Foydali

Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat

Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat
Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat

Ertalab, och qoringa, bir osh qoshiq zigʻir urugʻlarini yeng. Yaxwilab chaynang va bir stakan iliq suv bilan ichib yuboring. Bundan 30 daqiqadan soʻng nonushta qilish mumkin. Bu qanday natija beradi? U organizmni nihoyatda yaxshi tozalaydi. Teringiz bit tekkis va sof boʻladi. Shu bilan birga, bu muolaja kichik boʻlsa ham, sogʻlom ozishga olib keladi. Hamda zigʻir urugʻlari soch va tirnoqlarni mustahkamlaydi. Yodda tuting: zigʻir urugʻlarini organizmda toshlar mavjud boʻlgan hollarda isteʼmol qilish mumkin emas.

Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat

Har kuni ovqatga pishirilgan qizil lavlagi qoʻshib tanovul qiling. Nonushtagami yoki kechki ovqatgami, oʻzingizga qulayini tanlang. Lavlagi - bu qonni unikal tozalovchisidir. Qonning sogʻlom boʻlishi, bu goʻzal tashqi koʻrinishning muhim koʻrsatkichi. Bu vosita teri holati va ichki organlarning ishlashiga ham ijobiy taʼsir qiladi.

Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat

Har kuni, uxlashdan bir soat avval, yuzingizga gliserin va vitamin E larning aralashmasini surting.
Aralashmani tayyorlash juda onson: 30 gramm gliseringa 10 dona vitamin E ning kapsulalarini olamiz. Kapsulalarni igna yordamida teshib, idishchaga yogʻini siqib chiqaramiz. Bu narsalarning barchasini dorixonadan arzon narxlarga sotib olish mumkin. Aralashmani yuz terisiga surtishdan avval, terini tozalab olish va yumshoq choʻtka yordamida yengil uqalab olish zarur. Terida bir oz qizarish paydo boʻlishi kerak. Bu holatda hujayralar oziqlantiruvchi moddalarni maksimal darajada shimib oladi. Buning faqat bir kamchilik tomoni bor - yuz terisi gliserin shimilib ketguniga qadar, bir oz yopishqoq boʻlib qoladi. Yoqimsiz hisslarni kamaytirish uchun namlantiruvchi tonikdan foydalaning. Har tongda siz teringizning bu kabi oziqlantirishga boʻlgan tashakkurnoma reaksiyasini koʻrasiz. Ajinlar tekkislanadi, teri rangi esa, bir maromga keladi. Koʻz qirralaridagi ajinlardan juda samarli vosita. Oʻzingiz sinab koʻring.

Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat

Har kuni 50 gramm yongʻoq yeng. Oʻzingizga yoqqan har qanday turini. Sochlar va tirnoqlar ikki haftadan soʻng, sizga KATTA raxmat aytadi.

Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat

Uch kunda bir marta sochlar uchun, quruq xantal kukunidan tayyorlangan, niqobni qiling. Kukunga boʻtqa holatiga kelgungacha suv qoʻshiladi va oʻsimlik yogʻi (yaxshisi chakamuq yogʻi yoki undirilgan bugʻdoy yogʻini) qoʻshib aralawtiriladi. Nam sochlarga surtib 20-30 daqiqa ushlab turiladi va yuvib tashlanadi. Doimiy ravishda, bir oy davomidagi muolajalardan soʻng, siz sochlaringizni yangi ziynatli koʻrinishid tanimay qolasiz.

Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat

Oʻzingizga uyqu uchun paypoqlar tayyorlab oling. Ular tabiiy uplardan boʻlsin. X/b yoki yungdan. Bu yil fasliga qarab albatta. Uyqudan avval, dush qabul qilgandan keyin, oyoqlaringizga ayamasdan bir necha tomchi yalpiz efir yogʻi qoʻshilgan saryogʻ surting. Soʻng, paypoqlarni kiyib, shundayligicha uxlashga yoting. Bir oydan keyin sizning oyoqlaringiz havas va hayratlar obyektiga aylanadi. Plyaj mavsumidan bir oy oldin oʻtkazilgan bu muolaja sizga juda as qotadi. Siz oyoqlaringizni gʻurur bilan koʻrsatib yura olasiz.

Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat

Endi kipriklarni parvarish qilamiz. Sizga boʻsh, kipriklar uchun tush idishi kerak boʻladi. Uning ichini, oʻzining sovunlangan choʻtkasi yordamida, yaxshilab yuvamiz. Quritamiz. Ichiga undirilgan bugʻdoy yogʻini tomizamiz. Boʻldi. Boʻyoqlardan charchagan kipriklar uchun, uy sharoitida tayyorlangan, kipriklarni mustaxkamlash va oʻstirish uchun vosita tayyor. Uyqudan avval kipriklarning butun uzunligi boʻyicha surtamiz. Choʻtka yordamida buni amalga oshirish juda qulay. Juda ham koʻp surtish kerak emas. Kipriklarga bir oz surtish yetarli. Bir oydan soʻng siz kipriklaringiz qalinroq va ancha kuchli boʻlganini koʻrasiz.

Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat

Tana terisini parvarishlaymiz. Bir stakan dengiz tuzini olamiz (lekin, oddiy yodlangan osh tuzi boʻlsa ham boʻladi), unga bir stakan yogʻli smetana qoʻshamiz. Choʻmilgandan soʻng, qoʻlqop-mochalkani qoʻlga kiyib, tayyor boʻlgan aralashma bilan boʻyin va butun tanani yaxshilab uqalaymiz. Soʻng, iliq suv bilan yuvib tashlaymiz. Erinmaymiz va buni har choʻmilgandan soʻng qilamiz. Aralashmani muzlatkichda saqlash mumkin. Tuz yuzadagi oʻlik zarralarni yechadi va dezinfeksiya qiladi. Agar mayda xusunbuzarlar bor boʻlsa, u holda ular tez orada oʻtmishda qoladi. Smetana tuzning taʼsirini yumshatadi va hujayralarni oziqlantirib, tuzga mayin terini shilishga yoʻl bermaydi. Doimiy qoʻllash aʼlo natijalar beradi.

Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat

Yana bir bor teri haqida. Oʻzingiz uchun amarant yogʻi kabi xazinani xarid qiling. Bu maxsulotning asosiy qismini skvalen tashkil qiladi. U esa, oʻz navbatida, bizning terimizning asosiy komponentlaridan biridir. Yogʻ, deyarli, 100% ga shimilib ketadi va ajinlar bilan kurashishda, kuyishlar, chandiqlar va boshqa shu kabi teri nohushliklarini bartaraf etishda raqobatchilarga ega emas. Amran yogʻini har kuni, tana va yuz terisiga surtish muhim va lozim. Bu juda koʻp muammolardan halos etadi. Yogʻning yagona kamchiligi bu uning narxi. Biroq, kichli ixlos bor boʻlsa, amarant yogʻini uy sharoitida ham onson tayyorlash mumkin.

Qanday qilib bir oy ichida goʻzal boʻlib olish: 10 ta maslahat

Sochlaringizni yuvgandan soʻng, chayish uchun maxsus suv tayyorlab oling. Suvga bir necha tomchi mentol yogʻidan qoʻshing (1 litr suvga 5 tomchi) va sochlaringizni har gal yuvgandan soʻng, shunga chaying. Bu bosh terisiga ajoyib yengillik va soflikni beradi. Bu vosita hattoki bosh ogʻrigʻini ham yengillashtiradi. Qazgʻoq bilan samarali kurashadi. Sochlarning ortiqcha yogʻlanishida aʼlo darajada yordam beradi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar