Yer yuziga tushgan noyob yogʻingarchiliklar


Osmondan pul yogʻishini kim ham istamaydi, biroq bu xomhayol, dersiz. Hech ham unday emas, baʼzan hayollar ham amalga oshar ekan. Bunga 1940 yil 17 iyunda Rossiyaning Nijegorod viloyatidagi Mesheri qishloqida sodir boʻlgan voqea misol boʻlishi mumkin. Oʻshanda osmondan XVI-XVII asrlarga tegishli boʻlgan 1000 dona qadimgi kumush va oltin tangalar yogʻgan. Bunday yomgʻir yogʻishiga tangalar saqlangan omborning chaqmoqli jala yogʻayotgan paytda sel ostida qolganligi hamda boʻron bilan tepaga koʻtarilganligi sabab boʻlgan. Bunday yomgʻir mahalliy aholini hayratga slogan.

2005 yilda Serbiyadagi Kadja Janovik qishlogʻida tepadan qurbaqalar yomgʻiri yoqqan. Qishloq aholisi ulkan bulutni koʻrib, balki qurbaqalar potlagan qandaydir samolyotdan tushib qolgandirlar degan taxminga borganlar. Aslida esa, ekolog olimlarning aytishlaricha, qattiq shamol koʻldagi yoki boshqa suv havzasidagi qurbaqalarni yoppasiga uchirib olib ketgan va yomgʻir bilan shu yerga yogʻqan. Bu noyob, lekin fanga tanish jarayon. Shunga oʻxshash voqealardan biri 2009 yilda Yaponiyada va 2010 yilda Xorvatiyada ham sodir boʻlgan. Unda ham osmondan yomgʻir bilan birga qurbaqalar yogʻgan.

2011 yilda Angliyaning Koventri shahrining aholisi olmali yomgʻirning guvohi boʻlganla – oʻshanda osmondan yuzlab mevalar yogʻilgan. Ushbu voqeaning guvohi boʻlgan mahalliy aholi hayratda qolgan va lol boʻlgan. Bunday yomgʻir oqibatida koʻpgina avtomobillarning pachogʻi chiqqan, odamlarga esa hech narsa qilmagan. Meteorologlar boʻronli shamolning bu hodisaning sababchisi, deb hisobladilar. Osmondan yogʻgan mevalarning ichida shuningdek, sabzi va karam boshlari bor edi.

2001 yilda Hindistonning Kerala shtatida qonli-qizil yomgʻir yogʻgan. U ikki oy tinmay davom etdi. Mahalliy aholi vahimaga tushdi va bu hodisani qandaydir bir yomonlikning belgisi, deb tushundi. Olimlar aholini tinchlantirdilar: laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtgan yomgʻir shuni koʻrsatdiki, yomgʻir mahalliy zamburugʻning sporalari sababli shunday rangga kirgan va buning hech qanday qoʻrqinchli hamda sirli joyi yoʻq. Shunchaki noyon hodisa, xolos. 2012 yilda qizil rangli yomgʻir Shri-Lankada ham yogʻib oʻtgan. Olimlarning taʼkidlashlaricha, bunday qizil rangli yomgʻirlar shuningdek kislotnosti oshgan hududlarda va chang boʻronlari sababli sodir boʻlar ekan.
Rangli yomgʻirlar noyob hodisa boʻlgani bilan tabiatda tez-tez uchrab turadi. Masalan, 2015 yilning fevral oyida Rossiyaning Saratov shahrida olovrang yomgʻir yogʻdi: aniqlanishacha, Shimoliy Afrikadan kelgan siklon sahrodagi qum boʻlaklarini oʻzi bilan birga olib kelgan va shu hududga yogʻdirgan. 2006 yilda Amerikaning Kolorado shtatida pushti yogʻingarchilik boʻlib oʻtgan, guvohlarning aytishlaricha, undan tarvuz hidi kelar edi.

Osmondan yogʻayotgan oʻlik qushlar – bu noxush manzara, lekin juda hayratlanarli. 2011 yilda Arkanzasda Yangil yil kechasida osmondan minglab olashaqshaqlar yogʻildi. Ayniqsa bib shahriga kʼop yogʻdi. Ornitologlarning (qushlarni oʻrganish boʻyicha mutaxassis) taʼkidlachlaricha, bu qushlar yerga tushib emas, qandaydir qattiq jismga urulgandan halok boʻlganlar.
Olimlar bu hodisaning sababchisi – yangi yil petard va feyerferklari boʻlishi mumkin degan hulosaga keldilar. Boshqa bir guruh tadqiqodchilar esa qushlar chaqmoqli bulutga duch kelib, yoʻldan adashgan, biroq ularning koʻrish qobiliyatlari yaxshi boʻlmaganligi uchun qushlar daraxtlarga, uylarga urilib, olgan jarohatdan halok boʻlganlar, degan taxminni ilgari surdilar. Bu voqeadan bir necha kun oʻtib, Shvetsiyaning Falchyoling shahriga zagʻcha, qargʻa va zagʻizgʻon kabi qushlardan iborat yomgʻir yogʻgani maʼlum boʻldi. Oʻshanda mahalliy aholi 10 000 ga yaqin oʻlik qushlarni topdilar.

2011 yilda esa Shoytloandiyada chuvalchanglar yomgʻiri haqida xabar berildi. Bunday yomgʻir jismoniy tarbiya darsi ketayotgan maktablardan birining stadioniga kelib tushdi. Muallim darsni toʻxtatib, oʻquvchilarni xavfsiz joyga koʻchirishga majbur boʻlgan. Yomgʻir toʻxtagandan keyin oʻqituvchi bolalar bilan birgalikda olimlarga taqdim qilish uchun chuvalchanglarni terib chiqdilar: 92m radiusdan 120 ta chuvalchang topildi. Shahardagi olimlar tomonidan bu chuvalchanglar kuchli shamol tufayli kelib qolgan, degan taxminlarilgari suroldi, biroq shu kuni havo ochiq edi va hech qanday shamol boʻlmagandi. Shunday qilib bu noyob hodisa nima sababdan sodir boʻlganligining aniq dalili topilmadi.
2007 yilda AQSH dagi Djennings politsiyasining xodimasi Eleonora Bill chuvalchanglar bilan liq toʻla boʻlgan osmondan tushgan toʻp tushganligiga guvoh boʻlganligini xabar bergan.



Har yili may-iyul oylari davomida Gondurasda baliqli jala yomgʻiri yogʻadi va doimo bir joyda – Yoro shahri yaqinida. Osmondan baliqlar toʻkiladi, mahalliy aholi ularni jonu-dili bilan terib oladilar. Bunday voqealarning shohidi boʻlganlarning aytishlaricha, hodisa kech soat 5-6 larda sodir boʻladi: osmonda qora bulut paydo boʻladi, momaqaldiroq gumburlaydi, chaqmoq chaqadi va yomgʻir yogʻib, koʻlmaklar baliqlar bilan toʻladi.
Tabiatning bu noyob hodisasi gonduras folklyorida ham tilga olinadi, milliy qoʻshiqlarda kuylanadi. Baliqli yomgʻir haqida XVIII asr boshlarida nasroniy missionerlar va taniqli olim Aleksandr fon Gumbolt lar tastiqlaganlar. Mahalliy aholi baliqli yomgʻirni XIX asrda ispaniyalik katolik-missioner Xose Manuel Subiran duolari sababli kelgan moʻjiza deb hisoblaydi. Olimlarningesa bu xususda oʻzlarining ilmiy fikrlari bor: qattiq shamool va boʻronlar Atlantika ummonidan bu baliqlarni olib keladilar. 1998 yildan boshlab Yoro shahrida baliq festivali oʻtkazib kelinadi.
Dengiz jonivorlaridan iborat yomgʻir yogʻish hodisalari dunyoning boshqa burchaklarida ham sodir boʻlgan. Masalan, 2014 yilda Shri-Lankada baliqli yoʻgʻir yogʻib oʻtgan: oʻshanda odamlar 50 kg baliqni terib olganlar. Ikii yil avval huddi shu yerda qisqichbaqalarni yogʻdirgan jala boʻlgan. Baliqli yomgʻirlar haqida avstraliyaliklar ham, yunonlar ham, britaniyaliklar ham, efiopiyalik dehqonlar ham xabar berganlar.

Boʻron, tornado, quyunlar odamlarga kutilmagan sovgʻalarni tortiq qiladilar, ularning ichida nimalar boʻlmaydi deysis: golf koptokchalari, mixlar, kalishlar, marmar sharlar va hokazo. Biroq shamolsiz ham bunday voqealar sodir boʻlar ekan. Osmondan nafaqat qor, yomgʻir yogʻadi, balki meteoritlar, samolyotlar boʻlagi va koinot chiqindilari ham tushar ekan. 1957 yilda birinchi sputnikning qulashi bilan Yer yuziga koinotdan 20 000 obʼyekt kelib tushdi, yiliga oʻrtachasiga 400 ta shunday boʻlaklar kelib tushadi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



