Tushlar insonga kuchli his-tuygʻular bilan kurashishga yordam beradi, masalan, qoʻrquv, qaygʻu va sevgi. Psixologlar fikricha, tushlar hissiyotlarni hodisalardan ajratadi va bu bilan hissiyotlarni osongina qabul qilishga yordam beradi (chunki miya hissiyotlar va oʻtmishdagi tajribalarni bogʻlay oladi).

Olimlar aniqlashicha, ushbu bogʻlashlar, miya uygʻoqlik paytidagi bogʻlashlardan farq qilar ekan. Turli xil bogʻlanishlar yangi perspiktivalar ishlab chiqishga koʻmaklashadi va vaziyatni turli xil nuqtalardan baholashga yordam beradi. Baʼzi olimlar tush insonnig gʻazab, qaygʻu, qoʻrquv yoki baxt hissiyotlari ildiziga borish uslubi deb bilsa, boshqa olimlar tush bu eng katta muammolarni yechish mumkin boʻlgan xavfsiz muhit deb hisoblaydi.

Tushlar bezovtalikning oldini oladi

Nega odam tush koʻradi?

2009 yilda bemorlarda depressiya va bezovtalikni izlanish ishlari oʻtqazilgan. Tush koʻrsh va kognitiv buzilishlar oʻrtasida qiziq aloqa borligi aniqlangan, beshta izlanuvchilar ikki guruh talabalarni oʻrganishgan: birinchi guruh 35 ta sogʻlom talaba, ikkinchi guruh esa 20 ta depressiyaga chalingan va bezovta talabalar. Tajriba ostidagilarni koʻzning tezkor harakat fazasi (REM) da 10 daqiqaga uygʻotishgan, keyin yana 10 daqiqaga koʻzning sekin harakat fazasida (NREM) uygʻotishgan.

Uygʻonishlar vaqtida talabalar xotira reaksiyasi tezligiga, kayfiyat va oʻziga baho berish testidan oʻtgan. Olimlar aniqlashicha, sogʻlom talabalarga qaraganda, depressiya va bezovtaligi yuqori boʻlgan talabalar koʻproq agressiyali va oʻzi bilan olishishli tushlar koʻrgan. Biroq shu bilan bir qatorda, tezkor uyqu (REM) dan soʻng, depressiya va bezovtalik darajasi pastroq boʻlgan.

Tushlar umumiy farovonlikka olib boradi

Nega odam tush koʻradi?

Izlanishlar shun koʻrsatdiki, uxlay olmaydigan odamlar baʼzi jiddiy oqibatlar bilan toʻqnash kelgan. Yuqoridagi tajribaga oʻxshab bunda ham odamlarni uygʻotishgan. Natijalar tush koʻrmagan odamlar eʼtiborni bir joyga jamlashga qiynalganini, koordinatsiya yoʻqligini va vaznida biroz sezilarli oʻsish borligini koʻrsatdi. Yana ular gollyutsinatsiyalar ham koʻrgan.

Albatta, ushbu oqibatlar umumiy qilib tush koʻrmaslikdan emas, balki kam uxlaganlikdan kelib chiqqan ham deyish mumkin. Shunga qaramasdan, koʻplab tadqiqotlar koʻrsatishicha, bunday oqibatlarning asosiy qismi aynan tush koʻrmaslikdan kelib chiqadi.

Tush koʻrmaslik ruhiy kasallik belgisi

Nega odam tush koʻradi?

Uyqu bilan bogʻliq xronik muammolar ruhiy kasallarning 50-80 foizida bor. Shu jumladan umumiy aholining 10%i uyqu buzilishidan jabrlangan. Garvard Universiteti olimlari 2009 yilda oʻtqazgan tajribalari natijasi tush koʻrish va ruhiy kasalliklar oʻrtasida bogʻliqlikni koʻrsatdi, ayniqsa, bipolyarlik kasalligi bilan.

Yana ular shuni aniqladiki, bolalarda ham, kattalarda ham, tush bilan boʻlgan muammolar ruhiy kasallik ehtimolini oshirar ekan. REM fazasida uyquning buzilishi neyromediatorlar va stress gormonlari darajasiga taʼsir koʻrsatadi. Bu emotsional boshqaruvni yomonlashtiradi va fikrlashga taʼsir koʻrsatadi.

Axborotni qayta ishlash teoriyasi

Nega odam tush koʻradi?

Bir izlanishda aniqlanishicha, paradoksal uyqu vaqtida miya yangi konsepsiyalar ishlab chiqaradi va ularni mavjud bilimlar yoki uzoq, lekin bogʻlangan tushunchalar bilan bogʻlaydi. Olimlar fikriga koʻra, odam bunday maʼlumot joʻnatilishini tushunib, tovush yoki rasm fragmentlarini jismoniy faoliyat bilan his qilganda tush koʻradi.

Miya ushbu obrazlarni tushunishga va ularni bir-birga bogʻlashga harakat qiladi. Olimlar aytishicha, aynan shu sababli tushlar gʻayritabiiy boʻladi. Demak, tushlar avval miyada saqlangan axborotlardan paydo boʻladi.

Tush koʻrishning psixoanalitik teoriyasi

Nega odam tush koʻradi?

Uyqu haqida gapirganda Freydni eslamay ilojimiz yoʻq. Zigmund Freyd teoriyalari koʻp yillar davomida rad qilingan boʻlsada, muhokama qilish uchun qiziq mavzuligicha qolgan. Freyd tush tabirlarini topishga ixtisoslangan. U odamlarni ong berkitib turadigan, ammo ongsiz paytida yuzaga chiqadigan agressiv va jinsiy instinktlar boshqaradi deb hisoblagan.

Sintez faollashtirish modeli

Nega odam tush koʻradi?

Sintez faollashtirish modeli birinchi bor 1977 yilda paydo boʻlgan va miya signaldan tush hosil qilishini oʻrganadi. Ushbu teoriya trigger sifatida tajriba va xotiralarni ishlatish oʻrniga, tushlar biologik reaksiyalardan paydo boʻladi deydi. Odam uxlaganda miya biologik axborotni sintez qiladi va uni tush sifatida koʻrsatadi. Shunday qilib, tushlar oddiygina asosiy biologik funksiyalar natijasidir. Ushbu teoriya mualliflari tushlarning maʼnosi yoʻq deb hisoblamaydi. Ularning aytishicha, tush koʻrish yangi gʻoyalar yaratilishiga olib keladi.

Nega odam tush koʻradi?

Ushbu teoriya ikki qismdan iborat: birinchisi tahdidlar bilan bogʻliq, ikkinchisi esa uyquga toʻymaslik bilan. Psixologlar uyqu hayvonlarga xavfdan uzoqroq boʻlishga yordam beradi deb hisoblaydi. Masalan, hayvon uxlash uchun, odatda xavfsiz joyga boradi. Dam olish vaqti hayvonlarni biror xato qilishdan tiyadi va jonini saqlab qoladi. Bu tabiiy tanlov natijasida kelib chiqqan xulq-atvor strategiyasi, hozir esa tush deb nomlanadi.

Olimlar aniqlashicha, odam REM fazasiga bir tunda kira olmasa, keying tunda u ushbu fazada koʻproq vaqt oʻtqazadi. Bu biologik reaksiya organizim ish jarayonida REM muhim ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi. Tabiiy tanlanish odamlarni muhitga koʻnikish va xavfdan uzoqroq boʻlish uchun uxlashga va tush koʻrishga dasturlashtirib qoʻygan.

Tahdid yaratish teoriyasi

Nega odam tush koʻradi?

Tahdid yaratish teoriyasi tush odamlarga tahdid yoki xavfga tayyorlanishga yordam beradi deydi. Turku Universitetidan Fin olimlari tush koʻrish paytida tahdidlarni modellashtirish, real hayotdagi xavf va tahdidlarga uchragan paytda ularni qabul qilish uchun muhim boʻlgan kognitiv mexanizmlarni tayyorlashga yordam beradi. Ushbu tasdiqni ular oddiy va yomon oilalardan boʻlgan bolalarda oʻtqazilgan natijalar asosida keltirishdi.

Jismoniy farovonligi doimiy tahdid ostida boʻlgan muhitda yashovchi odamlar qoidaga binoan “xavfliroq” tushlar koʻradi. Yaxshi oiladan chiqqan bolalar esa xotirjamroq va tahdidlardan holi tushlar koʻradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar