Nyu-Yorkdan 6 baravar katta boʻsh shahar bor, lekin u haqida hech kim eshitmagan

Birmada (Myanma) shahar bor va u haqida gʻarbda hech kim eshitmagan, deb yozadi Viral Thread. U Nyu-Yorkdan 6 baravar kattaligi uchungina emas, balki mamlakatning poytaxti boʻlgani uchun ham gʻalati.

Oʻn yil avval hukumat davlat poytaxtini Yangondan Neypidoga koʻchirgan, bu shahar haqida hech narsa maʼlum emas. Agar siz bilmasangiz, Myanma (avvalgi Birma) – bu Janubi-Sharqiy Osiyodagi harbiylar boshqaruvidagi davlat. Poytaxt qurilishiga milliardlab pul sarflangan boʻlsada, bu yerga sayyohlar kiritilmaydi. Quyida ushbu sirli shahardan qilingan fotoreportajni tomosha qiling.

Shahar million kishilik aholiga moʻljallangan, lekin boʻsh

Bu yerda asosan hukumat aʼzolari yashaydi

Guardian reportyori uni “Amerika chekkalaridagi apokalipsisdan keying qoʻrqinchili manzara” deb nomladi

Shahar mamlakatning aholi yashamaydigan chakalakzor oʻrtasida qurilgan

Restoranlarda sayyohlar va aholi yoʻqligiga qaramasdan, shaharning hamma yerida tekin Wi-Fi ishlab turibdi

Mish-mishlarga qaraganda Shimoliy Koreya muhandislari shahar ostida yer osti tonnellar tizimini qurishgan

Bu pagoda – Rangundagi Shvedagon pagodasining nusxasi, lekin undan farqli oʻlaroq buni ichi boʻsh

Ishchilar Neypidoga yoʻl qurmoqda

Koʻplab golf klublaridan biri







●
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



