91-yoshlik Germaniyalik gimnastikachi ayol


Joanna Kaas-1925 yil 20 noyabr kuni Germaniyada gimnastlar oilasida tugʻildi, va yoshligidanoq sport bilan shugʻullanishni boshladi. Gimnastikaga hushi boʻlmagan Joanna Kaas yoshligida gandbol bilan shugʻullangan.

Uning umrini koʻp qismi sport bilan bogʻliq boʻlgan - U maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Joanna Kaas jismoniy koʻrinish uchun 30 yoshidan boshlab gimnastika bilan shugʻullangan.

30 yoshigacha u musobaqalarda qatnashgan, Martin Lyuter Galle-Vittenberg nomli universitetda tahsil olgan va mashqlar oʻtqazgan.

Kaas 57 yoshida sport nuroniylari orasida oʻz gimnastika mahoratini yana namoyish qila boshladi. Va deyarli 30 yildan bera faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Umuman olganda Joanna har jihatdan ustun. 87 yoshida u dunyoga mashhur boʻlgan. U Youtubeda yulduzga aylandi - U qatnashgan roliklar millionlab tomoshabinlar tomonidan koʻrilgan.

Tajribalarga boy hayoti davomida Joanna sportchi sifatida oʻz oʻrnini topgan balki murabbiy, metodist va kitob muallifi ham. U 50 yildan bera baxtli hayot kechirmoqda va uning 3 ta farzandlari bor.

U TV yulduziga aylandi-uni har xil koʻrsatuvlarga va shoularga taklif qilishadi. U haqida yirik gazetalar va internet nashriyotlar maqola yozadilar.

Nihoyat uni 2012 yil insoniyat tarixida eng keksa sportchi deb Ginnes rekordlar kitobiga kiritishdi.



Hozirgi paytda faol va quvnoq kampir brusda aqlga sigʻmas tryuklar bajarmoqda. U mashqlarni hatto yosh qizlar ham bajara olmaydi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



