Zamonaviy Robinzon: Bankrot boʻlgan millioner orolga koʻchib oʻtdi va u yerda butun umr yashadi!

Oʻsha vaqtlardan beri bu erkak kishi butun hayotini qaytadan koʻrib chiqdi va Yashil qitʼa yaqinidagi kichkina orolda yolgʻiz yashashga qaror qabul qildi. U yerda u kishi 20 yildan beri yashab kelmoqda.

Glashinning soʻzlariga koʻra yangi hayot qidirishga unda deyarli 10 yil ketdi. Biznesmen bankrot boʻlganidan soʻng, koʻp vaqt oʻtmay uning rafiqasi undan ketib qoldi.

Avstraliyalikning yangi sevgan ayoli, unga birgalikda qanday boʻlsa ham, kimsasiz orolga qochib ketishni taklif qildi. Devid rozi boʻldi. Biroq, oradan koʻp oʻtmay, uning suygan yori, bu kabi yovvoyi tabiat orasida yashashga tayyor emas ekani aniqlandi. Shunday qilib avstraliyalik yolgʻiz qoldi.

Tom Xenksga "Darbadar" (Cast Away) filmida "Vilson" markasining voleybol toʻpi ulfat boʻlgan vaqtda, Devidning oʻrtogʻi boʻlib, Kvazi laqabli kuchuk chiqmoqda.

Sobiq millionerning yogʻoch kulbasida elektr quvvati deyarli yoʻq, u quyosh batareyalari tomonidan yuzaga keladi. Bunga qaramay, avstraliyalik tashqi dunyo bilan aloqani yoʻqotmaydi. U vaqti-vaqti bilan internetga kirib turadi. U teleshoular koʻradi va hattoki ayollar bilan tanishadi.

"Orolda yashashning eng yaxshi tomoni - siz toʻliq yolgʻizlikda va tinchlikda yashaysiz. Eng yomoni - tirik muloqot yoʻqligida. Oʻz kashfiyotlaringiz haqida xech kim bilan oʻrtoqlasha olmaysiz, gapirib bera olmaysiz. Men turmush oʻrtoq yoki ikkita, topishdan xursand boʻlgan boʻlar edim. Ular mening yonimga yiliga xech boʻlmaganda bir ikki marotaba kela olishsa ham", deb fikr boʻlishdi.

Devid oʻzi mustaqil ravishda oʻz tomorqasida oʻstirgan sabzavotlar bilan ozuqlanadi. Yiliga bir marotaba u yaqinda joylashgan shaharga borib keladi. U yerda u,oʻzini xursand qilish uchun, mustaqil ravishda tayyorlash imkoni yoʻq boʻlgan, shirinliklar va boshqa oziq ovqat maxsulotlarini xarid qiladi.
Baʼzan uning yoniga sayyohlar kelishadi. Ular " Robinzon Kruzo"ga sovgʻalar olib kelishadi. Masalan, alkogol.

Tarki dunyo hayoti bilan bogʻliq barcha minuslarga qaramay, avstraliyalik, jannatda joylashganini aytadi. Bularni u xech narsaga alishmasligini taʼkidlaydi.
Uning turmushi oddiy: u dengiz maxsulotlari va mevalar bilan oziqlanadi. Hattoki, xususiy pivo tayyorlagichni ham yasab oldi. Kunlarini dam olish, choʻmilish va gitarada oʻynash bilan oʻtkazadi.

Afsuski, Avstraliyaning Kvinslend shtati Oliy sudi (orol Brisben sohilidan 2.5 ming kilometr masofada joylashgan) Devidni, orolning ijara shartnomasi buzilgani sababli, oroldan xaydab chiqarmoqchi boʻlyapti. Shartnomaga asosan Devid Glashin orolda turizm va baliq ovi uchun barcha shart-sharoitlar yaratishi kerak edi.

Xozirgi vaqtda Devid sudning qarorini bekor qilish uchun bepul yuridik maslahatxonalar qidirmoqda.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



